mahliyo bo‘lib turdilar. Forsiyparastlarning nafaslari
ichlariga tushib ketdi. Hatto tili hamisha qayrog‘lik
bo‘ladigan mavlono Binoiy naq labida tutib turgan
yangi bir askiyani aytishga botinmay qoldi.
Forsiyparastlar fors tilining shirinligini xuddi shu tilda
bolalikdayoq ajoyib she’rlar aytgan Navoiyga madh
etadilarmi?!
Darveshona xayolchan, sokin, yumshoq Hasan
Ardasher Navoiyning fikrlarini quwatladi. Keyin
Sultonmurod o‘zbek tilidagi she’rlaming rang, ma’no
va xayol ingichkaligi va hokazo jihatdan ulug‘ fors
shoirlarining asarlaridan tuban emasligi haqida
gapirib, bir necha namunalarda isbot etmoqqa tirish-
di.
—
Bukungi fors she’rlarining, — dedi Sultonmurod
oxirda, — ulug‘ ustodi mavlono Jomiy hazratlarining
muborak ko‘ngillarini o‘zbek she’ri asir etmoqdadir.
U janobning fikrlari, zavqlari, iltifotlari tilimizning
g‘alabasidir!
Majlisni munoqishachilik'dan qutqarib, do‘stona
ruhlantirish uchun Navoiy juda ustalik bilan suhbat
mavzuini o‘zgartib yubordi.
U soxta bir qalandar haqida juda mazmunli, ma-
roqli bir hikoyacha aytib berdi. Navoiy behisob ko‘p
hikoyalar bilar edi. Kundalik hayot voqealaridan ajo
yib latifalar, ibratli hikoyalar to‘qiy berardi ham ulami
shunday jonli, shunday iliq aytib berar edikim, har
kim zo‘r maroq bilan tinglar edi.
Mudarris mavlono Fasihiddin soTiyona, ma’nodor
bir hikoyacha so‘yladi. Tib olimi esa Ibn Sino
to‘g‘risidagi afsonalardan birini aytdi. Sultonmurod
Iskandar Zulqamayn to‘g‘risida latifa so‘yladi. Bu —
Navoiyga juda maqbul bo‘ldi. Bir-biridan rangdor lati
falar, hikoyalar yog‘ildi. Latifa latifaga, qahqaha
qahqahaga ulandi.
Naq yarim kechada odamlar uy-uylariga tar-
qalarkan, Navoiy Sultonmurodni to‘xtatdi.
Dostları ilə paylaş: