0 ‘n t o ‘rtinchi bob
Binafsha bog‘ning bir chetida, qalin daraxtlaming
quyuq, orombaxsh ko‘lkasida Shayx Bahlul1 bugungi
ovqat uchun tayyorgarlik ko‘rish bilan m ashg‘ul edi.
U, o‘z qaram og‘iga berilgan yumushchilarga har xil
ishlar buyurar, lekin harakatlarida esa qandaydir asa-
biylik, ko‘zlarida qayg‘u ko‘lankasi sezilar edi. Nari-
roqda, ariq bo ‘yida sholcha ustida o ‘tirgan Sohib Do-
roni ham ko ‘rmagandek, yumushdan keyin sarv og‘o-
chiga suyalib, xomush qoldi. Ortiqcha xushchaq-chaq-
likni yoqtirmasa ham , lekin har vaqt sokin va yuvosh,
kayfiyati joyida b o ‘luvchi bu qadrdon mulozimning
bukungi vaziyati Sohib Doroni taajjublantirdi.
— Bunda keling, inim, bir nafas suxanvorlik qilay-
lik, — murojaat etdi Shayx Bahlulga Sohib Doro.
1 N avoiyning q a d rd o n m u lo zim larid an .
196
Shayx Bahlul istamaganday, yalqovlanib o ‘m idan
turdi.
— Holingizda tag ‘ayyur ko‘ramen, o ‘tiring, — joy
ko‘rsatdi Sohib D oro va davom etdi. — K o‘nglingiz-
da ne anduh b o ‘lsa, bayon eting.
Shayx Bahlul sholchaning bir chetiga o ‘tirdi-da,
birdan kulimsiradi.
— Mavlono, ishoning, ko ‘nglimda zarra qadar
dard yo‘q, — dedi Shayx Bahlul, — garchi b o ‘lganda
ham, aytmoqlik n o n k o ‘rlik b o ‘lur edi.
— N onko‘rlik? — qiziqib so‘radi Sohib D oro. —
M ir hazratlari bilan orangizda biron so‘z o ‘tgan deb
gum on qilurmen. E ndi so‘zlamoqqa majbursiz!
— Karomatingiz bag‘oyat to ‘g‘ri. Oqshom M ir
devondan qaytdilar,— kulimsirab gapira boshladi
Shayx Bahlul,— xosxona ichiga kirdilar. Bir daqiqa-
dan so‘ng meni chaqirdilar. M irning nomlariga kelgan
bir dasta maktub, ariza va talabnomalarni yig‘ishtirib,
huzurlariga kirdim. M ir kursi ustiga ishorat qilib, dedi-
larki: «Oling!» M en, filhaqiqat, dovdirab qoldim, kursi
ustida sham, davot-qalam va bir kosa suv tu ra r edi.
Qay birini olay! Noiloj so‘radim: «Qaysi nim arsani
olmoqqa buyurdilar». Bovar qilasizmi, Mir hazratlari
g‘azab bilan boqib: «Barakallo fahmingizga! Shuncha
yil xizmatimizda b o ‘lsangiz ham, hanuz tartibni bil-
maysiz. Sizga belgulidirki, sham sabohga qadar
qoshim da yong‘usi, davot-qalam ning zarurligini
izohlashga hojat y o ‘q. Demak, bu yerda qay narsa
luzumsiz?» dedilar. M en darhol suv to ‘la kosani
ko‘tarib tashqari chiqdim.
Sohib Doro tizzasini urib, zavq bilan qah-qahlab
kuldi.
— Kulgi nima? Bu bilan faqirning jarohatiga yana
tuz sepursiz, — ranjib dedi Shayx Bahlul.
— Astag‘furullo! Xo‘b, zinhor kulmaymen, yana
nelar b o ‘ldi? — r o ‘molchasi bilan ko‘zlarini artib,
so‘radi Sohib Doro.
— H am m adan faje shulki, ertalab Mir o ‘zlari uzr
tiladilar, m en xijolatdan boshimni ko‘tarib ololmadim.
197
— Bahlul, bundan xotiringiz behuda tashvish tor-
tibdur, — dedi Sohib Doro. — M ir bilan uning dono
mulozimi orasida b o ‘lmish bu voqea endi butun
Hirot, balki Xurosonga tarqalur, har yerda M ir
Alisher nom i yod etilsa, suxandonlar ajoyib rangdor
uslub bilan bu nuqtani ham so‘zlab berurlar, majlis
ahlining k o ‘nglillari ochilur. D a’vomning isboti uchun
sizga bir misol keltirurmen: bir vaqtlar M ir hazratlari
Bog‘i Fig‘onda bir ulug‘ ziyofat bergan edilar. Poy-
taxtning bir k o ‘p shuaro va fuzalosi, akobirlari hozir
edilar. Anvoi taom lar tortildi, dasturxon yig ‘ ishtirilishi
bilan M ir eshikka chiqib, qayg‘adur g‘oyib b o ‘ldilar.
Majlis ahli, suhbatga M iming vaqtlari y o ‘q shekilli,
degan gum on bilan o ‘rinlaridan turib, tarqalib ketish-
di. Shul asnoda M ir kelib, m endan so‘radilar:
«M ehm onlar qaerda?» M en izoh berdim. M ir nogo-
hon g‘azablanib, m endan ranjidilar va qoshlarini
chim irib, dedilar: «Alisherning uyi oshpazning
do ‘konxonasimidirki, hariflar kelib, osh yeb, jo ‘nay
berurlar!» Bu nuqtani men bir ikki yor-do‘stga aytgan
edim, bovar qiling, barq sur’ati bilan Hirotning
qulog‘iga yetibdi... Yaqubbek‘ning huzuridan kelgan-
laming axborotiga ko‘ra, bu voqea u yerda ham tillar-
dan tillarga ko'chib, majlislarda so'ylanarm ish va bis-
yor-bisyor xursandchiliklarga sabab b o ‘lurmish.
— So‘zlaringiz haqiqat, — dedi Shayx Bahlul. —
Shoir haqidagi har bir m a’lum ot yurtda zavq bilan
tinglanur, lekin... befahm b o ‘lib yodlanurmen.
— Y o‘q, xato qilursiz,— e’tiroz etdi Sohib D oro,—
bu voqeani: «Mening aql va farosatda yagona mulo
zimi bor ekan», deb boshlagaylar har yerda; zeroki,
xalq Mirga har vaqt ulug‘ nodir nim arsalam i ravo
k o ‘radi.
— Alalxusus, el-ulus, — ovozini pasaytirib, maxfiy
so ‘zlaganday, dedi Shayx Bahlul,— o ‘zgalar orasida
shunday zotlar borki, ular shoirdan nuqson axtaradi-
lar. Andak narsa sezsalar, falakning to ‘qqizinchi taba-
qasiga ko‘tarishdan lazzatlanurlar. Ammo ulus boshqa...
' Iro q h okim i.
198
— Ulus N avoiyda o'zining yagona um idini ko‘ra-
di, — qayd etdi Sohib Doro.
— Balli, maxdum, — davom etdi so‘zida Shayx
Bahlul, — xabaringiz b o ‘lg‘ay, bultur M im ing tishlari
og‘rib, yog‘liq bog‘lagan edilar. Oz fursatda butun
H irot ayollari jag‘lari orqali shohi parcha o ‘rab,
«Yog'liqi Alisheriy» nom qo‘ydilar. Shoim ing tish og‘-
rig‘i — ayollar u chun husn vositasiga aylandi!
— Bas, M irdan nechun ranjidingiz? — tabassum
qilib so‘radi Sohib Doro.
— Yo‘q, m en o ‘z-o‘zimga ranjidim, — yumshalib,
uyalganday yerga qarab gapirdi Shayx Bahlul. — M ir
Alishemi ayblashga hech yo‘l bilan haqqimiz yo‘qdir.
Zero, ul janobning boshlarida tum an-tum an ishlar
borki, toqqa ortilsa, tog‘ ham bardosh berolmas edi.
Bu sharoitda ul janobning ko‘zlari ba’zan g ‘azab bilan
uchqunlansa, b a ’zan muomalalari dag‘allansa, bu aslo
ajablanurlik hoi emas. Bu jihatlam i kamina fahmlay-
di, albatta.
— M axdum, buni aw aldan fahm lam oq kerak edi.
Siz qosh-qovog‘ingizni go'dakona osiltirdingiz, —
piching bilan dedi Sohib Doro.
— Inson k o ‘ngli har nav zaifliklardan xoli emas
emish.
Shayx Bahlul bog‘ ichidan chiqib kelayotgan bog‘-
bon bilan m uom ala qilmoq uchun ketdi. Sohib Doro
sholchada yonboshladi. Yonginasidan sharqirab oqib,
gulzorlar bo ‘ylab, uzoqda havoning iliq oltinida nafis
uyquga tolgan sarvzorlar qo‘ynida kumush uqa kabi
tovlanib-tovlanib g‘oyib bo ‘lgan suvga telmurdi. Sevib
o‘qiydigan g‘azallar yodiga beixtiyor quyilib keldi.
Dostları ilə paylaş: |