Navoiy uchun e’tirozga yo‘l qolmagan edi. Shu
vaqtda parvonachi Majididdin qog‘oz, qalam, davot
ko‘targan uch-to‘rt munshilar1 bilan kirdi. Bular
Boyqaroning turli ishlari haqida buyruqlarini yoki
maktublarini yozib olishlari kerak edi. Navoiy ruxsat
so‘rab, tashqari chiqdi.
Majididdin o‘z munshilari bilan ikki soat qadar
podshoh huzurida ishladi. Yorliqlar, maktublar qalam-
ga olingandan keyin munshilarga ijozat berildi.
Majididdin podshohga vafodor it singari qarab, muro-
jaat etdi:
— Oftobi olam, shahar qozisi mansabi uchun mu-
borak ko‘zingiz qaysi baxtiyorga tushdi?
— Hanuz hech kishiga.
— Bu faqir qulingiz xoqon hazratlarining behisht
oso2 poytaxtlarining sharafiga munosib bir donish-
mandni taklif etmoq istaydi.
— Kim ekan? — qiziqib so'radi Husayn Boyqaro.
— Xuroson olimlarining saromadi mavlono
Shahobiddin, — javob berdi parvonachi.
Husayn Boyqaro taajjublanib, qoshlarini ma’nodor
chimirdi.
— Xurosonning ulug‘ olimlarini yaxshi bilurmen,
ammo Shahobiddin degan zot xotirimda yo‘q.
— Balki xotiri shariflaridan chiqqandir, — dedi
Majididdin, — so‘ngra mavlono Shahobiddin g‘oyat
kamtarin va xokisordir.
Husayn Boyqaro orqasidagi darichadan boqqa bir
qarab, ko‘zlarini yumib, sukut qildi. Majididdin o‘z
do‘stini maqtab ketdi. Olimlar orasida johilligi bilan
tanilgan mavlono Shahobiddinni «zamonaning
Aflotuni», deb ta’rifladi. Bir vaqtlar Abu Said Mirzo
davrida o‘n ming dinorlik vaqf mulkini yeb qo‘yib,
sharmanda bo‘lgan eski qallobni «insof, adolat, vij-
donning timsoli, mujassami», deb ko‘rsatdi. Agar pod
shoh, uning so‘zlaridan zarra qadar gumonsirasa, bu
odam to‘g‘risida Amir Mo‘g‘ulning va Muzaffar bar-
Dostları ilə paylaş: