Asr oshgan asarlar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   161
Navoiy romani. Oybek

1 Quyosh.
2
Oy.
132


Asli mohiyatiga diqqat etingiz, barcha shuhratli ish- 
larning kuni ushbudir. Alisher Navoiy janoblarining 
muhr bosmoqlik soatiga Zuhrani1 tayin qildim. Jamiki 
yaxshi ishlarning soati budir. Zuhra bukun avjda, 
ya’ni yettinchi osmondadir. Uning surati ham asosiy 
maqsadga, Alisherning tabiatiga xo‘b muvofiq tushadi. 
Zeroki, Zuhraning surati qo‘liga chang va kamoncha 
ko‘targan parivash o‘yinchi qizdirki, husnga, san’atga, 
iqbolning xursandchiligiga ishoratdir.
Pahlavon Muhammad Sayid kulib, yana cholni 
gapga solmoqchi ekan, saroyda maxsus mulozimlar 
yetib kelishdi. Ular amirlarga xos bo‘lgan «jubbaiy 
tillodo‘zi va kulohi navro‘zi»2ni Navoiyga taqdim 
etishdi. Navoiy bo‘g‘chani yechib, loqayd va kam- 
tarona tabassum bilan amirlik kiyimini kiydi. D o‘stlar 
quvonch bilan samimiy tabriklay boshladilar; yolg‘iz 
barlos beklari, Majididdin va ulaming ko‘lankasida 
yuradigan ba’zi mansabdorlargina ko'zlaridagi hasad 
tuyg‘usini yashirishga tirishib, qandaydir rasmiy, mub- 
ham so‘zlar bilan cheklandilar. Saroydan kelganlardan 
biri qog‘ozni dastlab boshidan yuqori ko‘tarib, keyin 
ta’zim bilan Navoiyga topshirdi; bu — «Abulg‘ozi 
Sulton Husayn Boyqaro so‘zimiz». deb boshlangan va 
viloyat hokimlariga yuborilishi kerak bo'lgan rasmiy 
bir yorlig1 edi. Yangi amir bu tantanali majlisda bi- 
rinchi martaba o‘z muhrini bosishi kerak edi.
Hamma jim , lekin hayajonli. Barcha ko‘zlar — 
turli ma’no va hislarni ifodalagan ko‘zlar — boshini 
bir oz quyi so lib, qandaydir parishondek, qisilgandek 
o‘tirgan Navoiyda edi. Beklarning, mansabdorlarning 
ko‘zlari, qo‘yo kimdir ishora qilgandek, bir onda 
uchrashib qoldi. U ko‘zlar, bir-birining vahimasidan 
cho‘chigandek, darrov ajralishdi. Bir vaqtlar ko‘rsat- 
gan xizmatlari uchun podshoh qoshida o‘zini o‘ta 
erka, juda kuchli sezgan, hatto ko‘p ishlarda unga 
bo‘ysunishga tixirlik etadigan mag‘rur Muzaffar bar-

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin