di. Har bir ishda u yuvoshgina o‘z maslahatini beradi.
Muhammad Sayid saroy pahlavonlarining eng zo‘ri va
mohiri edi. U keng yag‘rinli, quloch ko‘krakli,
butun
dov jussasidan quwat barq urardi. Husayn Boyqaro
unga «pahlavoni olam» degan laqab bergan.
Hech bir
Xuroson pahlavoni,
chet ellardan pahlavonlik
dag‘dag‘asi bilan kelib turadigan zo‘rlardan birontasi
hali uning yonboshini yerga tegizgan emas.
Lekin
Navoiyning qalin do‘stlaridan bo‘lgan bu shaxsning
fazilati bundagina emasdi.
Muhammad Sayid ayni
zamonda turli ilmlar sohasida uncha-muncha olim-
larga so‘z bermasdi.
Musiqiyin chiroyli chalar, yangi
kuylar to‘qirdi. Goho-goho uning qudratli qo‘llari
qalam ushlab, chiroyli g‘azallar, ruboiylar yaratardi.
Pahlavonning bu xislatlarini uzoqda eshitganlar ishon-
mas, lekin yaqindan tanuvchilar uning
qobiliyatlarini
ehtirom qilardilar.
Navoiy ulaming qatoriga o‘tirdi. Jonli suhbat bosh-
lanib ketdi. Pahlavon qalin lablari bilan so'zni asta
o‘lchab kesib, gushtgirlik ilm i1 haqida qiziq ma’lu-
motlar berdi. Hozir o'zining o‘n sakkiz yashar jiyani-
ni vaqtincha madrasadan olib, ilk bahorda chetdan ke-
lishi kutilgan mashhur pahlavonlar bilan kurashga sol-
moq
uchun uni tayyorlayotgani, qanday usullar qo‘l-
layotgani to‘g‘risida gapirdi. Keyin so‘z she’r, musi-
qiy, darveshlik falsafasi va hokazoga o‘tdi. Xo‘ja Afzal
kirib, Navoiyni podshohning yangi qarori bilan tabrik-
ladi. Pahlavon va boshqalar Navoiyning amir bo‘lgani
haqidagi xabarni katta quvonch bilan qarshiladilar. Bu
gapning darrov tarqalganiga Navoiy taajjublanib qoldi.
Pahlavon dag‘al, baquwat
soqolli keng yuzidagi
samimiy tabassum va hayajon bilan dedi:
— Bu—ko‘hna Xuroson tarixining oltin sahifasidir!
— El baxtining tug‘ilgan kuni, — dedi Xo‘ja Afzal.
Har kim o‘z quvonch ham orzularini bildirib
turarkan, Majididdin, Nizomulmulk, Amir M o‘g‘ul va
bir ko‘p beklar va ayonlar kirishdi.
Ular shoir bilan,
Dostları ilə paylaş: