Asr oshgan asarlar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   161
Navoiy romani. Oybek

1 Boshqalar, begonalar. 
-Qish.
JQizil may.
124


samimiy, tabiiy bir shavq bilan yengil yoza olar edi. U 
chinakam so‘z sehrbozi! U har qanday o‘jar fikrni, 
ruhning eng ingichka, eng tutqich bermas jilvalarini, 
yurakdagi hislaming mavjlarini so‘z orqali yorqin 
tajassumlantirar, qatrada daryolarni mavjlantirar, 
uchqunda quyoshlarni aylantirar, ishqdan hayot yasar, 
oddiy hayotdan esa ulug‘, tiyran afsonalar to‘qur... U 
minglarcha yilgi madaniyatni, asrlaming fikr boyligini 
qamragan shoir edi. Uning she’riy dahosi arab, eron 
va turkiy xalqlaming san’at xazinasiga, fikr zamini- 
ga chuqur ildiz otib, uning abadiy kuchidan gullagan 
edi.
U turli shoirlarning turli-tuman asarlaridan o‘n 
minglarcha baytni yod bilar edi. U uch-to‘rt yoshdan 
boshlab jiddiy go‘zal she’rlarni yodlagan. Sakkiz- 
to‘qqizda butun-butun ilmiy, falsafiy, she’riy asarlami 
o‘zini unutajak ravishda zavqqa berilib mutolaa etgan. 
Bir qarich bolalikda keksa shoirlar bilan she’r haqida 
munozara qilgan!
Qalam ravon yugurardi. So‘zlar she’ming oltin 
ipiga erkin teriladi. Misralarda so‘zlar gavhar kabi 
yonadi, yangi ranglar, yangi jilvalar bilan porlaydi. 
Shoir o‘z ota-bobosi tilining sodda va toza go‘zalligini 
chuqur sezib quvonadi. Mana, misralar qog‘oz betini 
to‘ldirdi. Ona tilida she’ming yangi bir guldastasini 
bog‘ladi. Shoir qalamni chetga qo‘yib, ichida o‘qidi:
Ochmag ‘ay erding jamoli olam aro koshki,
Solmag'ay erding bori olamda g ‘avg‘o koshki.
Chun jamoling jilvasi olamga soldi rustaxez,
Qilmag ‘ay erdi ko'zum oni tamosho koshki.
Bo ‘Imag ‘ay erdi ko ‘zum o ‘tluq yuzung ko ‘rgan zamon,
Ishqing o 'ti shu ’lasi ko ‘nglumda paydo koshki.
Aylagach ishqing balosi zor ko ‘nglumni hazin.
Qilmag‘ay erdi meni mahzung ‘a parvo koshki.
Tushmag'ay erdi firebomiz lutfing bilmayin,
Notavon ko‘nglumg‘a vaslingdan tamanno koshki.
125


Lutf ila ko ‘nglumni vaslingdan tama ’kor aylabon.
Qilmag ‘ay erding yana zulm oshkoro koshki.
Bevafolig‘ onglagach, ishqingni ko‘ngiim tark etib,
Qilmag ‘ay erdi o ‘zin olamda rasvo koshki.
Emdikim devonayu rasvoyi olam bo ‘Imisham,
Vasl-chun mumkin yo‘q o‘iturg‘ay bu savdo koshki.
Ey Navoiy, bevafodur yor, bas, ne foyda,
Necha kim desang aga yoxud magar, yo koshki.
Shoir g‘azalni kitob orasiga soldi. Yengillanib, 
o‘rnidan turdi-da, qalam va dovotni tokchaga olib 
qo‘ydi. Tokchalardagi chiroyli xitoy idishlarga, fil 
tishidan ishlangan ajoyib, mo‘’jaz qutichalarga razm 
soldi. U chiroyli narsalarni ingichka san’at namu- 
nalari bo‘lgan buyumlarni sevar edi. U o‘yladi: 
«Xurosonda san’atning turli boblarida ajoyib mohir 
san’atkorlar bor. Hunarmandlar o'rtasida ajoyib iste’- 
dodli, serdiqqat, serzavq odamlar juda ko‘p. Nima 
uchun, masalan, xitoyi chinnilarni, xitoyi shohilami, 
Kashmir shollarini Hirotda yaratmoq mumkin 
bo‘lmasin! Ulami san’at va hunaming oliy poyalariga 
tashviq etmoq kerak, ular uchun kerakli asboblarni 
topmoq kerak!» Navoiy yaqinda, hunarmandlarning 
bir bayramida, ular tomonidan yasalib, xalqni taajjub- 
da qoldirgan g‘alati buyumlarni esladi. Uzoq o‘lkalar- 
dan nodir matolar sifatida keltiriladigan ko‘p narsa­
larni sekin-sekin Hirotning o‘zida yasamoq mumkin- 
ligiga ishondi.
Sovuqdan badani jimirlashdi. Manqal oldiga 
o'tirdi. Ustini yupqa kul bosa boshlagan cho‘g‘ni mis 
kurakcha bilan yengilgina titib, qo‘llarini tutdi. Yana 
shoirona xayolga, tafakkurga berildi. «Bir soatlik tafak- 
kur bir yillik toatdan afzal!» U o‘z ona tilining qudra- 
tini, go‘zalligini namoyishlantira bilajak katta doston- 
lar yaratmoqni orzu qilardi. Uning xayoli afsonalar- 
ning go‘zal bog‘lariga sayr etdi. Nega bu bog‘chalar- 
ning oltin darvozalari uning xalqi uchun yopiq?! 
Arablardan, eronliklardan uning xalqining qay yeri
126


kam?! Yo‘q, u o‘z xalqi uchun she’rning o‘lmas gul- 
zorlarini yaratishi kerak!
Eshik asta ochildi, yaqinda shoirga xizmatga kirgan 
Shayx Bahlul paydo bo‘ldi. Bu — ancha tahsil 
ko‘rgan, har vaqt mutavoze, yuvosh tabiatli, kamtarin 
yigit edi. Shayx Bahlul o‘z xo'jasining fazlu kamoloti- 
ni taqdirlab, unga xizmat qilishni o‘zi uchun bir 
sharaf, deb hisoblar edi.
— Buyuring, ne demoqchisiz? — parishonlik bilan 
so‘radi Navoiy.
— Tarabxona'da sulton hazratlari sizni yo‘qlamish- 
lar, — javob berdi Shayx Bahlul.
Navoiy bir muddat boshini quyi solib, sukut etdi. 
Kevin ranjiganlikni ifodalovchi tovush bilan: «Ayting, 
tez yetib borurmen», dedi. Shayx Bahlul boshini 
qimirlatib, «xo‘b» deb chiqdi. Shoir uzilgan xayollari- 
ga yana bir muddat berildi. Keyin shohi to‘n ustidan 
og‘ir bo‘lmagan qunduz pochali po‘stinni kiydi. 
Ko‘cha eshigi oldida otga minib, saroyga jo ‘nadi.
Tarabxonada saroy mulozimlari uni, har vaqtdagi 
kabi, hurmat bilan qarshiladilar. Tarabxona — katta 
bog‘chalarnig o‘rtasiga solingan kichikroq, lekin juda 
kelishgan ikki oshyonli, bu yemi o‘z ko‘zi bilan 
ko‘rgan Zahiriddin Muhammad Bobuming ta’biricha, 
shiringina imorat edi. Buni Abulqosim Bobur bino qil- 
gan edi.
Shoir ikkinchi qabatga chiqdi. To‘rt tarafda naqsh- 
lari nafis to‘rt hujra; bulaming o‘rtasida katta bir 
xona. Husayn Boyqaro Navoiyni shu katta uyda qabul 
etdi. Bu uyning to‘rt tomonidagi devorlarda Abu Said 
Mirzo o‘zining janglari va safarlarining tasvirini ish- 
lattirgan edi. Navoiy, odatdagicha, rasmiy ta’zim va 
hol-ahvol so‘rashlardan keyin ko‘zlarini beixtiyor ra- 
vishda devordagi rasmlarga tikdi. Ot gijinglatgan, o‘q 
uzayotgan, qalqon tutib o‘zini zarbadan saqlashga 
intilgan dushmanga qilich ko‘targan bahodirlar, boshi 
kesik, qonga bo‘yalgan gavdalar, qal’aga hujum eta-

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin