turdi, eshikka chiqarkan, bir zum to'xtab, dedi:
«Mirzoyi Kichikdan sizni men so‘rab olurmen».
—
Taxtingiz oyog‘i ostida xizmat qilmoq bilan
emas, balki oddiy navkaringiz bo‘lmoq bilan ham faxr-
lanurmen, — dedi Majididdin.
Ular kirganlarida, bazm juda qizigan edi.
Podshohning orqasidan g‘urur bilan kirgan Majidid
din awalgi o‘miga o‘ltirdi. Barloslar, bir ko‘p beklar,
mansabdorlar bir-birlariga ma’nodor
imo bilan
qarashib olishdi. Bazm va ziyofat tongga qadar davom
etdi. Majididdin uyqusizlikdan va maydan qisilgan
ko‘zlarini uqalab, horg'in odim bosib, uyga qaytarkan,
jomening yuksak minoralaridan muazzinning ovozi
yangradi. Darvozai mulkka boruvchi katta yo‘lda dar-
vozadan ilk kirgan dehqonlar, bog‘bonlar otlarga,
eshaklarga ortilgan yoki boshlariga qo‘yilgan katta
savatlardagi uzum va boshqa
mevalar bilan bozorga
ildam jo ‘nardilar.
Majididdin uyga kelib, hali yuz betini yuvmagan
xotinini mehmonxonaga chaqirdi, podshohning
haramiga bukun uzatiladigan Dildomi yuvintirib-
tarantirib,
eng asil kiyimlar kiydirib, oltin-kumush
bezaklar taqdirishni buyurdi-da, chala yechinib, yota
qoldi. Choshgoh vaqtida uni xushxabar uyg'otdi:
Majididdin oliy farmon bilan parvonachi tayin etilgan
edi.
To‘qqizinchi bob
I
Ko‘pdan kutilgan qor to‘rt enlik yog‘ib, uncha qat-
tiq bo‘lmagan izg‘irin orqasida ikki kundan buyon
erinmasdan
daraxtlami, tomlami oqartirgan edi. Ko‘-
chalaming balchig'i qatqaloqlangan. Bolalar, qarg‘alar
tansiq qomi g‘animat büib, sho'xlik qilib o‘ynaydilar.
Kattalar o‘z do‘stlariga, yaqin tanishlariga, xesh-
aqrabolariga qorxat yozib, o‘ziga xos nash’a-zavq
bag‘ishlovchi qishki ziyofatlarga yura boshlaganlar.
Navoiy qorxat yozib, unda qishning shoirona tasvi-
123
rini, qish manzarasi orqasida ko'ngilga kelgan kechin-
malami sho‘x, rangli uslub bilan bejab, bir do‘stiga,
qish hangomasi sifatida yuborgan edi.
Tuzulgay yor ila bazmi visoli,
Vale ag'yordin' ul bo'lsa xoli.
Soqiyo, day2 shiddatidan aqlu hush betob erur,
Chorasi jomi bullurirt ichra la ’li nob3 erur.
Xusho bazm aro o ‘tu, may bo ‘Isa day,
May andoqki o ‘tu, o ‘t andoqki may.
Serzavq, oqsuyak Hirot bu oltin misralarda ifo-
dalangan ruh va kayf bilan yashamoqda edi.
Qorxat munosabati ila do‘sti uni bugun ziyofatga
chaqirgan, lekin u ishga berilib, o‘t va may kabi
qizg‘in, nash’ali bo‘lishi kerak bo‘lgan ulfatchilikni
ham unutdi. Shoir el-ulus
ishidan qutulgan damlarda
bekor o‘tirmas edi. Yo o‘qir, yo yozar, yo xattotlikda
mashq qilar, yo musiqiyda yangi kuylar yaratishga uri-
nar, hatto ba’zi vaqtlarda rasm solish fikrini buyoqlar
ila ifodalash bilan mashg‘ul bo‘lar edi. Tafakkur,
amal, harakat uning mangu hamrohlari edi. U «bir
soatlik tafakkur bir yillik toatdan afzal» degan dastumi
ko‘p vaqt takrorlashni sevardi.
Darichalari yopiq va jihozlari zavq ham ichki bir
ohang bilan saranjom topgan xonaning o‘rtasida man-
qal to‘la qip-qizil cho‘g‘ yolqinlanadi. Darichalarning
tepasidagi rangli oynalarda qish quyoshi o‘ynaydi.
Navoiy manqalga yaqin o‘tirib, kitob ustiga qo‘yilgan
yengil, shaldiroq haftrang qog‘ozni
tizzasida tutib,
ijodga berildi.
Ijod dardini tug‘uliq dardi bilan qiyos etadilar. Ijod
dardi — qalbning qa’rida uyg‘onib, butun vujudni
larzaga solgan og‘riq Navoiy uchun eng shirin lazzat,
ona allasi kabi yupantiruvchi, quyosh kabi hayot va
quvonch bag‘ishlovchi bir kuch edi. Shuning uchun u
Dostları ilə paylaş: