Asr oshgan asarlar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   161
Navoiy romani. Oybek

To‘rtinchi bob
I
Bog‘i Zog‘onning bosh darvozasi oldidagi katta 
maydon harbiylar bilan to‘la. Har yoqdan to‘da-to‘da 
otliq sipohilar — navkarlar keladi. Otlar o‘ynoqlab 
kishnaydi, tug‘lar hilpiraydi. Quyoshda dubulg‘alar, 
sovutlar yaltiraydi. Beklaming kumush sopli qamchi-
62


lari, ot asboblaridagi kumush bezaklar, qilichlaming 
qinlaridagi oltin, feruza va zabaijad toshlar ko‘z 
qamashtirib yonadi. Navkarlar orasida oppoq soqoli 
ko‘ksiga tushgan, lekin yigitlarday tetik qarigan chol­
lar, jang maydonidagi dahshatli suronlarni ko‘ngilli bir 
o‘yindek bilgan ham jang-jadal bilan suyagi qotgan 
mag'rur bahodirlar bilan birga tajribasiz, miyiqsiz, 
yosh-yosh yigitchalar ham bor... Tantanaga qaramay, 
Hirot har kungi hayot bilan yashaydi; Hirot bunday 
kunlarni ko‘p ko‘rgan! 0 ‘ynoqlagan otlarning oralari- 
da g'ivillab, bir-birlari bilan baqirib-chaqirishgan 
bolalar istisno qilinsa, kattalar: «Podshoh Muhamm ad 
Yodgor ustiga otlanibdi», degan xabami eshitib: 
«Xudo oq yo‘l bersin, yurtga tinchlik kerak», deb o‘z 
tirikchiliklaridan qolmaydilar...
Mana, chorpaxil, mag‘rur Islim barios o‘zi uchun 
yasatgan maxsus o‘q-yoyni osgan holda katta suvori 
to‘daning boshida chang ko‘tarib, peshdor1 askarlar 
sifatida il dam yo‘lga tushdi.
Bog‘i Zog'on darvozasidan Husayn Boyqaro ot 
o‘ynatib chiqdi.
Tim qora, haybatli asov otining bezaklari oldida 
uning kiyimlarining boy ziynati unchalik taajjublanur- 
lik emasdi. Temur avlodi orasida qilich chopishdagi 
mahorati bilan tanilgan Husayn Boyqaro kumush 
so‘lug‘ini chaynab tipirchilagan otni pishiq tutib, 
botirona bir tur bilan gerdaygan edi. Uning orqasida 
beklar, sardorlar, sulton xonadonining yaqin aqrabo- 
lari Xurosonning yuksak oilalariga mansub bo‘lgan, 
saroyning husni, podshohning ziyofat va majlislari 
uchun hashamat, dabdaba berishgagina xizmat qiladi- 
gan duxoba qalpoqli, movut chakmonli, nozik ish- 
langan qimmatbaho kamarlar taqqan yosh nozanin 
yigitchalar to‘p-to‘p bo‘lib, otlarini gijinglatib turardi- 
lar.
Bir dasta yasovullar oldin-ketin yugurib, havoda 
qamchilarini o‘ynatib, podshohning yo‘lga chiqqa-
1 O ld in d a b o ru v ch i, ilg'or.
63


nidan darak berar, otliqlami, eshak minganlami egar- 
dan tushirar, piyodalami ко‘charting ikki tomoniga, 
devorlarga qapishtirar edilar. «Ha-hu» deguncha 
odamlaming yelkalariga, boshlariga, qamchi tushib 
qolar edi. D o ‘kondorlar do‘konlari ichidan chiqib, 
viqor bilan qo‘llarini ko‘kraklariga qo‘yib, shohni 
kutardilar...
Gavharshodbegim madrasasining sirtida, yuksak 
peshtoq ostida tolibi ilmlar qalin bir guruh bo‘lib tu- 
rishardi. Bular toj-taxt uchun Astrobod taraflarida 
isyon ko‘targan Yodgor Mirzoning kimligi, qaysi nasi 
va tarmoq bo‘yicha u Amir Temurga borib taqalishi 
ustida muzokara qilishar; tirik, o‘lik, nomdor, nomsiz, 
toj kiygan, toj kiymagan shahzodalami tilga olishar 
edi. Sultonmurod bilan Zayniddin sho‘x hangoma va 
latifalar so‘ylab, ba’zan hammani kuldirib turishar edi. 
Favqulodda vajohatli, bir ko‘zi g‘ilay yasovul qamchi- 
ni qahr bilan silkib, chopib оЧагкап, Zayniddin 
qichqirib yubordi:
Hech kasro nazdi dud naguzoshti,
In du shohi gov gar har doshti'.
D o ‘stlar bir zumgina lablarini tishlab, jim qoldilar, 
lekin yasovul kinoyani payqamay, uzoqlashib ketgach, 
mahkam yumilgan lablaridan birdan qahqaha toshdi. 
Sultonmurod do‘stining yelkasini qoqib dedi: «Sen 
bo‘lmasang edi, bu jabrkor hayotda kulgini mutlaq 
unutgan bo‘lur edik...»
Tantana bilan Husayn Boyqaro yaqin kelgach, 
hamma tolibi ilmlar qo‘l qovushtirib, egildilar. 
Sultonmurod boshini ko‘targanda, podshoh uzoqlash- 
gan edi. Uning ko‘zi Navoiyga tushdi. Navoiy X o ‘ja 
Afzal va shoir Shayxim Suhayliy, Kamoliddin Husayn 
Kozargohiylar bilan bir qatorda, otini bo‘shgina tutib, 
bu suron va tantanaga go‘yo loqayd, hamisha ko‘ngli- 
ni to‘lqinlantirgan ilhomlarga, fikrlarga berilganday
'A g a r h o ‘kizning shoxlari eshakda b o 'lsa edi, u o ‘z yoniga h e ch k im ni y o ‘lat- 
m as edi.
64


borar edi. K o ‘zlaridagi samimiy quvonch va muhabbat 
bilan qarshilagan talabalarga shoir tabassum bilan ilti- 
fot ko‘rsatib o‘tdi.
K o ‘chalarda hayot va harakat awalgi iziga tushdi. 
Talabalar madrasaning tosh bag‘ri ichiga kirib, g‘oyib 
bo‘ldilar. Sultonmurod yana hujraga kirib mutolaaga 
berilishga mayl sezmadi. 0 ‘ziga zarur bo‘lgan ba’zi 
nodir kitoblarni qidirib topishi kerak edi. Nogihon 
uning yodiga ko‘pdan buyon uchrashmoqni istadigi 
mashhur kimyogar mavlono Abdulahad tushib qoldi. 
0 ‘ylab turmasdan, shahaming Darvozai Qipchoq 
tarafiga qarab ketdi.
Hirotning chetida qaysi bir avliyoning sag‘anasi 
bo‘lgan, zo‘r qayrag‘ochlar va qari chinorlar bilan 
qoplangan katta jimjit go‘riston ro‘baro‘sida, xarob bir 
uy oldida to‘xtadi. Bir vaqtlar o‘ymakoriik san’atining 
go‘zal namunalaridan bo‘lgan, lekin hozirda zamon- 
larning asta, omonsiz yemiruvchi ta’siri ostida o‘z 
husn va tarovatini yo‘qotgan eshikni ohista taqillata 
boshladi. Ichkaridan hech qanday sado eshitilma- 
ganidan qattiqroq urdi. 0 ‘tkinchilardan biri o‘z 
qulog'iga ishorat qilib, jilmayib, dedi: «Tosh bitgan! 
Ichkariga marhamat qila bering!» U y sohibining 
karligini birdan eslab, kulib, qo‘ydi-da, ichkari kirdi. 
Egasi tashlab ketgan hovlidek, yowoyi o‘tlar bilan 
qoplangan, og‘ir jimjitlik hukm surgan katta hovli 
o‘rtasida bir nafas to‘xtadi. Atrofga bir qarab, keyin 
tomida qaqqaygan quvurdan burqib tutun chiqayot- 
gan, eski, lekin qo‘rg‘onday baland va mustahkam 
uyga qarab yurdi. Bir necha qadam qolganda, uyning 
haybatiga yarashmagan kichkina eshik ochilib, sopol 
ko‘za ko‘targan bir kishi chiqdi. Uning katta, yumaloq 
boshida kir taqya, egnida har joyi kuygan, turli dog‘lar 
bilan yiltiragan eski jomakor; ko‘zlari yoshlangan, jid- 
diy, salobatli yuzida olov yallig‘i jilvalangan, ko‘rkam 
soqolining oqi kir sarg‘ish tus oigan. Ellik yoshlarda 
bo'lgan bu ajoyib odam mashhur kimyogar va shoir 
Abdulahad edi. U yigirma yildan buyon tinmasdan 
yolg‘iz boshiga bu yerda kimyo ilmi bilan mashg‘ul
3 - 4 7 3 3
65


edi: turli moddalami qizitar, eritar, qo‘shar-ayirar, o‘z 
ilmi hunarining chuqur tilsimlarida taajjublanarli sabr, 
matonat va g‘ayrat bilan ishlar edi. Olov va har nav 
moddalaming ta’siri ostida ko‘zlari zaiflashgan, quloq- 
lari kar bo‘lgan edi.
Begona yigitni ko‘rish bilan kimyogar qotib qoldi. 
Uning butun qiyofati allanechuk yomon o‘zgarib, 
chuqur noroziligini bildirar edi. Sultonmurod bunday 
odamlarning fe’lini yaxshi bilganligidan uning 
noroziligini tabiiy deb hisobladi, tez-tez yurib, kimyo­
gar qarshisida to‘xtab, samimiy ta’zim qildi. Kimyogar 
xira, namli ko‘zlaridagi istehzo bilan unga boshdan- 
oyoq razm solib, dilgir bo‘lganligini g‘alati, chuqur 
xo‘rsinish bilan ifoda etdi.
— Faqiming ostonasiga ne maqsad bilan qadam 
bosdingiz? — sekin, lekin norozilik ohangi bilan 
so‘radi kimyogar.
Sultonmurod qaddini rostladi. 0 ‘jar olimning ilti- 
fotini qozonish uchun quwayi nutqini ishga soldi. 
Tomoqlari qirilgunday, baland ovoz bilan dastlab 
kimyogarga madh-sano o'qidi, keyin o‘zini tanitib, 
qanday maqsad bilan kelganini so‘zladi.
— Mashg‘ulotimga xalal berguvchilar bilan do‘st 
tutunmaymen, — yana ayni dag'al ohang bilan dedi 
kimyogar.
— Taqsir, — dedi Sultonmurod ehtirom bilan, — 
biz shul toifadanmizki, ular ilm uchun chekilgan har 
qanday mashaqqat va mahrumiyatni hayotning ulug‘ 
ne’mati, deb bilurlar. Janoblari ilmi kimyoda zamo- 
namizning Ja’fari'dirsiz. Sizning har bir so‘zingiz biz 
kabi ilm gadolari uchun tilla va nuqradan afzaldir. 
Modomiki, tangri sizga benihoyat xazina baxsh 
etmish, bu kamina shogirdingiz saxovat yo‘lini tut- 
moqligingizdan umidvordir.
Abdulahad kuyib siyraklashgan qoshlarini chimi- 
rib, indamasdan uzoqlashdi. Sultonmurod o‘jar 
kimyogarning qabul qilishidan umidi so‘nib, uning
1 Qadim arab kimyogari.
66


orqasidan qarab qoldi. Olim hovlining o‘rtasidagi 
chuqurga ko‘zachadan qoramtir-chirkin suyuqlikni 
ag‘dardi-da, yerga qaragan holda asta yurib keldi va 
boshini ko‘tarmasdan, birdan qandaydir sirli tovush 
bilan so‘radi:
— Niyating xolis, kimyoga muhabbating, haqiqat- 
ga imoning barqarormi?
— N e til bilan arz etay? — xitob qildi Sulton- 
murod.
— Marhamat qil!
Sultonmurod haddan tashqari quvonib, olimning 
ketidan uyga kirdi. Bu «kimyoxona» masjidning xona- 
qosiday katta, chorxari uy edi. Is bosgan shipida ikki 
joyda shaffof qog‘oz bilan qoplangan katta tuynuklar 
bo‘lganidan xona ichi qorong‘i emasdi. Tokchalarda, 
yerda har xil kattalikda va shaklda bo‘lgan sopol 
ko‘zalar, mis va temirdan har nav idishlar, g‘alati 
shishalar, katta-kichik hovonchalar, har turli temir-ter- 
sak qalashib yotardi. « Kimyoxona» ning to‘riga qator 
qurilgan baland-past o‘choqlar oddiy o‘choqlarga aslo 
o‘xshamas edi. Bir o ‘choqda gurillab olov yonardi. 
Dekchaga o‘xshash bir idishda nimadir burqib tu- 
radi...
Sultonmurod o‘zini allaqanday bir tilsimot ichida 
sezdi. Kimyoning sirlarini tezroq fahmlashga orzusi 
qancha kuchli bo‘lmasin, sirli amaliyotga qancha 
oshiqmasin, lekin bironta idishga, bironta moddaga 
qo‘l tekkizishga botinmadi. Abdulahad esa go‘yo uni 
butunlay unutganday, «churq» etmasdan, jiddiy 
timirskilanadi; goh olovga qaraydi, goh burqigan mod- 
dani ternir asbob bilan kavlaydi, goh ularni qo‘shadi- 
da, bir chekkaga olib qo‘yadi. G o h chuqur o‘yga 
botib, keyin birdan harakatga kirib ketadi. Xovon- 
chada nimanidir tuyadi.
Chamasi ikki soat shu tariqa sukutdan so‘ng 
Abdulahad bir chekkada qaqqayib, uning har bir 
harakatini ko‘zdan qochirmagan yigitning oldiga 
keldi. Kinoyasiz tabassum bilan unga qaradi.
— Ilmi kimyo, — dedi u shivirlaganday, — ilmi
67


xufyadir, asrori g‘ayb' ilmidirki, nomahramning nazari 
mushkilotning haliga mone bo‘lishi mumkin. Bu bob- 
ning ustod komili Ja’fardan boshlab, bu zamonga 
qadar ozmuncha xaloyiq bu maqsad yo‘lida zahmat 
chekmagan!
— 
Muhtaram ustoz, — dedi Sultonmurod yali- 
nib,— kaminaning niyati pokligiga zarra qadar shubha 
etmangiz. Bu qulbachchangizning murodi m a’rifatdir. 
Bundan o‘zga hech bir andisha uning ko‘ngil oinasiga 
aslo soya solmagandir. Yana bir nuqtani ishorat et- 
moqni lozim bilamenki, dunyoda uch nimarsa uch 
nimarsasiz qoim bo‘lolmagay: mol — betijorat, dav- 
lat — besiyosat, ilm — bebahs... Taqsir, bahs asnosida 
fikrlaming zarbalaridan haqiqatning chaqmog‘i yon- 
g‘usidir...
Kimyogar bir qadar yumshaganday bo‘ldi. Ba’zi 
ilmlar haqida suhbatlashgandan keyin Sultonmurod- 
ning bir ko‘p ilmlarda bag‘oyat komil ekanini sezdi. 
Uning zehnining o ‘tkirligiga, ma’lumotining kengligi- 
ga o‘z ichida taajjublandi. Bu nodir qobiliyatning 
o‘tinchini qaytarishni axloqqa munosib ko‘rmadi 
shekilli, nihoyat, o‘z ilmining sirlarini ocha boshladi. 
Dunyoni tashkil etgan mashhur to‘rt unsur2 haqida 
qadim yunon va arab donishmandlarining fikrlarini 
tushuntirib, bu unsurlaming aslida vohid3 ekanligini, 
qandaydir bir javhar mavjud bo‘lib, hamma jismlar- 
ning suratlari unga bog‘liq ekanini, ham yetti sayyo- 
raga muvofiq tushadigan yetti modda mavjudligini, 
shu jumladan oltin— quyoshga, kumush— oyga, mis — 
Zuhra yulduziga... va hokazo mos kelishini bayon 
qildi. Kimyogarning so‘zi borgan sari sir pardasiga 
chuqurroq o ‘rala boshladi. U barcha m a’danlami ikki 
guruhga ayirdi. Birinchi guruhni nuqsonli, illatli mod- 
dalar deb atadi. Bu m a’danlamnig tabiatidagi illatni 
kimyo yo‘li bilan sug‘urib tashlab, ulami oliy darajaga 
ko‘tarish, ya’ni, masalan, simobdan kumush, misdan
1 O sm on sirlari.
1 Suv, havo, tu p ro q va o ‘t. 
’ Birlik.
68


oltin yasamoq mumkinligini shavq va hayajon bilan 
so‘zlab ketdi. Bu fikrlar bilan Sultonmurod yaxshi ta- 
nish edi. Ammo kimyogar illatli moddalami oliy dara- 
jaga ko‘tarmoq uchun eksir degan bir nima kerakligi- 
ni ham uni hosil qilmoq uchun nimalar qilish zarurli- 
gi to‘g‘risida sir bilan to‘la m a’lumotni soatlarcha 
so‘zlagach, diqqat bilan tinglagan Sultonmurodning 
tinkasi quridi. Lekin o‘z ilmining sehriga berilgan ham 
misdan oltin yasash fikriga umrining gulini bag‘ishla- 
gan ajoyib olimning so‘zini kesishga botinmadi.
Nihoyat, qaysi bir o‘choqdan keskin, noxush hid 
dimog‘iga urgach, kimyogar birdan qo‘zg‘alib, yugur- 
dida, moddalar ustida uzoq urinib qoldi. Sultonmurod 
bahsni yangilamaslikka tirishdi. Oqshom Abdulahad 
qumg‘on qaynatib, dasturxon yozdi.
Shu uyning o‘zida, miltillagan sham nurida ular 
dam kimyodan, dam ilmi badi’‘dan gapirishib, non 
ham magiz bilan qorin to‘ydirdilar.
Sultonmurod bu yerda bir qancha vaqt qolib, ustod 
bilan birga ishlab, eksiming siriga yaqindan voqif 
bo‘lish niyatida ekanligini so‘zlagach, kimyogar uning 
bu talabini hech bir e’tirozsiz qabul qildi.
Ikkinchi kun yosh olim katta shavq va ruhlanish 
bilan kimyoga berildi. Moddalar ustida ishlarkan, 
qo‘llarini va kiyimlarini kuydirdi. Moddalarning 
o‘zgarishi haqida Abdulahad bilan soatlarcha suhbat- 
lashar, ba’zan talashar edi. Ishga qiziqqandan, tong 
otib, quyosh botganini sezmay qolardi. Shu tariqa o‘n 
besh kun bosim mashg‘ul bo‘ldi. U kimyo yo‘li bilan 
misni oltinga aylantirish xayolidan uzoq bo'lgani 
uchun 
kasb 
etgan 
m a ’lumotni keyincha 
o‘zi 
chuqurlashtirmoqqa yetarli hisobladi-da, nihoyat, 
kimyogar bilan ota-o‘g‘il kabi samimiy xayrlashdi.
Vaqt peshindan oqqan edi. Sultonmurod shahar 
ichiga kirib borgan sayin uchragan amaldorlarning, 
navkarlaming harakatlarida, odamlarning ko‘zlarida, 
bolalaming yugurishlarida qandaydir o‘zgacha m a’no-
' G o 'z a llik ilm i, she’r va sa n ’a t nazariyasi.
69


ni seza boshladi. Hayotda favqulodda bir hodisa ro‘y 
berganiga ishondi. K o ‘m-ko‘k panjali qo‘llarini keskin 
sollantirib, ildam ketayotgan bo‘yoqchini to‘xtatib, 
so‘rashga tirishdi. Buyoqchi sabrsizlik bilan, dag‘algi- 
na qilib: «Ey, mullam, ulusning dardi ko‘p, qay birini 
aytayin!» dedi-da, yugurganicha ketaverdi. Sulton- 
murod hayajonlandi. Odamlar orqasidan ildam jo‘na- 
di. Halloslab, rangi o‘chib, Devonxonaga kelgach, bu 
yerda, maydonda qalin olomonni ko‘rdi. Aksari sha- 
haming har nav kosib-hunarmandlari ham atrofdan 
kelgan uzuq-yuluq kiyimli dehqonlar edi. Xalq qurol- 
siz edi, lekin ko‘zlarida yongan g‘azab, yuzlaridagi jid- 
diy qahrli ifoda uni portlashga tayyor dahshatli bir 
kuchga aylantirgan edi. Shaharlaming qamalini, katta- 
kichik janglami bir vaqtlar o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan 
Sultonmurod nogoh ichidan titrab ketdi. Olomon 
asabiy to‘lg‘andi. Havoda kuchli g‘ulg‘ula-suron to‘l- 
qinlanadi. Navkarlaming rangi o‘chgan. Ular xavfsi- 
ranib, ko‘zlari ola-qaroq bo‘lib, chetlanib yuradilar... 
Sultonmurod qo‘rqinchli suvning sayoz yerlarini oldin 
sinab, keyin chuqur tomonlariga ehtiyot bilan borgan 
suzuvchi kabi, olomon orasiga asta-asta kirib bordi. 
Ham m a amaldorlardan, soliqchilarning zulmidan, 
soliqlarning og‘irligidan shikoyat qilardi. Xalq bir ko‘p 
amaldorlarni barala haqorat qiladi, qarg‘aydi.
— X o ‘ja Abdullo, X o ‘ja Qutbiddin, Nizomiddin 
Baxtiyorlar chiqsin qoshimizga! — qichqiradi yuzlar- 
cha ovoz...
Aftidan yuvosh ko‘ringan bir m o‘ysafid yig‘i-sig‘i 
bilan Sultonmurodga shikoyat qildi: «Podshoh musul- 
mon, vazirlar musulmon. Lekin bunchalik jabmi koflr 
ham o‘z eliga ravo ko‘rmaydi. Yurtdan insof-adolat 
ko‘tarilgan! 
Shariat xor! Xonavayron bo‘ldik!» 
Sultonmurod titrak lablari bilan unga taskin berarkan, 
juldur kiyimli, qahrdan yuzlari tirishgan bir dehqon 
quloqlari ostida hayqirdi: «To‘g‘onbekni qo‘limizga 
topshirmagunlaricha, bu yerdan ketmaymiz!»
— Qaysi T o ‘g‘onbek, birodar? — yelkasidan turtib 
so‘radi Sultonmurod.
70


— 
Yangi tug‘ilgan itlardan... Bilamiz, T o ‘g‘on- 
bek! — Sultonmurodga qaramasdan, to‘lqin ichida 
yo‘qoldi dehqon.
Sultonmurod qaynagan olomon ichida turtki yeb, 
bosilib, ezilib, uzoq yurdi. Haqorat, g‘azab alam bi- 
lan aytilgan uzuq-yuluq gaplardan bu g‘alayonning 
asli sababini uqib ola bildi: podshoh va bir ko‘p vazir- 
lar Hirotni tark etishi bilan zakot ishlarini idora qiluv- 
chi X o ‘ja Abdullo, X o ‘ja Qutbiddin, Nizomiddin 
Baxtiyor va hokazo ma’murlar, o‘z bilgilaricha, xalq- 
qa yangi soliq soladilar. Xazina uchun emas, o‘z 
foydalari uchun yig‘moqchi bo‘lishgan soliqni vaqt 
g‘animatda mumkin qadar tez undirishga jadal qiladi- 
lar. Buning uchun eng qattiq va chirkin choralar 
qo‘llaydilar. Bundan tashqari, ular fuqaroga har xil 
jabr-sitam ko‘rsatib, uning haq-huquqlarini poymol 
etadilar.
Zamon olimlarining saromadi bo‘lishgagina intil- 
gan Sultonmurod shu vaqtgacha xalq tirikchiligidan 
uzoq yashar, uning dardlariga begona edi. Uning 
butun fikri ilmiy nazariyalar samosida, qalin kitob- 
larning changlari orasida, olimona munozaralaming 
so‘z maydonida parvoz qilardi. Xalq kim, u nima 
bilan tirikchilik qiladi, nima o‘ylaydi, dardi nimada, 
o‘z mushkilotlarini qanday hal etadi — mana buning 
singad masalalami aslo o‘ylab ko‘rmagan edi. Uning 
e’tiqodicha, xalq ilmga begona insonlardan iborat bir 
guruh edi. U ilm orqasida raso inson bo‘lish mumkin- 
ligiga ishonganidan, xalqni har yerda, har ishda 
jahlning qurboni, deb tushunar edi. Uning bu qarash- 
lari, qanoatlari hozir xalq bo‘roni ichida ost-ust bo‘ldi. 
Katta, favqulodda voqea qarshisida inson har narsani 
unutib, yolg‘iz shu voqeaning hayajoni, sezgisiga 
berilganidek, yosh olim ham butun vujudi bilan xalq 
fikriga, xalq dardiga qiziqdi. U dahshatli suron ichida, 
kuchli hayajonda bo‘lishiga qaramay, isyonning 
sabablarini muhokama qildi va ichida shunday qaror- 
ga keldi: «Xo‘ja Abdullo, X o ‘ja Qutbiddin kabi oliy 
vazifador ham ilmdan bahramand zotlar o‘z nafslari,
71


xudkomliklari1 uchun fiiqaroga bu daraja zulm-sitam 
qilibdilar. Aslida, johillar ulardir. Filhaqiqat, insoni 
komil bo‘lmoq uchun ilmdan o‘zga yana bir ko‘p 
sifatlar kerak emish. Undog‘ zolimlarga har nechuk 
jazo ham ozdir!»
Xalq, kuchli yer bilan chayqalgan dengiz kabi, bir- 
dan qo‘zg‘aldi. Sultonmurod o‘zini chetga olmoqqa 
tirishsa ham, xalq to‘lqini uni surib ketdi. Devonxona 
eshigida dahshatli shovqin, ur-yiqit boshlandi. To‘lqin 
katta hayqiriq bilan ichkariga intildi. Keng daraxtzor 
sahnga yoyildi. Mahkamadagi xonalarga yuzlarcha 
toshlar g‘izillab uchdi. Odamlar shovqin bilan xonalar­
ga yopirildilar. Darichadan X o ‘ja Abdullo o‘zini uloq- 
tirib, daraxtzorlar ichiga yugurdi. Orqasidan toshlar 
g'izilladi. Mana, u bir zum qotib boshini ushladi — oq 
salla qip-qizil qonga bo‘yaldi. Olomon hayqirib, 
chuwos solarkan, yarador amaldor yiqila-qo‘pa 
daraxtlar orasida g‘oyib bo‘ldi. Olomon endi X o ‘ja 
Nizomiddin Baxtiyomi la’natlab, to‘rt ko‘z bilan 
hamma yoqni qidira boshladi. Lekin to'polonning 
boshlang‘ichidayoq uyga borishga qo‘rqib, qaysi bir 
madrasa 
orqali 
yo‘lni 
chap 
berib, 
qaergadir 
yashiringanini habardor odamlar bildirishgach, xalq 
yana chuwos ko‘tarib la’natladi.
Namoz asrga yaqin olomonning g‘azabi asta-asta 
sovuna boshlab, bir qismi tarqaldi. Isyonchilaming 
boshqa bir qismi yana qaysi bir amaldoming uyi oldi- 
da g‘avg‘o ko‘tarish uchun, zug‘um bilan bir yoqqa 
jo‘nadi. Tiqilinchdan, shovqindan ancha charchagan 
edi, olomon ichidan surilib chiqib, o‘z madrasasi 
tomon ketdi. Namozni tark qilmaslik uchun yo‘lda, 
bir masjidda asr namozini ado etib, shomdan keyin 
madrasaga keldi. Taassurotini so‘zlashga oshiqib, 
Zayniddin hujrasiga o‘zini urdi. Lekin do‘stini top- 
masdan, Aloiddin Mashhadiy hujrasiga o‘tdi. Shoir 
barmoqday shamning xira nurida, har vaqtdagi kabi, 
taqir po‘stakda o‘tirar, burchakda to‘ngakday og‘ir
'Y o lg ‘iz o ‘z m an fa a tin i k o 'zlo v ch i, o ‘zinigina sevuvchi.
72


cho‘kkan T o ‘g‘onbekka nimanidir miljinglar edi. 
0 ‘choqda gurillab olov yonadi, qozonda et qaynaydi. 
T o ‘g‘onbekning yonida shishalarda may...
Salom-alik qilishgandan so‘ng Sultonmurod hov- 
liqib so‘radi:
— Eshitdilaringmi?
— Nimani? — so‘radi Aloiddin.
— Ajab voqealar bo‘lmoqda, xalqning haqiqat 
talab qiigan ovozidan butun Hirot larzada... — shavq 
bilan dedi Sultonmurod.
— Eshitdik, — dedi Aloiddin qozonga telmurib. — 
Xalq emas, bir guruh hayvon na’ra tortmoqda!
Sultonmurod titrab ketdi. Bu ojiz banda bilan bahs- 
lashmoqni foydasiz bildi-da, u T o ‘g‘onbekni achitdi.
— Siz bir vazifada edingiz, — dedi u istehzoli 
kulib, — ammo uning na ekanini bizdan pinhon 
tutardingiz. 
Alhamdulillo, 
bukun bilib 
oldik... 
Maslahatim shulki, bukun shaboxun1 urib, o‘zga biron 
go‘shaga chekiling!
— Ulusga ne yomonlik qilibmiz? — beparvolik 
bilan so‘radi To‘g‘onbek.
— Ulus, — javob berdi Sultonmurod tanbehlovchi 
ovoz bilan. — X o ‘ja Abdullo Xatibning boshini yordi. 
Sizning ismingizga la’nat toshlari otdi!
T o ‘g‘onbek garchi vaziyatini ozgina bo‘lsin o ‘zgar- 
tirmagan bo‘lsa ham, tili kesilib, vahm bir sukutga 
ketdi. Aloiddin titrab, yarim yumuq ko‘zlari bilan 
Sultonmurodga o ‘qrayib qo‘ydi.
— T o ‘g‘onbek o ‘zi bir tog‘, — dedi u jahl bilan, 
asabiy ravishda chiyillab. — Uning orqasida yana bir 
silsila tog‘lar bor!..
— Ishonamen, lekin xalqning qudratiga, bo‘roni- 
ga hech qanday tog‘ dosh kelolmas! — dedi-da, 
Sultonmurod keskin odimlar bilan chiqib ketdi.
'T u n p an asid a.
73



Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin