dirona ishlami ko‘p bilardi. M o‘g‘ulbek ishi —
hamisha qimor! Badriddin shunday chaqqon edikim,
yetti otning ustidan qatorasiga sakragan. Said
Badriddin — butun harakati nozik, nafis edi, ajoyib
raqs etardi. 0 ‘zi ixtiro etgan raqslari bor edi. Xo‘ja
Abdulla Marvoriy — har ilmdan bilardi. Ajoyib
qonun'chalardi, she’r aytardi. Xatni chiroyli bitardi.
She’rni favqulodda zavq va noziklik bilan tanlardi.
Lekin ashaddiy fisq va fujurchi edi.
Tantana, hashamatni sevgan Husayn Boyqaro uyni
to ‘ldirgan va ulug‘vor ta’zim, vajohat bilan o ‘tirgan
rang-barang olomonga faxrlanib qaradi. Keyin beklar
bilan qo‘shin to ‘g‘risida bir oz suhbatlashdi.
Viloyatlardan kelgan ba’zi xabarlar haqida vazirlardan
m a’lumot oldi. Nima uchundir shayx ul-islom2dan
shariatga doir bir masalani so‘radi. U qiroat bilan va
g‘oyat salmoqlab so‘zlar ekan, zohiran diqqat qilayot-
ganday ko‘rinsa ham, sabrsizlangani bilinib turardi.
Keyin ov va qushchilik to ‘g‘risida so‘z ochdi. Islim
barios birdan jonlanib ketdi. Azamat gavdasini pod-
shoh tomonga sal egib, qudratli qo llari bilan dag‘al,
siyrak m o‘ylabini bir sUab qo‘yib, qushlaming ravish-
raftori haqida qiziq m a’lumotlar bermoqqa boshladi.
Muhammad burunduq barios ham gapga aralashdi.
Ov to ‘g‘risida ertakka o‘xshash qiziq gaplar asta-sekin
hammaning diqqatini tortdi. Podshoh dam kulib, dam
jiddiy o‘y bilan quloq soldi. Nihoyat, Husayn Boyqaro
katta va davomli ovga tayyorgarlik ko‘rishni va umu-
man ovga doir jamiki ishlarni Islim barlosga topshirdi-
da, qo‘l ishorasi bilan o‘ltirishni yopdi. Butun majlis-
ni o‘zining shohona ziyofatiga taklif etdi. Hamma
o‘rindan qo‘zg‘alib, ta’zim bajo keltirib turarkan,
Husayn Boyqaro asta mag‘rur yurib, boshqa xonaga
o‘tib ketdi.
1 M axsus m usiqiy asbob.
2
D in iy ish lam i b o sh q aru v ch i yuqori m an sab d o r; ru h o n iy lar bosh lig 'i.
Dostları ilə paylaş: