Hirot chashmu charog
7
ja m ii buldon así.
Jahon tan astu ba nisbat Hirot chun jon as?.
Hirotliklar o‘z shaharlari bilan faxrlanar, uning
tuprog‘ini oltinga, bog‘larini jannatga, suvlarini kav-
sarga o'xshatar edilar. Samarqandlik, bag‘dodlik, misr-
lik, hindlik va xitoylik hamma sayyohlarga bu shahar
manzur bo‘lardi.
Zayniddin to'xtab, Hirotning darveshnamo mash-
hur naqqoshi bilan hangomalashib qoldi. Bu yer tepa-
lik edi, bu yerdan shahaming ajoyib azamat inshoo-
ti — Qal’ai Ixtiyoriddin yaqqol ko‘rinardi. Bu — qat-
qat tog‘ kabi yuksalgan, muazzam qulalari, kungirador
qalin devorlari, tepa-tepa tuproq uyumlari bilan Hirot
samosiga hokimlik qilgan qal’a edi. Mojarolar bilan
to ‘la umrida katta qal’alami ko‘p ko‘rgan, ularga jang-
da hujum qilgan To‘g‘onbek kichik, qiyg‘och ko‘zla-
rini qisib, qal’aga tikildi. Bu qal’aning xususiyatlari
to ‘g‘risida Sultonmurodga qiziq m a’lumot berdi.
Keyin ular uzoqda, shaharning shimolida Darvozai
Mulk bilan Darvozaiy Qipchoq o‘rtasidagi jomining
quyoshda chaqnagan yetti ulug‘ toqi, gumbazi to ‘g‘-
risida so‘zlashdilar. Zayniddin keldi. Pastda, turli-
tuman olomon bilan qaynagan katta guzarga ko‘z
tikdi. Uch katta ko'chaning kesishgan joyidagi gu-
zarda zar yoqa to ‘n kiyib, bedov otlarni g‘ijinglatgan
mag‘rur beklar, olifta bekzodalar, xitoyi shoyi to ‘nli,
guldor mahsili davlatmandlar, eshak mingan juldur
kiyimli dehqonlar, tirikchilik mashaqqati bilan zir
' M a ’ n o s i: H iro t d u n y o d ag i h a m m a s h ah a rla m in g k o ‘zi va c h iro g 'id ir. Jah o n
bam isoli b a d an b o 'lsa , H iro t u n g a nisb atan jo n d ir.
16
yugurishgan xarob kosib-hunarmandlar, qandaydir bir
jinoyatkomi sazoyi qilib ko‘cha aylantirgan qahrli
sipohilar — navkarlar, dag‘al mallabo‘z to‘nli sokin,
xayolchan, shovqin-suronga beparvo darveshlarni
ko‘rish mumkin edi. 0 ‘tkinchilaming yo‘lini to ‘smoq-
chi, etaklariga yopishmoqchi bo‘lgan gadoylar, sha-
haming boshqa guzarlariga qaraganda, bu yerda
ko‘proq edi. Zayniddin Sultonmurodning tirsagini
turtdi.
— Anavi devqomat, — dedi u birini ko‘rsatib, —
Haydar pahlavon... Iroqdan kelgan Mufrid qalandar-
dan Havzi mohiyon'da besh tayoq yeb, oyoq suyaklari
bir xalta oshiqdak bo‘linib ketgan edi. Shayx Husayn
jarroh uning oyog‘ini chuqurga ko‘mib, qirq kunda
tuzatgan... Gandiraklagan, hov ko‘rdingmi, anav mast
olifta umrida besh yuz ming bayt yozgan ulug‘ shoir-
ning nabirasi... Bu ham shoir. Lekin g‘azallarini o ‘z
yonidan pul to ‘lab eshittiradi! Hov anav, baqqol
yonidagi cho‘qqi soqol, yelkasi chiqiq chol — usta
Orif Buxoriy... U o‘ttiz hunarda yagona: naqqoshlik
va zargarlikdan to sartaroshlikkacha, kimyogarlik va
muqovachilikdan to xodimlikkacha nodir odam. Anav
qashqa yo‘rg‘ada jilpanglagan amaldor shahar doru-
g‘a2sining amakibachchasi Shodi bedoddir. Soqol-
mo‘ylablaringni qirdirgan kunlaringda uning yoniga
aslo yaqinlasha ko‘rmanglar!
Sultonmurod bilan To‘g‘onbek qotib kulishdi. Ke-
yin pastga tushib, olomon ichiga aralashib ketdilar.
Ozgina yurgach, Bog‘i Zog‘onning bosh arki oldidan
chiqdilar. Bu — podshohning saroyi edi va darvoza
yonida beklar, katta mansabdorlar, qurolli sipohilar
har vaqtdagidan ko‘proq ko‘rindi.
— Yo podshoh biron yerga chiqadi, yoki elchi ke-
lishi kutiladi, — dedi Zayniddin to‘xtab.
— Bejiz emas, odamlaming ko‘zlari bejo... — dedi
To‘g‘onbek hasad bilan arkka qarab.
— Kutamizmi? — Sultonmurodga qaradi Zaynid-
1 H iro td a k o 'p in c h a k atta to m o sh a lar b o 'la d ig a n m ay d o n .
1 E ski z am o n d a sh ah a r yoki k e n t bo sh lig 'i.
17
din.— Yur, yur! Oyoqda mador qolmadi, — zo‘rlab
olib ketdi Sultonmurod.
Bozoming g‘ovur-g‘uvurli, turli-tuman olomon bi
lan to ‘la Chorsusiga yaqinlashgach, To‘g‘onbek bir-
dan to ‘xtadi. Yo‘ldoshlarining iltimoslariga o‘jarlarcha
quloq solmasdan, shu yerda ayrildi-da, bozor girdobi
ichida g‘oyib bo‘ldi.
— Sahroyi m o‘g‘ul ash’or tinglashdan qochdi! —
dedi kulib Sultonmurod.
— Hechqisi yo‘q, — dedi qo‘lini siltab Zaynid-
din.— Bechora Aloiddinga biron nafaqa topib olib
boradi balki.
Kichkina, xarob do'konchada katta, to ‘garak
barkashlarga uyulgan xilma-xil halvolar orasida o‘tir-
gan mayin harakatli, kamtar, ko‘zlari sho‘x, qirq yosh-
lar chamasidagi shoir Turobiy do‘stlarini suyunib
qarshi oldi. G o ‘yo uzoq zamon ko‘rishmaganday, hol-
ahvol so'rashdi, yor-birodarlaming, tanishlaming sa-
lomatliklari, mashg‘uliyatlari haqida m a’lumot oldi.
Bir necha qochirma gaplardan keyin boloxonaga tak-
lif etdi.
Zayniddin ko‘cha tomonga qaragan darichani och-
di. Uy ichiga yorug‘ bilan birga xush yoqar ko‘klam
shabadasi kirdi. Toqisiga novcharoq odamning boshi
tegadigan eski boloxona guldor sholchalar, chiroyli
jihozlar bilan bezalgan edi. Bu — yuragida ilhomi, his-
lari, shoirona xayollari jo'sharkan, mehnat bilan kun
ko‘ruvchi, halvo pishirib, ertadan kechgacha olomon-
ga matoini maqtab qichqiruvchi, tirikchilikning zerik-
tirgich mashaqqatlariga qaramay, ruhida san’at ishqi-
ni saqlab boruvchi kamtarin, olijanob bir shaxsning
qabulxonasi edi. Aksar vaqt Hirotning olim va shoir-
laridan m a’lum bir guruhi bu yerga to ‘planar, arab,
eron, turkiy tiüardagi muhim asarlar o‘qilar, qizg‘in
suhbatlar, mushoaralar va munozaralar bo‘lib turardi.
Tokchalarga qalangan kitoblaming qariyb hammasi
ularga tanish bo‘lgani uchun biron yangi asar
bormikan, degan umid bilangina yalpi ko‘z yugurtirib,
keyin daricha tagiga tiz cho‘kishdi.
18
Bozorchi olomonning shovqini, uzoqda, temirchi-
lik va misgarlik qatorlarida yangragan «taraqa-
turuq»lar boshni aylantirar edi. Bir ozdan keyin shoir
halvofurush tandurdan yangi uzilgan ikkita non va
juda nafis ishlangan guldor mis laganchada kesma
halvo olib chiqdi. Dasturxonchani yozib, nonlam i
ushatdi, do‘stlarini o ‘z odati bo‘yicha, yemakka qista-
di. Talabalar bug‘lanib turgan nonni og‘izda eriydigan
halvoga qo‘shib, birpasda yeb bitirishdi. Keyin shoir-
nine halvo pishirishdagi san’atini madh etishdi.
— Og‘zimizga qandu nabot soldingiz, — dedi
Zayniddin bino qo‘ygan siyrakkina miyiqlarini artib.—
Endi badialaringiz bilan ko‘ngillarimizni zavqiyob qil-
sangiz...
— Sizlarga manzur bo‘lgudek g‘azallar yozilma-
di, — dedi shoir oq tusha boshlagan soqolini silab. —
Ba’zi xomroq narsalar borki, ulami o ‘qimoq bilan
bahramand bolm assizlar, deb o ‘ylaymen. Shirin
suhbatlaringizga tashna b o ‘lganimdan chorlagan
edim.
— Bu oqshom biz shundamiz, — dedi Sulton-
murod qat’iyat bilan, — lutf etib, g‘azallami olingiz.
Shuaro shahri bo'lgan Hirotda yashab, Aloiddinning
ba’zi zo‘raki narsalaridan boshqa, bir haftadan beri
hech nima ko‘rmadik...
Halvofurush ohistagina o‘rnidan turdi. Tokchadagi
qalin bir kitobni ochib, uning orasidan bir necha
yaproq yap-yangi, shaldiroq qog‘oz olib, Zayniddinga
uzatdi. Zayniddin qog'ozlami bir-bir ko‘zdan kechi-
rib, Sultonmurodning tizzasiga qo‘ydi.
— G ‘azal o ‘qimoqda sen bilan tenglashurlik shaxs
yetti iqlimda ham topilmas, desam, xato qilmasmen.
Marhamat qil.
Sultonmurod she’mi go‘zal o'qirdi. U o ‘qiganda,
she’riyat otashidan mahrum oddiy misralar ham go‘yo
birdan yaltirab ketardi. D o‘stining she’rlarida unga
awaldan belgili bo‘lgan ba’zi umumiy nuqsonlami
yedirib ketish uchun ko‘proq zavq va ruh bilan o‘qish-
ga tirishdi. G ‘azallarga aksar vaqt musiqiylik nuqtai
19
nazaridan qarab baholaydigan Zayniddin, zavqqa
to'lgandek, so‘zlaming ohangiga yarasha boshini asta
tebratib o‘tirdi. She’rlar tamom bo‘lgach, yoppasiga
yaxshi baho berdi, ayrim o ‘xshatishlar, kinoyalar usti-
da mulohaza yurgizib, ularda shoirga xos rang va
xayol borligini ta’kidladi. Hirotning qaysi bir go‘zali
haqida yozilgan bir g‘azalni sho‘x ulfatchiliklarda
musiqiy bilan kuylash uchun shoirdan so‘rab oldi va
qog‘ozni to ‘rt buklab, katta sallasining bir chetiga qis-
tirib qo‘ydi.
Sultonmurod esa so‘fiyona ruh bilan yozilgan bir
g‘azalnigina maqtadi, uning ayrim misralarini bu nav
g‘azallarning eng go‘zal namunalarini bergan Hofiz
Sheroziy va zamondoshi mavlono Jomiy kabi shoirlar-
ning misralari bilan chog'ishtirdi. Bu munomabat
bilan u turli zamonlarda o ‘qigan va kuchli xotirasida
saqlangan o ‘nlab shoirlaming butun-butun g‘azallari-
ni, ruboiylarini birin-ketin o ‘qib, izohlab, falsafiy qim-
mati haqida so‘zlay boshladi. Nihoyat, Sultonmurod
so‘zini bitirgach, shoir shogirdning ishidan xabar
olgani do‘koniga tushib ketdi. Lekin she’r va shoirlar
haqidagi so‘z kesilmadi. Hirotning eski va yangi shoir-
laridan bir ko‘plarining asarlaridagi goh yaxshi, goh
nuqson, lekin qiziq jihatlar ustida Zayniddin, go‘yo
maxsus ravishda tekshirgandek, juda maroqli narsalar
gapirdi. Keyin ba’zi shoirlaming tirikchiliklari, fe’l-
atvorlariga doir latifa yo‘sinli hikoyalami qatorlash-
tirib tashladi. Mavlono Jomiy bilan mavlono Sog'ariy1
o ‘rtasida bo‘lgan hazil-mutoyibalarning eng qiziqlarini
aytarkan, Sultonmurod ichaklari uzilguday xaxolab
kuldi. U endi ichidan otilmoqqa tayyor qah-qahani
qaytarishga intilib, do'stiga: «Bas, jonim, bas endi!»
der va nafasini rostlar ekan, mavlono Turobiy kirdi.
— D o‘konga tushib chiqaman, deb shaharni
aylanib keldingiz shekilli? — dedi Zayniddin.
— Afsuski, bo‘lmadingiz,— dedi Sultonmurod
1
A b d u ra h m o n Jo m iy (1414— 1492) — m a sh h u r shoir. N av o iy n in g d o 's ti; Sog'a
riy — XV asr sh o irlarid an .
20
namlangan ko‘zlarini artib,— Zayniddinning ajoyib
so'zlaridan mahrum qoldingiz.
— Men, — dedi halvofurush yuzida quvonch bi
lan,— shunday bir inson haqida xabar keltirdimki,
uning har bir so‘zi bebaho gavhardir.
— X o‘sh? — deb tikilishdi ikki talaba birdan.
— Shahrimizga Alisher Navoiy qaytibdilar.
— Rostmi?
— Albatta, butun shahar yolg‘on so‘zlamas.
— Istiqbollariga chiqmoq kerak, — o ‘rnidan
qo‘zg‘aldi Sultonmurod.
— Biz g‘aflatda qolibmiz, manzillariga yetibdi-
lar. — Qo‘li bilan, o ‘tiring, ishoratini qilib, gapida da-
vom etdi halvofurush. — Zayniddin, siz Alisheming
suhbatlarida bo‘lganmisiz?
— Bo‘lmadim. Lekin bir necha d a fa madrasaga
kelgan edilar. Ustodlarimiz bilan oralari yaqin edi.
— Kapalak gulzorda aylanganidek, — dedi halvo
furush shoir, — ul janob ham to go‘daklikdan boshlab
arbobi ilm, fikr, she’r va san’at orasida kezadilar.
— Alisher Navoiyni kaminangiz ko‘rgan emas-
men,— dedi hayajonlanib Sultonmurod, — ammo
Hirotga kelgan soatdan buyon jahonning u nodir siy-
mosi to ‘g‘risida yaxshi ta’riflar eshitdim. Ilm va fan
daryosini ko‘ngillariga jo qilmishlar. She’rlari haqida
ta’rifga hojat yo‘q. 0 ‘z so‘zimizning gavharshunosini,
o‘z she’rimizning Firdavsiy va Nizomiysini ko‘rmoq-
qa mushtoq edik. Alhamdulillo, ko‘rurmiz. Marhamat
qilib, u janobning hayotlari haqidagi m a’lumot-
laringizni batafsil aytib beringiz, chunki fazilatlari
to‘g‘risida ko‘p eshitdim. Ammo hayotlari haqida qa-
riyb hech nima...
Shoir Turobiy boshini quyi solib, bir muddat
o‘ylab qoldi-da, ko‘zlarini xayolchan suzib, gapira
boshladi:
— G archi Alisher janoblari bilan faqiming orasida
munosabat va robita1 unchalik barpo bo‘lmagan esa-
1 Aloqa.
21
da, har bir hirotlik kabi, u janobning hayotlariga doir
ba’zi jihatlardan xabardormen. Alisher bu shahri
azimda baland martabali, najib bir oilada tug‘ilganlar.
Bobolari, otalari avlodi Temurga benihoyat xizmatlar
qilganlar... Ulum, fununning qadri qimmatini bilgan
ota bir vaqtlar Abulqosim Bobur zamonida Sabzavor1
hokimi edi, u kishi farzand aijimandiga go‘daklikdan
go'zal tarbiya, husn, axloq bergan. Alisher ham ilm-
ning har bobida ulug‘ iste’dod ko‘rsatgan. Hamma
ilmlarga bepoyon muhabbat bog‘lagan; yana bir nuqta
shulki, Alisher va alhol toji davlat bo‘lmish Sulton
Husayn Boyqaro hazratlari go'daklikda do‘st va ham-
maktab ekanlar.
— Alisher, buni yaxshi bilamizki, bolalik yillarida
ikki tilda badialar ijod qilib, Zullisonayn2 laqabi bilan
shuhrat topdilar. Alisher marhum Abulqosim Bobur
saroyiga xizmatga kirganlarida, g‘olibo, o ‘n besh yosh-
da edilar. Shu davrda o‘zbek va fors tillaridagi ash’or-
lari el orasida ham shuaro nazarida g'oyat maqbul va
marg'ub edi. Forsiy ash’orda «Foniy», turkiy ash’orda
«Navoiy» taxallus qo‘llagan bu bola so‘z dengizidan
shunday durri gavharlar sochdikim, eng nodir qalam-
lar taajjubda qoldi. Yodimda bor, Hirotning barcha
peshqadam shoirlari aksar vaqt yig‘ilishlarda uning
ajoyib m atla’3larini tatabbu4 qilar edilar.
— Mavlono Lutfiy kabi, — deb so‘zga aralashdi
Sultonmurod, — ovozasi olamni tutgan keksa shoir
hali go‘dak Navoiyning o‘z tilidagi bir bayti uchun
o'zining uzoq umrida aytgan jamiki g‘azallaridan voz
kechishga tayyor ekanini bildirgan ekan. Bu rivoyatga
ne deysiz?
— Shubhasiz, to‘g‘ri. Mavlono Lutfiyning o ‘zlari
uning sehrli qalamining ta ’rifini menga bir necha bor
aytgan edilar, — deya javob berdi mavlono Turo-
biy.— Filhaqiqat, ona tilining asli tuganmas oltin kon-
' X u ro so n d a k ic h ik b ir shahar.
2 Ikki tilli.
J G 'a z a ln in g ilk bayti.
4 T ekshirm oq.
22
larini yosh Navoiyning mo‘’jizali qalami kashf etdi.
Alisheming turli ilmlardagi qudrat va iqtidorini siz
o‘z ustodlaringizdan, zamonaning ulug‘ olimlaridan
so‘rangiz. Alisher Hirotda, Mashhadda ko‘p yil tahsil
ko‘rdi.
— Mudarris mavlono Fasihiddinning so‘zlari-
cha, — dedi Sultonmurod, — Alisher inson fikriiiing
barcha sohalarida keng m a’lumot sohibi emish. Tarix,
falsafa, mantiqdan boshlab tirandozlik'ka, musiqiyga
qadar hech bir sohani qoldirmagan emish.
— Alisher Navoiy go‘zal xattotdir, — dedi faxrla-
nib Zayniddin. — Musiqiydagi mahorati uchun ijod
etgan ba’zi maqomlari dalildir; u musiqiydan xabarsiz-
likni shoir uchun zo‘r nuqson deb hisoblar emish.
— G ‘oyat to ‘g‘ri talab, — dedi Sultonmurod, —
shoir so‘zning musiqiysiga, hatto fikming musiqiysiga
chuqur kirmog‘i kerak. Xo‘p, Alisher Navoiy Samar-
qandga rasmiy bir vazifa bilan safar qilganmi?
— Xayr, azbaroyi tahsil uchun, — dedi mavlono
Turobiy.
— Tahsil uchun? — ishonqiramagan tovush bilan
so‘radi Sultonmurod va so‘zida davom etdi. — Ulug‘-
bek zamonida Samarqand, haqiqatan, urfon2 xazinasi
edi. U1 zamongi Samarqand qayda? Endi u muborak
shaharda bir guruh johil shayxlar maskan qurib olgan.
Ilm oftobi Samarqanddan Hirot samosiga hijrat et
gan3, Samarqandning eng peshqadam olimlarini
Hirotning har madrasasida o ‘nlab topmoq mumkin...
— Fikrimcha, — dedi Zayniddin mavlono Turobiy-
ga, — bu to‘g‘ridagi xabarlar haqiqatdan uzoq bo‘lsa
kerak.
— D o‘stlarim, andak sabr etinglar, — Zayniddin-
ning so‘zini kesdi mavlono Turobiy, — men sizga
isbot qilay. Samarqandi firdavs monand4dan kelib
turuvchi ba’zi qadrdonlar, tijorat yoki boshqa vazifa
10 ‘q o tish.
2 B ilim lar.
’ K o ‘c h g an .
" Ja n n a tg a o 'x sh ag an .
23
bilan u tomonlarga boruvchilar Alisherning ne
mashg‘ulotda ekanini kaminaga bir necha bor so‘zla-
gan edilar. Alisher mashhur huquqshunos Xo‘ja
Fazlullo Abullaysda muttasil dars olar ekan. Shogird
bilan ustodning oralari ko‘p yaqin va samimiy ekan.
Yana Samarqand hokimi va yaxshi shoir Ahmad
Hojibek Alisher bilan do'stona munosabatda ekan.
Hatto Alisher maishatining ba’zi tafsilotlarini ham
eshitganmen. Shunday kunlar bo‘lganki, Alisher may-
da xaijlari uchun ham tangasiz qolgan. Uning insoniy
g‘ururi, tabiatining nozikligi Ahmad Hojibek kabi
ulug‘ sarkarda do‘stdan yordam so‘ramoqqa yo‘l qo‘y-
magan. Alisherning barcha yaqinlari bu gaplardan
ogohlar. Nega to ‘g‘ri bo'lmasin?
— Durust, — darrov so‘zga kirishdi Zayniddin, —
mabodo Alisherning o‘zidan so‘ralsa, u janob ham
balki sizning kabi javob berar. X o‘ja Fazlullo
Abullaysda dars olganiga ham ishonamiz. Ammo bu
narsa voqeaning zohiridir1.
— Haqiqat nimada? — deb so‘radi mavlono Turo-
biy.
— Ishonchli ba’zi zotlarning rivoyatiga ko‘ra, Ali
sher bilan marhum podshoh Abusaid Mirzoning
munosabati sovuq bo‘lgan. Abusaid Mirzo Alisherning
Hirotda yashamoqligini m a’qul ko‘rgan emas. Shu
jihatdan bundan uch yil muqaddam Alisher Hirotni
tark etib, Samarqandga jo ‘namoqqa majbur bo‘lgan.
Endi podshoh bilan shoir orasidagi nizoning asl
m a’nosiga kelsak, harholda, siyosiy bir tarzda bo‘lishi
shubhasiz. Andak sabr eting, do‘stim, men sizga ba’zi
voqealarni so‘zlay: marhum Abusaid Mirzoning
ashaddiy dushmani hozirgi taxt egasi Boyqaro hazrat-
lari bo‘lgani m a’lum. Bu hazrat bilan Alisherning
oralarida ilgaridan do‘stlik va yaqinlik mavjud edi.
Bundan tashqari, Alisherning tag‘oyilari Husayn
Boyqaro hazratlarining yaqin odamlaridan bo‘lganlar,
uning taxt uchun kurashlarida yordam berganlar.
'T a sh q a ri k o 'rin is h i, sirti.
24
Mana bu hollar Alisherga Abusaid Mirzoning gumon,
shubha bilan qarashiga sabab bo‘lishi g‘oyat tabiiy
emasmi?
Mavlono Turobiy e’tiroz qilmadi. To‘g‘risi, e’tiroz
uchun dalil topolmay, sukut bilan yerga qaradi. Bu
bahsga chuqur diqqat va qiziqish bilan quloq solgan
Sultonmurod m a’nodor qarash bilan dedi:
—
Zayniddinning so‘zlarida aql ko‘proq ko‘rinadi.
D o‘stim Zayniddin har kuni besh karra takrorlaydigan
namozda xato qilishi mumkin, lekin, umuman, Hirot
voqealarining ichini bilishda hech vaqt xato etmaydi.
Hammalari kulishdi. Bu vaqt aksari shoir bo‘lgan
yangi mehmonlar kelishdi, hammaning og‘zida yolg‘iz
birgina so‘z edi: Alisher!
II
To‘g‘onbek uzoq vaqt bozor oralab yurdi. Nonvoy-
xonadagi nonlaming, oshpazlar qichqirib maqtab
sotayotgan har nav taomlaming hidi uning dimog‘iga
guppa urib, so‘lagini oqizar, och m e’da ichdan kemi-
rib, butun borlig‘ini betoqat qilar edi. Nima qilsinki,
yonida qora chaqa yo‘q.
Bundan uch oy ilgari qong‘ib-qong‘ib bu shaharga
kelganida, yigirma besh dinor1 puli bor edi. Tejab-ter-
gab xarajat qilish orqasida bu mablag‘ni ancha
cho'zdi. Mana endi qariyb ikki haftadan buyon tan-
gasiz xunob... V a’dani quyuq qilib ba’zi qassoblardan,
oshpazlardan bir necha dinor qarzga ham ilindi. So-
tilgudek, narsadan unda sopi fil tishi va kumush bilan
ishlangan bir xanjargina bor. Lekin To‘g‘onbek och-
dan o‘lishga rozi bo‘lsa ham bu buyumdan ajralishni
istamasdi. Birinchidan, u umuman tig‘ga o‘ch odam.
Bir ko‘p odamlar duoning, tumorning kuchiga qanday
ishonsa, u ham tig‘ning sehrli kuchiga shunday
e’tiqod qiladi. Ikkinchidan, bu xanjar ota-bobo mero-
si. Bu tig‘ uning shavkatli bobolariga baxt yo‘ldoshi
bo‘lgan!
1 B ir d in o r ta x m in a n y arim so ‘m ga baravar.
25
To‘g‘onbek ovqat tadoriki uchun bozorda biron
yumush qidirmadi. Mehnatga sira bosh bermas, har
qanday mehnatni o‘zining ortiqcha sezgir izzat-nafsi
uchun haqorat, deb bilardi. Lekin u ot minib, qorli
bo‘ronlarda, dahshatli sellarda hafitalarcha tentirab,
tog‘-dovon oshishni, yozning qizg‘in oylarida bepoyon
Osiyo cho‘llarining jahannam yong‘iniga, qum to ‘l-
qinlariga chidash berib, och, suvsoq kezishni mashaq-
qat hisoblamas edi.
To‘g‘onbek shovqin-suronli Hirot bozorining turli
tomonlarini sayr etib, Hind, Eron, Xitoy, Misr mol-
lari qalashgan do‘konlarga hirs bilan qaradi; chaq-
moqday otlarda sersavlat beklar ucharkan, uning
ko‘zlarida havas, hasad yonib ketardi. Kechga yaqin
aslahafurush bir cholning do‘koni oldida to ‘xtadi.
Zuvalasi pishiq, kichkinagina chol shirin so‘z bilan
qarshiladi:
— Nima kerak, ko‘nglingni olay, bek yigit?
T o‘g‘onbek indamadi, qo‘pol po‘stin tagidan belga
taqilgan xanjami olib, cholga uzatdi.
— Qariya, meni tanglikdan qutqaring. Boshim
omon, yaxshiligingizni unutmaymen, o‘z otam kabi
yodlaymen.
Chol o ‘z ishiga mohir edi. Po‘latni tanlashda misl-
siz edi. H ar qanday po‘latning sifatini aniq tayin-
lashgina emas, hatto uning vatanini — Bag'doddami,
Isfahondami, Samarqanddami ishlanganini darrov
aytib bera olar edi.
Chol xanjarga bir zum qarab, ko‘zlari allaqanday
quvonib ketdi. Keyin To‘g‘onbekka boshdan-oyoq
razm soldi, molni arzonga tushirish uchun sovuqqon-
lik, beparvolik bilan gapirdi:
— Bek, yigit, men sotuvchimen. Shunday buyum-
larimning qadriga yetadigan xaridor qidiramen, lekin
g‘oyat ilojsiz qolgan bo‘lsang, u vaqt seni muhtojlik va
zarurat panjasidan xalos etmoqqa tayyormen. Chunki
umrimda masjid-madrasa soldirmadim. Aziz-avliyolar
uchun maqbaralar bino qilmadim. Makkai mukarra-
maga borib, payg‘ambarimiz bosgan tuproqlarni
26
ko'zimga surtmadim. Bas, ollohning dargohiga ne
bilan borurmen?
— Qariya,— dedi To‘g‘onbek manglayini qashib,—
sotish niyatida emasmen.
— Xo‘sh, maqsading? — deya uzun, uchi ingichka
soqolini tutamladi chol.
— Xanjar sizda garov bo‘lib qolsin, — deb javob
berdi To‘g‘onbek do‘kon chetiga o ‘tirib. — Menga
besh dinor bering, raso bir oydan keyin men sizga olti
dinor keltirib, buyumni qaytib olamen. Agar taqdir
nasib etmay, aqcha topolmay qolsam, u chog‘ sav-
dosini qilg‘aysiz. 0 ‘zingiz insof bilan baholarsiz...
Chol ko‘zlarini quyuq qoshlari ichiga yashirib, bir
nafas jim qoldi. Keyin taraddudlanib, dedi:
— Meni mushkul ahvolga solding, yigit, ne qil-
sam?..
— Ilojsizlikdan qoshingizga keldim, — dedi yalin-
qiragan tovush bilan To‘g‘onbek.— Men chaqaloq
ekanmen, rahmatlik otam bu tig‘ni beshigimga, yosti-
g‘im ostiga qo‘ygan ekan. Esimni tanigandan buyon
hamisha yonimda.
— Yaxshi yigit, men bilamen. Bu bir parcha po‘lat
seni turli balolardan asragan; bu tig‘ sen uchun eng
nodir xotiralar bilan bog‘langan. Shuning uchun aziz
tutasen. Ammo, o ‘ylamaki, men buni har bir xaridor-
ga ro‘kach qilg‘aymen... Yo‘q, sen kabi bir tig‘parast
yigitga beramen. U shundayki, yaxshi tig‘ni dilrabo
m a’shuqasidan afzal ko‘radi, o‘zi barios bekzodalari-
dan!
To‘g‘onbekning umidi kesildi. Qo‘lini tig‘ga uzat-
di. Lekin chol bu qiymatli buyumni qo‘ldan chiqa-
rishni istamadi. Bir oydan so‘ng balki arzon bahoga
sotib olish umidi bilan, kissasini kavlarkan, dedi:
— Xo‘p, o ‘g‘lim, yigitning so‘zini qaytarish erlar-
ning ishi emas.
To‘g‘onbek besh dinomi olib belboqqa tugdi-da,
xayrlashib, o ‘m idan turdi. Ochlik andishasi boshidan
ko‘tarilsa ham, yuragining bir parchasi uzilgan kabi,
chuqur qayg‘u, og‘riq, o‘ksinish sezdi. Xanjami qaytib
27
ola bilamenmi, yo‘qmi, degan savol uning fikrini par-
maladi. Xiyla vaqt yana sandiranglab yurdi. Keyin
qo‘lini siltab, oshxonaga kirdi, to ‘yib ovqatlandi.
Shom qorong‘isida madrasaga jo ‘nadi. Hirotning
Feruzobod darvozasiga ketuvchi katta yo‘lda sharob-
xonaga kirdi. Katta-kichik xumlaming orqasida pastak
kursida o‘tirgan xomsemiz, ko‘zlari mast sharobchi-
dan katta kosada obi angur so‘rab, bir juft sham bilan
yoritilgan katta xonaning bir burchagiga og‘ir cho‘kdi.
Bu yerda bir talay odam bor edi. Ba’zilar tanho
o ‘tirib, xayol surib ichadi. Ba’zilar to ‘p-to‘p bo‘lib
ulfatchilik qilishadi, o ‘qtin-o‘qtin qiyqirib qo‘yishadi.
Bir tomonda to ‘rt-besh m o‘ysafid davra qurgan.
Ulardan biri bo‘g‘iq zaif ovoz bilan forsiycha bir
g‘azalni xirgoyi qiladi. Boshqalaming savatday sal-
lalari kuyning ohangida asta-sekin chayqaladi.
Shahaming mashhur «avbosh»1 laridan bir to ‘pi bir-
birlari bilan baslashganday kosalami paydarpay sipqo-
rishadi. Oyoqda bazo‘r turgan bir shoir duduqlanib
o ‘zini maqtash bilan ovora. 0 ‘zbek-fors tillaridan ibo-
rat qurama bir shovqin boshni gangitadi.
Xilini, ta’mini surishtirmay, duch kelgan sharobni
k o ‘taraveradigan va qozoqlar qimiz ichgan singari
juda ko‘p ichadigan To‘g‘onbekka ikki kosa may hech
kor qilmadi; chanqoq tuyaning labi suvga tegdi, xolos!
U, odatda, ichishga kirishganda, tangani ayamas edi.
Ammo umrida birinchi marta u qoidani buzdi. 0 ‘zini
zo‘rlab bo‘lsa ham orzusini o‘ldirishga tirishdi. 0 ‘z
jonidan ham aziz bo‘lgan otameros tig‘ uchun oigan
aqchani sovurmaslik uchun o‘midan turdi. Lekin
eshikka chiqish oldida tanish tovush eshitdi: «To‘g‘on!
Itning bolasi!»
To‘g‘onbek qayrilib, m o‘ysafidlar davrasi orqasida
yolg‘iz o‘tirgan To‘qli merganga ko‘zi tushdi-da, go‘yo
Xizrga yo‘liqqanday, mamnun bo‘lsa ham, lekin botir
yigitlarga xos ulug‘vorlik va g‘urur bilan ko‘rishdi va
uning yoniga chordona qurdi. To‘g‘onbek bu epchil,
B ezori.
28
dov yigit bilan bir vaqtlar Badaxshon hokimida xizmat
qilgan edi.
To‘qli mergan qudratli yelkasini kerib, kulib
qo‘ydi: «Qani, manavini qadimgicha qilib bir sipqor-
chi!» dedi-da, kosani To‘g‘onbekka tutdi va o ‘zi uchun
boshqa chaqirdi. Kosalami qadimgicha cho‘qishtirib,
eski qadrdonlar bir-birlarining hol-ahvollarini surish-
tirib ketishdi. To‘g‘onbek sarguzashtlarini va bu kungi
hayotini salmoqlab so‘zladi. To‘qli mergan Iroqdan
bir hafta burun kelib, Ixtiyoriddin qal’asida xizmatga
kirganini bildirdi. U To‘g‘onbekni bo‘limli — ishbilar
yigit deb hisoblar edi.
Uning bunday safolatga tushib qolganiga achindi.
— Tole qushi o‘z vaqti-soatida qo‘lingga qo‘nadi,
fursat kelmasa, ming yoqqa boshingni ur, hech narsa
chiqmaydi — dedi u o ‘rtog‘iga tomon engashib. —
Bilamen, sen lak-lak qo‘shinga sarkarda bo'ladigan
bo‘limli yigitsen. Ammo, buni qulog‘ingda tut, oshiq-
ma: otilmagan sopqon ham boshga tegar... Hozir
maishatni o‘ylab yuraver!
— Ne deysan? — to ‘ng‘illadi To‘g‘onbek, —
masjidga soTi, kulolga shogird tushaymi?
— Bu yerda bir valine’matim bor. Menga uzoq
qarindosh... Bilasen, mening aslim hirotlik. U odam
saxiylikda Hotamtoy. Davlatda e ’tibori baland.
Yigitlik haqqiga ont ichib aytamenki, u zot kecha men
bilan uchrashib: «Mardona, dilovar bir yigit top, biz-
ning xizmatimizda bo‘lsin», deb edi. Men ham qal’a-
ga uning harakati bilan kirdim. Istasang, shu soatning
o‘zida yuguramiz.
To‘g‘onbek kosani bo‘shatib, dakkam-dukkam, da-
g‘al miyiqlarini po‘stin yengi bilan artdi-da, qalin
labini tishlab, o‘ylab qoldi.
— Bilamen, g‘ururing yo‘l bermay turibdi! — dedi
To‘qli mergan koyinib. — Behuda. U odamning dar-
gohida sen yolg‘iz uning shavkati, dabdabasi uchun
yashaysen. Tushundingmi?
To‘g‘onbek do‘stiga tikildi. Uning yirik, chaqin
ko‘zlarida samimiyatdan o‘zga bir andisha sezmagach,
29
roziligini bildirdi. Ular yana bir kosadan ichib, o ‘rin-
laridan turdilar.
Ulami fonus ko‘targan tetikkina bir chol darvoza-
da qarshiladi. To‘g‘onbek diqqat bilan cholga tikilib,
uning aft-boshidan qui ekanini payqadi. Chol ularni
shirin so‘zlik bilan ichkari oldi-da, qayoqqadir g‘oyib
bo‘ldi. Ko‘p o'tmasdan, nariroqda eshik g‘ijirladi va
cholning ovozi eshitildi:
— Marhamat qilinglar!
To‘g‘onbek do‘stining orqasidan xona ichiga kirib,
to ‘rda, qalin ko‘rpacha ustida chordona qurib o ‘tirgan
o‘rta yoshli, ko‘zlari mug‘ombirona yongan, butun
vaziyatida kibr-havo, asabiylik, o ‘zbilarmonlik jilvalan-
gan odamga ko‘zi tushdi. Bu — Shohruh1 saltanatida
katta mansablar ishg‘ol etgan G ‘iyosiddin Pir Ahmad
Havofiyning o‘g‘li Majididdin Muhammad edi. U
Abusaid Mirzo davrida devon2da ishlovchi mayda va-
zifadorlardan edi. Hozir esa Husayn Boyqaroning
jiyani «Mirzoyi kichik» — Muhammad Sultonning
vazirchasi.
To‘g‘onbek salom berib, uning qo‘l uchini siqdi.
To‘qli mergan o‘tirgach, qo‘sqi po‘stinning etaklarini
qayirib, tiz cho‘kdi. Majididdin o‘z oldida turgan
katta mis shamdonni nariroqqa itarib qo‘yib,
To‘g‘onbekning dam po‘stiniga, dam ko‘zlariga razm
soldi: qomatdor, dov yigit. To‘qli mergan qo‘ydek
yuvosh, mutavoze o ‘tiribdi. Qo‘sqi po‘stin kiygan
To‘g‘onbek g‘ururning va qo‘pol kuchning go‘yo tim-
soli, mujassami edi. Majididdin To‘qli merganga
ma’nodor qarab, jo ‘rttaga oddiy til bilan gapirdi:
«Kechagi gapimga chin ishonib, qulog'ingga quyib
olgan ekansen, mergan. Bu yigit senga otning qash-
qasiday m a’lum? Korsoz3 yigitga o'xshab ketadi. Nima
qilamiz, qabul etmoqdan o‘zga chora yo‘q».
To‘qli mergan To‘g‘onbekning ba’zi sifatlarini
so'zlab, maqtashga boshlagan edi, To‘g‘onbek unga
'T e m u rn in g o ’g 'li.
Bosh idora, m ah k am a.
’ Ish biladigan.
30
xo‘mrayib, tilini kesdi. Majididdinning muomalasi va
so‘zlari unga qattiq tekkan edi. U hurpayib oldi.
Majididdin payqadi shekilli, tovushini, so‘zning ra-
vishini o‘zgartirib, darrov gapirdi:
— Bizga xizmat qiling, inim, bizdan aslo yomonlik
ko'rmaysiz.
— Ne yumush qilamen? — to ‘ng‘illab so'radi To‘-
g‘onbek.
— Qih, qih, qih... — kuldi Majididdin, qora quyuq
soqolini serkillatib. — M en sizga, inim, yigitga yara-
shur ishlami buyuramen, amin bo‘ling. Qadamingiz
qutluq bo‘lsa, martabangiz ulug‘lanur...
— Ostingda bulutday ot, — gapga aralashdi To‘qli
mergan, — egning but. Dasturxon har vaqt mu-
hayyo... Bilamen. Shundaymi, taqsir?
Majididdin iljayib, bosh qimirlatish bilan tasdiqla-
di. To‘g‘onbek ham qaddini rostlab, yengillanib oldi-
da, erta bilan kelishga ijozat so'rab, do'sti bilan birga
qo‘zg‘aldi.
Dostları ilə paylaş: |