Asr oshgan asarlar


nafas oldi. Amr Obodiy bilan baravarlashib: «Obdon



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   161
Navoiy romani. Oybek

nafas oldi. Amr Obodiy bilan baravarlashib: «Obdon
aqlli go‘dak edi», dedi. Amr Obodiy labini yalab
448


«Yusufdek xushro‘y edi!» deb qo‘ydi. Zindonboshi-
ning xonasiga yetishgach, u qimor va sharob bazmi-
ga borishini aytib, xayrlashdi. T o‘g‘onbek xona ichiga
kirdi. Boshini quyi solib, yolg‘iz o ‘tirdi. Hozirgi faje
manzarani unutishga tirishdi. U fikrini zo‘rlab, bu
ma’sum 
qurbonning 
natijasida 
ro‘y beradigan
voqealarni o ‘yladi; o ‘z yo‘llarini, munosabatlarini
aniqlab olish uchun bosh qotirdi. Bir soatdan keyin
zindonboshi keldi. T o‘g ‘onbekning bu yerda o ‘tirgani-
ni ko‘rib, taajjub bilan so‘radi: «Bu faqir kulbada
tunamoqchilarmi, bek janoblari?» To‘g‘onbek javob
bermadi. Zindonboshi shamdonga yangi sham o ‘tqaz-
di. Homuza tortib, bir chekkada mudraganday, jim
o ‘tirdi. Bir muddatdan keyin T o‘g‘onbekka yana
murojaat etdi: « 0 ‘rin solib beray. Bir nafas orom
olsinlar». «Sen yotaver. Uyqu bosib qolsa, mudrab
olarmen», javob berdi po‘ng‘illab T o‘g‘onbek.
To‘g‘onbek Hirotda bir kun ham qolishni istamas
edi. Chunki erta-indin poytaxtda butun xalq fojiani
eshitar, har kim o ‘z bilganicha bichib-to‘qir, podshoh
farmoni bilan bo‘lgan ishda To‘g‘onbekni ayblash-
masalar ham, har holda uning ismi har yerda tilga d i ­
nar, zahar tilli bitta-yarimta shoir uning to‘g‘risida
hajv yozib tarqatar... Shuning uchun erta bilan qaror-
gohga chiqib ketib, Xadichabegimni quvontirmoqchi
bo‘ldi.
Zindonboshi ancha vaqt g‘oyib bo‘lib, nihoyat,
qayerdandir bek uchun yangi atlas ko‘rpalar, ikkita

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin