hayajon va tashvishini ko‘rdi. Surishtirib, tungi voqeani eshitdi. Ba’zi bir kishilar tafsilotiga qadar bilib oigan edilar. Olim g‘azabdan tutaqib ketdi. Madrasaga yugurdi. Lekin yo‘llarda ayni voqeadan ta’sirlangan guruh-guruh tanishlar bilan uchrashishga to‘g ‘ri keldi. Hirot to‘lqinlandi. Odamlar o ‘z hayajonlarini bir-bir- lariga aytib, yuraklarini bo‘shatishga tirishardilar. Yosh, aqlli shahzodaning o ‘z bobosi farmoni bilan jal- lod qo‘lida qurbon b o‘lishi podshoh xonadonida ko‘pdan buyon mavjud bo‘lgan fitnalar girdobining butun faje manzaralarini ochib bergan edi. Sultonmurod do‘st-dushman farqiga bormasdan, podshohga qaratib g‘azabli so‘zlar aytishdan o ‘zini tiya olmadi. Madrasaga kelganda, hamma tolibi ilmlar ayni hayajon ichida qovrilardilar. Hamma hujralarda to‘p-to‘p talabalar, ularning tanishlari, mudamslar yig‘ilishib, qayg‘u, olov zahar bilan sug‘orilgan so ‘zlar daryosida chirpinardilar. Odamlaming nazarida, ma’- sum qurbon, qonga belangan go'dak ulug‘ qahramon- ga aylandi. Unga atalgan marsiyalar, qasidalar paydo bo‘la boshladi. Zolimlarni fosh etuvchi achchiq hajvlar og‘izdan-og‘izga uchardi. Bukun dars bo‘lmadi. Sultonmurod o ‘zga mad- 451
rasalarga bordi. Hamma, mash’um nafasi yaqinlash- gan allaqanday dahshatli falokatni kutayotganday, ichki bir titroq va iztirobda edi. G o‘yo yer bir silkinib o ‘tdi, mana endi omonsiz, g‘azabli bir quwat bilan takror silkinadi-da, hamma narsani o ‘z qa’riga tortadi! Shu kayfiyatda iztirob chekkanlarning yuragida yago- na bir umid yashar edi: Alisher Navoiy! 0 ‘pqonlikka