qulab ketayotgan tog‘ni yolg‘iz u tutib qola biladi! Eng sovuqqon, eng mantiqli odamlar bu m o‘’jizaga ishonardilar. Lekin bu falokatli daqiqalarda Alisher y o ‘q edi. Hammaning ko‘zi Mashhad yo‘liga intizor edi. Uchinchi kun Alisherning oti shahar darvozasidan kirishi bilanoq bu xushxabar hammaga tarqaldi. Sultonmurod xonaqohdagi hujrasini qulflashni ham unutib, yugura ketdi. «Unsiya»da — Navoiyning xonasida, uning har vaqtgi hamsuhbatlari, yaqinlaridan tashqari, bir ko‘p shoirlar, olimlar bor edi. Navoiy har vaqt o ‘tiradigan joyida, darichaning tagida o ‘tirardi. U zohiran sokin edi. Sultonmurod qalbiy sog‘inch bilan qari shoirning kuchsizlashgan, nozik qo‘llarini siqarkan, uning dono ko‘zlarida qayg‘u ko‘rdi. Bu qayg‘u uning yelkalaridan ham bosib, shoirni buklab qo‘ymoqchiday edi. Sultonmurod bu yerdagi yoshlarning eng yoshi bo‘lgan, aqlli ko‘zlarini Navoiydan uzmay, shoirning har so‘zini uqib olishga, har bir harakatini o ‘z fikriga chizishga intilgan Xondamirning yoniga o ‘tirdi. Navoiyning ruhi hozirgina eshitgan fojianing iskanjasi ostida edi. U yurak yarasini qonatmaslikka uringan- day, u-bu haqda qisqa, g o ‘yo g‘ayrishuuriy ravishda gapirib qo‘yar yoki u-bu to ‘g‘rida ko‘ziga to ‘g‘ri kel- gan odamdan savol so‘rar edi. Nihoyat, uzoq sukut- dan keyin, qayg‘uli ko‘zlarini ko‘tarmasdan, fikrning haddiga yetganiga ishongan faylasuf kabi, o ‘z-o‘zi bilan so‘zlashgandek, gapirdi. Keyin ovozi borgan sari kuchliroq to ‘lqin bilan yangray boshladi. — Bu mash’um hodisa qarshisida, — dedi u, — fikr, mulohaza yuritgan inson afsus va nadomat bilan 452