Navoiy bu ilmlarga doir arab, fors, hind tillarida qan day foydali narsalar bo‘lsa, hammasini ko‘zdan kechirish kerakligini alohida uqtirdida, keyin: — Shoshmoq kerak. Mana, soqolingizga bir-yarim oq tushibdi... — deb kulib qo‘ydi. m
Navoiy yolg‘iz boshiga yana yurt qayg‘usini ortdi. 0 ‘z qo‘lini nabirasi qoniga bo‘yagan podshohdan nafratlandi. Lekin To‘g‘onbek keltirgan farmonning mastlikda yozdirilishi, uning bekor etilishi fitnaning chuqur ildizlari borligidan darak berardi. U tezda 454
qarorgohga borib, fltnalaming sirlarini o ‘rganishga qaror berdi. Kechasi «Mahbub ul-qulub»ning yangi bobini boshladi. Oz vaqt ichida bir dasta qog‘oz har biri hayot tajribasi va boy, o ‘tkir fikrining asil dur- donalari bilan to ‘ldi. Navoiy charchadi. Belida, bar- moqlarida og‘riq tuydi. S hoir qarilikni, tuganmas tashvishlaming natijasi bo‘lgan darmonsizlikni yil sayin emas, oy sayin sezmoqda edi. Bir oz cho‘zilib orom olmoq istarkan, nogahon X o‘ja Afzal kirib keldi. Navoiy ko‘zlariga ishonmadi. Uzoq yillar ayriliqda sog‘inishgan do‘stlar to ‘lqinlanib, quchoqlashib ko‘- rishdilar. Navoiy suyunchdan tetiklanib ketdi. D o ‘s- tini o ‘tqazdi. Ikkovlari bir-birlariga tikilib, qadda, gav- dada, yuzda, ko‘zda yillaming ta’sirini ochiq ko‘rdi- lar. X o‘ja Afzalning soqollari oqargan, ko‘zlari awalgi jonlilikni yo‘qotgan, yuzi salqigan edi. Chamasi, o ‘n yil ichida o ‘tgan eng muhim voqealar haqida bir shingil-bir shingil so‘zlashib, vaqt yarim kechdan og‘ganda, uxlashga yotdilar. Ertalab nonushta ustida iliq, jonli, qiziq suhbatga berildilar. Navoiy mam-