1 MARUZA
JAMIYAT FIKRINING ABSTRAKTLANISH JARAYONI.
Reja:
1.
Model va modellashtirish tushunchalari.
2.
Bilish jarayonida va insonning amaliy faoliyatida modellashtirishning roli.
3.
Modellarning tasnifi
Tayanch iboralar: model, modellashtirish, matematik modellashtirish, ob'ekt, jarayon,
funksional model, strukturali model, bir faktorli, ko’p faktorli, adekvat model, optimallashtirish,
regression model, korrelyasion model, modellarni qurish usullari, modellashtirish bosqichlari,
modellashtirishda turli yondashuvlar ziddiyatsizligi, model turlari, matematik modellar, fizik va
fizik-kimyoviy modellar, biologik va ijtimoiy-iqtisodiy modellar.
1. Model va modellashtirish tushunchalari.
XVII asrda yashagan angliyalik statistik va iqtisodchi Vilyam Petti (1623- 1687) o’zining
“Siyosiy arifmetika” (1683) nomli asarida modellashtirish masalalariga to‘xtalib o’tgan. XX asrdagi
modellashtirish usullari hozirgi zamon fanlarining hamma sohalariga muvaffaqiyat keltirdi.
“Model” so‘zi lotincha
“modulus” so’zidan olingan bo‘lib, o‘lchov, namuna,
norma kabi
ma'nolarni bildiradi. Model sifatida uyning, shahardagi qurilishlarning, avtomobilning,
raketaning
va hokazolarning loyihasi yoki maketini olish mumkin.
Model – tadqiqot ob'ektining eng muhim hususiyatlarini aks ettiruvchi moddiy ob'ekt yoki
obraz (shartli yoki hayoliy: gipoteza, g‘oya, mavhum tasvir, tavsif, sxema, formula, chizma, reja,
xarita, algoritm blok-sxemasi, nuqtalar va boshqalar).
Har qanday model har doim haqiqiy ob'ektdan sodda va faqat uni eng muhim tomonlari,
asosiy elementlari va bog‘liqliqlarini aks ettiradi. Shu sababdan birgina tadqiqot ob'ekti uchun bir
nechta modellar mavjud. Modellar ko‘rinishi modellashtirishni tanlagan maqsadiga bog‘liq bo‘ladi.
Modellarni turli xil usullar yordamida hosil qilish mumkin. Masalan, biror ob'ektning
formasini-
predmetli model (maket) shaklida, informatsion aloqalar - informatsion model, matematik
formulalar yordamida aniqlangan funksional bog’lanishlar - matematik model shaklida ifodalanadi.
Tarixdagi haqiqiy ob'ektlarni o‘rnini bosgan
birinchi modellar ehtimol tilga oid belgilar
bo‘lgan. Ular insoniyatning rivojlanish yo‘lida paydo bo‘lgan va astasekinlik bilan so‘zlashish tiliga
aylangan. Demak, so‘z haqiqiy ob'ektning (hodisaning) birinchi modeli bo‘lgan.
Birinchi hujjatlar asosida qayd etilgan grafik modellar qoyalarda aks ettirilgan hayotiy
sahnalar, hayvonlar va ov sahnalarini tasvirlari bo‘lgan. Bu tasvirlarni yoshi 200 ming yil miqdorida
baholanadi.
Matematik modellar - o‘rganilayotgan ob'ekt yoki jarayonlarning asosiy xossalarini
matematik formulalar, tenglamalar va tenglamalar sistemasi, tengsizliklar va tengsizliklar sistemasi
orqali ifodasidir.
Ob'ekt yoki hodisa modelini hosil qilish va uni model ostida tahlil etish jarayoni
modellashtirish deyiladi.