Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoni



Yüklə 432,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix20.02.2023
ölçüsü432,25 Kb.
#85054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Modellashtirish yangi bilimlar olish, tadqiqot ob'ektlari tavsifini takomillashtirish yoki 
ularni boshqarish maqsadida hodisa, jarayon, qurilma yoki tizimlarni (umuman olganda - tadqiqot 
ob'ektlarini) modellarini qurish va o‘rganishga asoslangan ilmiy tadqiqot usulidir. 
Modellashtirish - bu biror bir ob'ektni (orginal) boshqasi (model) bilan almashtirish va 
orginalni xususiyatlarini modelni xususiyatlarini tadqiq etish yo‘li bilan o‘rganishdan iborat. 
Almashtirishdan asosiy maqsad orginal ob'ektning xususiyatlarini o‘rganishni (aniqlashni) 
tezlashtirish, soddalashtirish, narxini kamaytirish imkonini beradi. Modellashtirishning asosiy 
maqsadi modeldagi izlanishlar asosida originalda kechadigan jarayonning ishchi holatlarini 
oldindan aniqlab berishga qaratilgan. Modellashtirish nazariyasi nuqtai nazaridan qaralganda 
modellashtirishning 2 turi mavjud: fizik modellashtirish va matematik modellashtirish. Originalning 
modeli uning kichraytirilgan fizik nusxasi (fizik modeli) yoki matematik tenglamalar sistemasi 
(matematik modeli) shaklida bo‘lishi mumkin. 


Matematik modellarni iqtisodiy qonuniyatlarni o‘rganishga tadbiq etish - iqtisodiy matematik 
modellashtirish, bu modellarni amaliyotga qo‘llash esa iqtisodiy-matematik usullar deyiladi. 
Matematik modellar ko‘p narsani o‘z ichiga olish xususiyatiga ega. 
Iqtisodiy tadqiqotlarda ham modellashtirish usullari muhim rol uynaydi. Modellashtirish va 
modellar o‘zining turli sohalardagi tadbiqlariga qarab moddiy va abstrakt deb ataluvchi sinflarga 
bo‘linadi. 
Moddiy modellar asosan o‘rganilayotgan ob'ekt va jarayonni geometrik, fizik, dinamik yoki 
funksional xarakteristikalarini ifodalaydi. Masalan, ob'ektning kichiklashtirilgan maketi (masalan, 
avtomobil, bino, texnologik mashina) va turli xil fizik, ximik va boshqa xildagi maketlar bunga 
misol bula oladi. Bu modellar yordamida turli xil texnologik jarayonlarni optimal boshqarish 
(optimallashtirish), ularni joylashtirish va foydalanish yo‘llari o‘rganiladi. Umuman olganda
moddiy modellar tajribaviy xarakterga ega bo‘lib, texnika fanlarida keng qo‘llaniladi. 
Abstrakt (ideal) modellar inson tafakkurining mahsuli bo‘lib, ular tushunchalar, gipotezalar 
va turli xil qarashlar sistemasidan iborat. Iqtisodiy tadqiqotlarda, boshqarish sohalarida asosan 
abstrakt modellashtirishdan foydalaniladi. Ilmiy bilishda abstrakt modellar ma'lum tillarga 
asoslangan belgilar majmuidan iborat. O‘z navbatida belgili abstrakt modellar matematik va logik 
tillar shaklidagi matematik logik modellarni ifodalaydi. 
Matematik modellashtirish turli xil tabiatli, ammo bir xil matematik bog’lanishlarni 
ifodalaydigan voqea va jarayonlarga asoslangan tadqiqot usulidir. Turli sohalarda matematika va 
matematik modellashtirish usullarini qullanilishi, asosan, quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi: 

Yüklə 432,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin