Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoni


- modelni matematik tahlil qilish



Yüklə 432,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix20.02.2023
ölçüsü432,25 Kb.
#85054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
- modelni matematik tahlil qilish: bu bosqichning maqsadi – modelning umumiy xossalarini 
ifodalashdan iborat. Bu yerda tadqiqotlarning matematik usullari qo‘llaniladi. Eng muhim joyi – 
tuzilgan modellarning yechimga ega ekanligini isbotlashdan iboratdir. Agar matematik masalaning 
yechimga ega emasligi isbotlansa, u holda qo‘yilgan matematik model rad etiladi. Shunga muvofiq, 
masalaning qo‘yilishi yoki matematik modelning boshqacha ko‘rinishlari tadqiq etiladi. Modellarni 
analitik tadqiq etish ularni empirik tadqiq qilishga nisbatan ustunlikka ega, chunki olingan xulosalar 
modellardagi ichki va tashqi parametrlarning har xil qiymatlarida ham o‘z kuchini saqlaydi. 
Umuman olganda, murakkab masalalar qiyinchiliklar bilan analitik tadqiqotlarga keltiriladi. Agar 
ularni analitik usullarga keltirib bo‘lmasa, u holda masalani sonli usullardan foydalanib yechiladi. 
- dastlabki ma'lumotlarni tayyorlash: modellashtirishda ma'lumotlar tizimiga muhim 
talablar qo‘yiladi. Shu bilan birgalikda, ma'lumotlarni olish uchun real imkoniyatlar amaliy 
maqsadlarga mo‘ljallangan modellarni tanlash uchun ma'lum chegaralar qo‘yadi. Ma'lumotlarni 
tayyorlash jarayonida ehtimollar nazariyasi, matematika, statistika, nazariy statistika usullaridan 
keng ko‘lamda foydalaniladi. 
- sonli yechimlar: bu bosqich qo‘yilgan masalani sonli yechish uchun algoritmlar, kopyuter 
uchun dasturlar tuzish va bevosita hisoblashlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Odatda iqtisodiy-
matematik modellarda hisob-kitob ishlari ko‘p variantli xarakterga ega. 
Zamonaviy kompyuterlarning paydo bo‘lishi bu ishlarni yengillashtirdi. Sonli usullar 
yordamida qilingan tadqiqotlar analitik tadqiqotlarni to‘ldiradi. Hozirgi paytda sonli usullar bilan 
yechiladigan iqtisodiy masalalar sinfi analitik tadqiqotlarga nisbatan ko‘proq hisoblanadi. 
- sonli natijalar tahlili va uning tadbiqlari: bu bosqichda modellashtirish natijalarining 
to‘g‘riligi va to‘laligi haqidagi savollarga javob olinadi. Nazariy xulosalar va model yordamida 
bevosita olingan sonli natijalar o‘zaro taqqoslanadi. Shunga qarab, qo‘yilgan masala va 
modellarning yutuq va kamchiliklari aniqlanadi. 
Matamatik model aniqlangandan so‘ng, unda ishtirok etayotgan faktorlarning natijaviy 
belgiga ta'sirining mukammalligi baholanadi. Agar model va unga kiritilgan barcha faktorlar talab 
etilgan ehtimol bilan ahamiyatli bo‘lsa, u adekvat model deyiladi. 
Model adekvat bo‘lmagan holda uning ko‘rinishi o‘zgartiriladi. Yangi model oldingisidan 
ahamiyatsiz faktorlarni chiqarish yo‘li bilan aniqlanadi. Ushbu natijalar asosida modellarni 
takomillashtirish, ularni axborot va matematik ta'minlash yo‘nalishlari aniqlanadi. 


Agar bitta faktorning qiymatini o‘zgaruvchi deb qarab, qolganlarini shartli ravishda 
o‘zgarmas deb qarasak, bir faktorli matematik model qurishimiz mumkin. 
Agar hamma faktorlarni o‘zgaruvchi deb qarasak, ko‘p faktorli matematik modelga ega 
bo‘lamiz. 
Matematik modellar o‘z navbatida statik va dinamik matematik modellarga bo‘linadi. 
Agar matematik modelning faktorlari ham o‘zi ham tasodifiy bo‘lmasa, bunday model 

Yüklə 432,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin