lakatdagi umumiy vaziyatni, keyingi hodisalarni tushuntirib, nihoyat, so‘radi: — Davlatda biron vazifa olib bormoq niyatingiz bormi? — Boshqa o ‘lkalarda menga baland mavqelar tak- lif etdilar. Aslo rozi bo‘lmadim. Ammo, Xurosonda qay vazifa berilsa, jonim bilan ado eturmen, — javob berdi X o‘ja Afzal. Navoiy xursand bo‘ldi. El-ulusga jonkuyar odam- larni ish boshiga qo‘ymoq uchun bel bog‘lamoqqa eski g‘ayrat bilan azm etdi va bir necha kundan so‘ng qarorgohga jo‘nadi. Husayn Boyqaro Murg‘ob qirg‘og‘ida, hashamatli chodirda shoimi yig‘i-sig‘i bilan kutib oldi. U mast edi. Egnida uzun, qora ipak to‘n — motam kiyimi... Butun siymosidan nabirasining hasrati barq urardi. Shoirni o ‘ziga yaqin o ‘tqizdi. Uzoq vaqtgacha gapira olmadi — achchiq alamli yig‘i nafasini bo‘g‘ardi. — Bag‘oyat og‘ir gunohga botdim. Nuridiydamni, 455
Temur kabi ulug‘ qo‘shinlarga sardor bo‘luvchi shun- qorimni jallod qo‘liga topshirdim. Tangri o ‘zi kechir- masa, ahvolim mushkul, — dedi ko‘z yoshini artib Husayn Boyqaro. — Yuzqoralik bo‘libdi! — dedi Navoiy alam va jahl bilan. — Tangrim hech bir bandasining boshiga bun- day kunlarni solmasin! — Aqlu hushdan, ixtiyorimdan ayrilgan vaqtda noinsoflar... — so‘zni davom ettira olmadi Husayn Boyqaro. — Haqiqiy jinoyatkorlami bilursizmi? Ular kimlar? Husayn Boyqaro quyuq qoshlari ostidagi qiyg‘och, shishgan, qizargan ko‘zlarini pastga qaratib, boshi bilan tasdiqladi. Lekin shaxslar haqida hech nima demadi. Faqat umuman atrofini o ‘ragan nonko‘rlar, fitnachilardan shikoyat qildi.