— Ayollar ham o ‘z mavqelarini bilmoqlari, o ‘z hadlaridan oshmasliklari kerak. Ayol makrining bir uchquni siyosatda zo‘r yong‘inlar yaratishi mum- kin! — har bir so‘zni atayin ta’kidlab dedi Navoiy. Husayn Boyqaro, bu xususda o ‘zining ilojsizligini bo‘yniga olgan kabi, boshini quyi solib, jim qoldi. Ertasi Nizomulmulk ham uning o ‘g‘illari, uning tarafdorlaridan eng yiriklari shu yerda qamoqqa olin- di. T o‘g ‘onbekni, har qaerda bo‘lmasin, tutib qamamoq haqida har yoqqa farmonlar yuborildi. Husayn Boyqaro Badiuzzamonning hujumini ku- tib, 0 ‘langnishinda lashkar bilan qoldi. Navoiy Hirot- ga qaytdi. X o‘ja Afzal bosh vazir bo‘ldi. Shoir tinch- roq ishlashga umidvor edi. Umr quyoshi muttasil og‘- moqda. Gavda hassaga suyangan. Endi ot minmoqqa ham qiynaladi. Yozganda qo‘llari toladi. Lekin yozishi kerak bo‘lgan mavzular, fikrlar benihoyat ko‘p... Navoiy bir necha oygina bir qadar sokin ishlay oldi. «Qush tili» ustida to‘lg‘in zavq bilan ishladi. Bir qarich bolalikda yurakka chuqur jo bo‘lgan orzu va muhabbat umr dovonlarini osharoq, ilk tozaligini yo‘qotmadi. Kamolga yetgan daraxt kabi, u muhabbat qarilikda m o‘l meva — fikming yorqin gavharlarini qalamga quydi. Shoir erta-kech falsafiy fikrlarga beril- di. Ilhomi, xayoli qalbidagi boy chamanlardan ajoyib, rango-rang guldastalar — chiroyli, shoirona hikoyalar to ‘qidi. Attorning kitobida shoirona fikr va hisning yorqin cho‘g‘i bilan yongan misralami yana chuqur- roq yaratarkan, ona tilining qudrati, go‘zalligiga qu- vondi. Keksa Navoiyning kelajak bo‘g‘inlarga qoldirmoq istagan fikrlari ko‘p. Sovuq, mash’um shamollar esmasdan ilgari, ilhom gulzoridan ko‘proq guldastalar