Hirot yana to‘lqinlandi. Bu xabardan turli tabaqa odamlarning rangi oqardi. Sultonmurod boshliq mashhur olimlar, shoirlar, san’atkorlardan iborat qalin bir guruh hayajon bilan Navoiy huzuriga kirib keldi. Shoir bular vidolashmoq uchun kelgan bo‘lsalar kerak, deb o ‘yladi. Hamma bilan ko‘rishib, xushnud- lik bilan o ‘tqazdi. 0 ‘zi esa, har vaqt mehmon qabul qilgandagi kabi, quyiroqda o'tirdi. 0 ‘rtada chuqur sukunat hukm surardi. Hamma ko‘zlarda o ‘ksizlik dardi jilvalanardi. — D o ‘stlarim, — dedi Navoiy mayin, g‘amgin va mehribon tovush bilan, — ko‘ngilga tarki vatan etmoq savdosi tushdi. Bu aziz tuproqlaming dilbar gullari bo‘lgan siz kabi do‘stlardan ayrilmoq, garchi beniho- yat qiyin va alamangizdir, lekin g ‘urbat orzusiga itoat etdim. Balki qarilikda muqaddas yerlarni ko‘rmoq nasib bo‘lar... Tug‘ilib o ‘sgan diyorda yashamoqlikka tob-toqat qolmadi. Ona vatanda ulug‘ orzulaming, 460
maqsadlarning yolg‘iz xarobasini ko‘ramen. Bu faqir- ga oq yo‘l tilangiz, yurtni sizga topshirdim, unga har vaqt sodiq bo‘lingiz! Ba’zilar og‘ir xo ‘rsindi. Ba’zi ko‘zlar namlandi, yana og‘ir sukut cho‘kdi. Chiroyli qafasdagi bir juft oq qumrining onda-sonda «hu-g‘u»si sukunatni hazin, ma’nodor chayqatardi. — Mir janoblari, — Sultonmurod qaddini rostlab, dadil so‘zladi, — biz bu yerga vidolashmoq uchun kel- madik. Agar siz bilan vidolashmoqqa to ‘g‘ri kelsa, biz balki butun Hirot, rub’i maskunning qaysi nuqtasini orzu etsangiz, u yerga qadar orqangizdan kuzatib boramiz... Davlatning butun asosoti qora quwat chan-