Asr oshgan asarlar


da rangpar, noziknihol kosibbachchalar, Rustam-



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   161
Navoiy romani. Oybek

da rangpar, noziknihol kosibbachchalar, Rustam-
qomat, 
o'mrovli azamatlar boTganidek, 
qaddi
bukchaygan chollar ham bor edi. Arslonqul baland,
bahaybat qo‘rg‘on tagida o ‘ziga zeb berib, bir oz
kezdi. Biron narsa qilish kerakligini har kim sezsa-da,
lekin nimadan boshlashni hech kim bilmasdi. Mana,
yuvosh, chiroyli qora yo‘rg‘a otda Navoiy keldi,
olomon o ‘rtasida to‘xtadi. U sipohlarning bari pod-
shoh bilan ketganligi, poytaxtni yolg‘iz xalq yordami
4 6 4


bilan mudofaa qilish mumkinligini so‘zladi. Shu
ondan boshlab qo‘rg‘onni mustahkamlashga bel
bog‘lamoq kerakligini uqtirdi. Xalq har yoqdan
qichqirib, suyukli shoiming, mehribon otaning fikrini
ma’qulladi.
Xalq 
qo‘rg‘onni 
mustahkamlashga 
kirishdi.
Olatasir ish boshlandi. Dastlab qo‘rg‘onning shikast-
larini tuzatishga kirishildi. Tuproq qazigan, loy qor-
gan, tosh tashigan odamlaming soni yo‘q. Borgan sari
yana xalq ortadi. Yosh-qari chuw os ko‘tarib ishlaydi.
Navoiy goh otda, goh piyoda bo‘lar, qilingan ishga
diqqat bilan qarar, istehkomlar qurish ishida tajribali
kishilar bilan so‘zlashardi. Qurama xalqning suron
bilan, qo‘lni-qo‘lga tegizmay, ruhlanib ishlashidan
zavqlangan kabi, uning tashvishli yuzida, soqollarida,
butun vaziyatida mamnunlik jilvalanardi.
Bir hafta ichida shahar qo‘rg‘oni mudofaa uchun
butunlay yaroqli, mustahkam holga keldi. Shunda Ba-
diuzzamon qo‘shinlarining yaqinlashgani m a’lum
bo‘ldi.
Bir hafta teriab-pishib ishlagan Arslonqul yuksak,
kungurador qo‘rg‘on ustida, go‘yo eski qal’a begi-

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin