Asr oshgan asarlar


Shoir ko‘zlarini past tushirdi. Uning yuzida bir



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Shoir ko‘zlarini past tushirdi. Uning yuzida bir
zumgina chuqur iztirob ko‘lkasi jilvalandi. Keyin
hazin tovush bilan davom etdi shoir:
— Ota-o‘g ‘il bir-biriga qo‘shin tortmog‘i, bir xalqni
ikki gumhga ayirib, nohaq qon to ‘kmog‘i ulug‘ gu-
nohdir. Bunday dardisar voqealar, behuda, bema’no
harakatlar tezdan bartaraf bo‘lib, sulh va salomatlik,
ittifoq va muhabbat quyoshi el ko‘kida abadiy bar-
qaror bo‘lsin!
Qurolli yigitlar chuqur o'yga berilib, g‘amgin
ko‘zlarini yerga tikdilar. Arslonqul barmog‘ini tishla-
gan holda, go ‘yo Navoiyni ilk marta ko‘rgandek, ti-
kildi-qoldi. Orqadan tanish ovozlarni eshitgach,
hushyorlanib qayrildi: Sultonmurod bilan Zayniddinni
ko‘rdi. Salom berib, ko‘rishdi. Zayniddin qini eski,
ko‘rimsiz bir qilichni taqib oigan edi. Arslonqul juda
sevindi. Birga jang qilmoqni orzu qildi.
— 0 ‘zi jangga qanotlanur, — dedi do‘sti-
dan norozilanib Sultonmurod,— menga qilich emas,
hatto pichoq taqmoqni ham man qilur. Bu qanday
jabr?
— Y o‘q, taqsir, — kulimsirab murojaat etdi
Arslonqul, — siz bahuzur o ‘tirib yozing, qalin kitobni
tezroq bitiring. Manavi dast panjalaming biri, —
4 6 6


qudratli qo‘llarini ko‘rsatib, davom etdi u, — siz janob
uchun jang qilur!
Shu vaqtda tulpor otni o ‘ynatib, qarchig'ayday par-
vozga tayyor Valibek kelib qoldi. Qamchining kumush
dastasi bilan otning qora yolini tarab-tarab, yigirmaga
yaqin yigitni ayirdi. Ularga shahaming janubiga,
Darvozai Feruzobodga ildam yetib borishni, odati
bo‘yicha, zarda bilan buyurdi. Bu achchiq so‘zli,
serzarda bekni yigitlar sevar edilar. Ular tizzalariga

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin