shimol tarafida bo'lgan darvoza u edi. Hayqiriqlar tin- madi. Yuzboshidan ruxsat olib, Arslonqul o ‘n choqli yigit bilan qo‘rg‘on ustidan yordamga yugurdi. Faqat 4 6 8
bir ozdan keyin shovqin sekin-sekin pasayib, ayrim, qisqa, hayajonli qichqiriqlargina yangray boshladi. G ‘avg‘o qo‘zg‘algan joy Qipchoq darvozasidan ancha berida ekan. Bu yerga yetgach, Arslonqul qizg‘in hayajon bilan hansirab bir-birlariga gap uqti- rayotgan odamlardan binning yelkasini turtib: «Ne voqea bo‘ldi», deb so‘radi. — Nima, ma’lum... Bir lahza xunrezlik bo‘ldi... — javob berdi qaramasdan u. Arslonqul odamlaming qizg‘in bahsiga quloq solib, birpasda voqeaning tafsilotini bilib oldi. Badiuz- zamonning yigitlaridan bir dastasi shoti qo‘yib, balo- qazodek paydo b o ‘lgan. 0 ‘zlariga ilk uchragan bexabar mudofi’lardan bir nechasini qilich bilan chopib tashlaganlar. Shovqin ko‘tarilgach, har yoq- dan mudofi’lar yig‘ilib, ulaming o'zlarini qirib tashla ganlar... — Hay, qarab yuringlar! Jasadlar... — kimdir qich- qirib qo‘ydi. Yer qondan sirg‘anchiq edi. Nohaq qonni bosib, Arslonqulning ko‘ngli buzilib ketdi. Chetlanib, qo‘r- g‘on kungurasiga suyaldi. Birdan hamma jim bo‘lib, qo‘rg‘on kungurasiga chetlandi. Alisher Navoiy bilan Valibek paydo bo‘ldi. Arslonqul shuursiz ravishda shoirga yaqinlashib, far- mon kutgandek, qo‘l qovushtirdi. Navoiy hassasini o ‘zidan bir qadamcha nariga tirab, ikki qo‘l bilan uni ushlab, qaddini bir oz oldinga egib, hammani ko‘zdan kechirdi... — Ne ishlar bo‘ldi bu yerda? — Tinchlik, taqsir! — javob berdi Arslonqul