Navoiyga. — Qonli g‘avg‘odan so‘ng tinchlik, deng! — kino- yali ovoz bilan dedi Navoiy. Ba’zilar beixtiyor kulib qo‘yishdi. Arslonqul nima deyishini bilmay, uyalganday, atrofga alangladi. Mudofi’lardan biri voqeani tafsili bilan bayon qildi. Navoiy yigitlarga dalda beruvchi so‘zlaridan keyin hushyor bo‘lmoq kerakligini uqtirdi. 469
— Endi yaqinlashsalar, shoti-potisi bilan ag‘dara- miz! — dedi mudofi’lardan biri beparvolik bilan qo‘lini siltab. — Ogoh bo‘lsangiz, ag‘darursiz, aks holda, bu azim tog'dan sizni uloqtirurlar! — oy nurida kumush- langan soqollariga yoyilgan tabassum bilan dedi Navoiy. Keyin jasadlami ehtiyot bilan yig‘ishga buyurdi ham asta-asta yurib ketdi. Oydinda turli vaziyatda ch o‘zilib yotgan qonli gavdalarga ko‘z tashlab, Valibekka qaradi, chuqur afsusni ifoda qilgan bir harakat bilan boshini tebratdi. Valibek keskinlik bilan dedi: «Uvollari shahzodaning bo‘yniga!» Jasadlami yig‘ishtira boshladilar. Yigirma qadam- cha narida katta sallasining pechini yelkaga tushirgan, uzun to‘ni ustidan qilich taqqan qandaydir bir mul- labachcha bir gavda yonida cho‘kkalab, birdan dardli qichqirdi: «Hey, ko‘hna falak, ey g ‘addor qismat! Xurosonning bu bebaho gavharini zulm tig‘i bilan sindirib, tuproqqa qorishtirdingmi?!» Arslonqul ichi- da: «Mullaning saboqdoshi o ‘lganga o ‘xshaydi. Bu xalq o ‘zi so‘zda lofchi bo‘ladi. Ular uchun bizlardan boshqa hamma — Xurosonning bebaho gavhari!» deb o ‘yladi, keyin mullabachchaga taskin bermoq uchun bordi. Bir qo‘li bilan mullabachchaning yelkasini