chagan otini qattiq siltab, keyinga tisladi va chaqqon- lik bilan yigitning chap yoniga sakrab o ‘tdi-da, bo‘ynini m o‘ljallab qilich ko‘targan hamon Arslonqul kuchli, charchamagan otni bir siltab, oldinga sakratdi. Bo‘sh ketgan hamlaning zarbidan To‘g‘onbek buk- chayib, ot yolini ushlab qoldi. Yana otni siltab, chaqqonlik bilan yigitning orqasiga o ‘tishga tirishdi. Arslonqul otni nariga sakratib, keyin birdan keskin burib, go‘yo dushmanni ot bilan yanchgudek, tik otil- di-da, qattiq zarb bilan To‘g‘onbekning boshiga qilich soldi. U yerga og‘ir qulab tushdi. Oti hurkib, shataloq otib qochdi. Arslonqul yerga sakrab, yana bir necha qilich soldi. Keyin uning qonga belangan gavdasiga enkaydi. Xanjarini sug‘urib, boshini kesib olib ket- moqni ko‘zladi. Ammo, naq, kesish oldida, aynib qol- 476
di. Qo‘lini siltab, xanjami qiniga tiqdi. To‘g‘onbek- ning oltin, kumush va qimmatbaho toshlar bilan bezalgan qilichi, xanjari, kamarini oldi. Otga minib, uzoqda dam o ‘t chimtib, dam chiroyli boshini ko‘tarib tevarakka jovdiragan qizil jiyron tomon yurdi. Bevosh ot uni ancha ovora qilib, nihoyat, chizimchasi oyoq- lariga o ‘rashgandan so ‘ng, taslim bo‘ldi. Arslonqul yo‘Ida tunab, ertasi choshgoh vaqtida lashkargohga yetib keldi. Yetovdagi otni tanimagan odam oz edi. Darrov Arslonqulni qurshab oldilar. Arslonqul otdan tushmasdanoq mojaroni so ‘zlab berdi. Yigitlar ko‘proq uning o ‘ljasiga havaslandilar. 0 ‘lja otni silab-siypab, har kim o ‘z bilganicha, uning ta’rifini qila boshladi. Arslonqul o ‘z to ‘dasi turgan chodirga bordi. Za- rang tovoqdagi umochni katta qoshiq bilan x o ‘r-xo‘r