Kun chiqqan vaqtda Zayniddinning keng hovlisi do‘stlar, yaqinlar, aqrabolar bilan to‘la edi. Peshinda Navoiy boshliq qalin xalq uning janozasiga qatnashdi. Sultonmurod qayg‘udan butunlay majolsizlangan edi. Uni qabristonga Arslonqul suyab-qo‘ltiqlab olib bordi. Zayniddinni uning bobosi — mashhur tib olimining sag‘anasi yoniga ko‘mdilar. Sultonmurod tunamoq uchun do‘stining qabri boshida qoldi. * * *
Badiuzzamonning o ‘ng qo‘li bo‘lgan qari bahodir Zulnun Arg‘unbek Hirotni zabt etish uchun qattiq kurashardi. Qo‘rg‘on olishda qo‘llanadigan hamma yo‘llarni, choralami qilib ko‘rdi. Hamma urinishlari mudofi’laming jasur qarshiliklariga uchrab, natijasiz bitdi. Keyin-keyin mudofi’lar o ‘z kuchlariga ishonadi- gan bo‘lib qoldilar. Payt poylab, darvozalardan chiqib, xiyla uzoqlashar, dushmanga qisqa, lekin o ‘tkir zar- balar berib, yana darvoza ichiga qaytar edilar. Bunday chiqishlarda Arslonqul, albatta, ishtirok qilar, aksar vaqt o ‘zi tashabbuskor bo'lardi. Bir kun shahar tashqarisida bo‘lgan ancha davom- li to ‘qinishda Arslonqul qandaydir bir bekzodaning peshonasi oq qashqa, ajoyib tulpor otini o ‘lja tushirib oldi. G ‘urur bilan darvozadan minib kirib, maydonda gijinglab yurarkan, darvoza tomonga asta kelayotgan Navoiyni ko‘rdi. Otdan tushib, yetaklab, shoiming qoshiga bordi: — Salom! — bir qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi Arslonqul. Navoiy salomga javob qaytardi, keyin egar-jab- duqlari bezakli, nasldor otga qarab so‘radi. — Kimning oti? 4 7 3
— Taqsir, sizniki,— javob berdi iljayib Arslonqul.— Birinchi o ‘ljamni sizga tuhfa qilmoqchimen...