Asr oshgan asarlar


Navoiy soqolini serkillatib, ko‘zlarini qisib kuldi



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Navoiy soqolini serkillatib, ko‘zlarini qisib kuldi.
— 0 ‘ljang o ‘zingga qulluq bo‘lsin, — dedi shoir. —
Qanday jang qilding, jang qoidasini bilasenmi?
— Birinchi navbatda shijoat kerak, — javob berdi
Arslonqul, — keyin yo ‘l-yo‘rig‘ini bilish ham katta
foyda berarkan. Mana, hozir biz o'ttiz kishi Badiuz-
zamonning ellik-oltmish yigitini obdan xirpaladik.
— Qanday qilib? — so‘radi Navoiy qiziqib.
— Men bir pora yigitlami olib, yovning orqasiga
o ‘ta bildim, biz bir bog‘ning devorlarini pana qilib
o ‘tdik — ko‘rmay qoldilar. Ikki yoqdan o ‘qni uza-
verdik, qani, qo‘zg‘alib ko‘rsin-chi! Xiyla nohaq qon
to‘kildi... Achindim...
— Badanga chiqqan yomon yarani tabiblar kesib
tashlaydilar, — dedi Navoiy. — 0 ‘zga ilojimiz yo‘q.
Badanning chirigan joyini kesib, ruhni salomat
saqlamoq kerak... Og‘ir kunlarga qoldik, yigit!
Badiuzzamon lashkari poytaxtni qirq kun qurshab
yotdi. Shahar mudofi’lari qirq kecha-kunduz sabot va
g‘ayrat, fidokorlik ko‘rsatdilar. Arslonqul ham biron
kun qal’ani tashlamadi... Ba’zan kechalari Dildor
kelar, ikkovlari qo‘rg‘on ustida besh darvozali katta
shahami asta-asta aylanib chiqardilar. Dushmanning
kutilmagan hujumini, qayerda bo‘lmasin, daf etmoqqa
tirishardilar. Nihoyat, Astroboddan Husayn Boyqaro
qo‘shin surib kelayotgani ma’lum bo‘lgach, Badiuz­
zamon shahardan uzoqlashib ketdi.
Shahar mudofi’larining bir qismi Husayn Boyqaro
lashkariga borib qo‘shildi. Bular ichida Arslonqul ham
bor edi. Ota, o ‘g‘il o ‘rtasida ochiq dalada to ‘qnashuv-
lar davom etdi.
Arslonqulni Valibek bir dasta navkar bilan atrofdan
qo‘shin uchun yem-xashak yig‘ishga yubordi. Qishloq-

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin