Asr oshgan asarlar


dan namuna olmoqdalar. Siz falokat boshchisi bo‘lib



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   161
Navoiy romani. Oybek

dan namuna olmoqdalar. Siz falokat boshchisi bo‘lib
qoldingiz!
Badiuzzamonning yuzi oqarib ketdi. Xush m o‘y-
labi titradi, labini tishlab, yerga qaradi. Qari sardor
Zulnun Arg‘unbek og‘ir so‘lish oldi.
— 
0 ‘g ‘limning motami dilimga chuqur jo
b o ‘lgan... — dedi qayg‘ulanib Badiuzzamon.
— Qo‘llarini go‘dak qoni bilan bo‘yaganlami, kim-
480


lar bo‘lmasin, hech vaqt oqlamaymen, kechirmay-
men. Har vaqt ularga la’nat o ‘qiymen! — dedi Navoiy
hayajonlanib. — Ammo xalq va davlat aybdor emas.
Buni yaxshi fahmlamoq kerak, axir...
Badiuzzamon yana otadan ko'rgan haqsizliklar
to‘g‘risida shikoyat qildi. Navoiy yurt, xalq oldida,
tarix oldida shaxsiy ginalaming hech qimmati yo‘qli-
gini isbot etmoqqa tirishdi. Haqiqiy insonning fazilati
haqida gapirib, dedi:
— Inson uchun toj kiymoq shart emas, balki
nomus ham vijdon sohibi bo‘lmoq, jamiyat oldida o ‘z
mas’uliyatini sezmoq shart!
Badiuzzamon sukut qildi. Lekin ko‘zlari bilan Zul-
nun Arg‘unga nimadir ishorat etdi.
— Mir janoblarining so‘zlari ma’qul... — dedi
majlisga qarab qari sarkarda, sodda, dag‘al tovush
bilan. — Ammo ne asosda sulh yasalmog‘i kerak — bu
jihatni bilsak, yaxshi bo‘lur edi.
— Shartlarni ham keltirganmen, — majlisni
ko‘zlari bilan sinab dedi Navoiy. — Bu shartlar asosi-
da aslo buzilmas, hamisha barqaror bir sulh tuz-
mog‘imiz kerak.
— Bilsak mumkinmi? — so‘radi Badiuzzamon.
N avoiy Balx viloyati ham Amudaryodan to
Murg‘obgacha bo‘lgan yerlami idora etmoq huquqi
shahzodaga berilishi mumkinligini so‘zladi.

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin