ichib, goh bir zumgina sheriklariga qarar, mojaroning tafsilotidan biron gap aytib, yana osharkan, birov Navoiyning chaqirayotganini xabar qildi. Arslonqul uch-to‘rt qoshiqni ustma-ust ichib, o ‘midan turdi. Ustki lab oroyishi enlikkina tarashlangan m o‘ylabini, qop-qora, qisqa, dag‘al soqolini qudratli dast panja bilan artdi-da, yirik, hapqat odimlar bilan jo ‘nadi. Atrofdagi harakat va shovqinlarga tamom beparvo kabi, o ‘z chodirida nimadir yozib o ‘tirgan chol dil- dorlik bilan qarshiladi. — Gapir, sendan qiziq ishlar sodir bo‘lmoqda, — dedi Navoiy ulug‘vor kulimsirab. Arslonqul sarguzashtning o ‘tkir, rangli tomonlarini kamtarlik bilan yashirishga tirishib, oddiy bir voqeani hikoya qilganday aytib berdi. — Boshi qani? — so‘radi Navoiy. Arslonqul ko'zlarini katta ochdi. — Ishonmaysizmi? Oti, qilichi, kamari dalil bo‘la olmaydimi? Boshi qursin... — Ishonamiz... — dedi va kulib davom etdi Navoiy. — Ammo senga uning boshi qadar oltin in’om qilmoq kerak edi. Zolimning boshi uchun oltin bermoq g‘oyat savobli ish. 477
— Bu tomoni hech bir xotiramga kelmabdi-da, — chayqalib qo‘ydi Arslonqul. — Boshqa jihatdan hissasini chiqaramiz, — dedi Navoiy qat’iyat bilan. — Sen qolgan umringni sipohi- likka baxsh et. Biz xoqonga arz etib, seni yuzboshi yoki mingboshi tayin ettirurmiz. Sen xalq o ‘g‘lisen. Inshoollo, xalqqa foydali ishlar qilursen, navkarlami yaxshi parvarish etib, yurtning osoyishtaligiga g‘ayrat va himmatingni aslo ayamassen. Bu ñkrimni ma’qul toparsenmi? — Otang bolasi bo‘lma, el bolasi bo‘l, deganlar.