Asr oshgan asarlar


Husayn Boyqaro bir o‘g ‘ilni bo‘ysundirib yengil



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Husayn Boyqaro bir o‘g ‘ilni bo‘ysundirib yengil
so‘lish olguncha, ikkinchisining ustiga yurish qüishga
majbur bo'lardi. Lekin muttasil safarlar bezdirgan,
charchatgan edi. Bundan tashqari, Astroboddami,
Balxdami, Marvdami, Mashhaddami biron joyda
isyonkor o ‘g‘illarning yoki hali xanjarini yeng uchida
yashirib turgan boshqa bir o ‘g‘ilning isyonini kutar
edi. Navoiy sulh shartlarini ham so‘zlab, o ‘z talabida
qat’iy turgach, podshoh ko‘nishga majbur bo‘ldi.
Qari, bedarmon shoim i qo‘ltiqlab otga mindirdilar.
Quvonchli, minnatdor ko‘zlar bu sulh elchisini, go‘yo
yangi oyning oltin o ‘rog‘ini ilk ko'rib, baxt va salo-
matlik orzu qilganlar kabi, uzoq vaqt kuzatib qoldilar.
Navoiy haftalarcha jang maydoni bo‘lgan dalada
ketardi. Onda-sonda o ‘qlar, uzuq-yuluq ot asboblari
yotardi. 0 ‘tlaming ustida nohaq to‘kilgan qonlar quri-
gan lola bargiday k o ‘zga tashlanardi. Shoir qoshlarini
chimirdi, peshonadagi chiziqlar yana quyuqlashdi:
«Dushman ikki shohdan bir-biriga yaqin va d o ‘st ikki
darvesh yaxshi», deb bir vaqtlar aytgan misralari yodi-
ga tushdi. Ot taqir tepalarga chiqishi bilan pastda
Badiuzzamonning qarorgohi — chodirlar, g ‘ivillagan
odamlar, chopishgan otlar ko‘zga chalindi. Asta
chayqalib, yo‘rg‘aning boshini tortibroq yuraverdi.
Qarorgohga yaqinlasharkan, tanishlar yugurishdi.
Badiuzzamonning ulug'lari ham kelishdi. Shahzoda-
ning hamsuhbatlaridan shoir mavlono Zamoniy ham
qulluq qildi.
— 
Mirzoning qoshiga eltinglar meni, — dedi otdan
tushib, nafasini rostlab Navoiy.
Odamlar: «Marhamat, marhamat», deb ehtirom
bilan yo‘l boshladilar. Mana, Badiuzzamon, qari,

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin