tepasidagi tokchaga qo‘ydi. Keyin xastaning par yos- tiqqa botgan boshiga go‘yo sajda qilgan kabi, engash- di. Hayhot! Butun flkr olamining ifodasi bilan boquvchi dono ko‘zlar yumuq. Yuzda sezilar-sezilmas iztirob. Sultonmurodning ko‘zlaridan qizg‘in buloq toshdi. Uzoq tikildi: «Ulug‘ ustod, men qalamga olgan kitobimni bitirdim!» — ko‘proq engashib, dard bilan gapirdi olim. Xastaning ko‘zlari bir zumgina majolsiz ochildi. Lablari qimirlab, nimadir so‘zladi. Sultonmurod eshitmagan bo‘lsa ham, ko‘zlarining 485
ma’nosidan, lablarining harakatidan shoiming quvon- ganini bildi. X o‘ja Afzal olimga yaqinlashib, unga taskin berish- ga tirishib, yupantiruvchi so‘zlar aytdi. Tabiblar oyoq uchida dam eshikka chiqib, dam qaytib shivirlashib, o ‘zaro kengashar edilar. Aksari yana qon olishni maslahat berardi. Kasali sakta'ni davolash uchun eski yunon tabiblari va Abu Ali ibn Sinodan tortib bu- kungi tabiblar qo‘llaydigan har bir chorani ko‘rishga, har bir doruni tayyorlab, tadbiq etishga g‘ayrat qil- ishardi. Sultonmurod tabiblarga kengash tariqida ba’zi mulohazalarini so‘zlab, ularning ishiga xalaqit ber- maslik uchun tashqari chiqdi; xonalardan biriga kirdi. Bunda Osifiy, Suhayliy, Hofiz Yoriy, Mir Mirtoz, G ‘iyosiddin Dehdor va hokazo shoir, olim, san’atkor- lar namli, qizargan ko‘zlarini o ‘spirin Xondamirga tikkan edilar. Sultonmurod bir chekkaga o ‘tirdi. — Hoqon sohibqironning istiqboliga chiqqan odamlar, — hikoya qilardi ko‘rganlarini Xondamir, — Foryon rabotida qaror topdilar. Kechani bu yerda o ‘t- kazdik. Tong otganda, Navoiy hazratlari rabot devor-