ro‘molga o ‘rab, qo‘ltiqqa oldi-da, uydan chiqdi. 1 Fanlar to'plam i.
4 8 4
Tafakkur bilan uyqusiz kechirilgan sanoqsiz tunlar- ning mashaqqati, turli davrlarda, turli tillarda minglarcha kitoblardagi odamzod fikrining yaratuvchi aql bilan saralangan, mantiqning o ‘tkir tig‘i bilan tarashlangan qiymatdor gavharlari bu qalin kitobda edi. Sultonmurodning awalgi asarlari uning obro‘yiga sabab bo‘lgan esa, bu — uning g‘ururi edi. Bu xazi- nani haqiqiy xazinadorga, maslahati, ilhomi, moddiy ta’minoti bilan ko'maklashgan Navoiyga taqdim etmoq uchun olib bormoqda edi. Olim ishonch bilan boshini ko‘targan, yuragida, bahor toshqinlariday, kuylab oqqan shodlikning musiqiysi bilan yengillanib, loy qotmagan y o ‘llarda go‘yo uchgandek ketardi. «Unsiya»ga kirish bilan olim bu dargohning mulo- zim va xizmatkor ahlining bo‘zday oqargan jonsiz yuzlarini, egilgan qadlarini ko‘rib, oyoqlari yerga mix- langandek, qotib qoldi. G o‘yo kimdir bu odamlami o ‘lim jazosiga buyurgan: ular hozir hayotdan ko‘z yummoq uchun o ‘z navbatlarini kutib turadilar! — N e bo‘ldi? — so‘radi Sultonmurod anqayib. — Mir janoblari xasta yotibdilar, — majolsiz ovoz bilan javob berdi bir xizmatkor. Tubsiz bir o ‘pqinlikdan sakragandek, olimning yuragi «shuv» etib ketdi. Navoiyning xonasiga yugur- di. Katta xonada Hirotning tib ilmida nodir odamla- ridan bo‘lgan o ‘ndan ortiq tabibni, Darveshalini, vazir Xo‘ja Afzalni, yana shoiming ba’zi yaqinlarini ko‘rdi. Xasta uyning to ‘rida to ‘shakda yotardi. Ustiga xitoyi atlas ko‘rpa tashlangan. Sultonmurod oyoq uchida yurib, kitobni shoirning