Elga xizmat qilmoq burchimizdir, — Navoiyning ishonchi va iltifotidan ta’sirlanib, javob berdi Arslon qul. — Rahmat, — dedi Navoiy, — Vatan va uning salomatligi uchun har bir jon har lahza o ‘zini qurbon etmoqqa hozir turmog‘i kerak. — Ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin, taqsir! — dedi ham qul- luq qilib tashqari chiqdi Arslonqul. n
Ota-bola orasidagi bema’ni urush, adovat kun sari Navoiyning yuragini chuqurroq ezardi. Har ikki tomon qat’iy, uzil-kesil janglarga botinmasdi. Goh-goh shiddatli to ‘qinishlar ro‘y berar, lekin ular urush taqdirini hal qilishdan ojiz edi. Urush uzoq davom etib, inson hayotini oz-oz qamrab, oxirda «Toma- toma ko‘l bo‘lar», deganday ko‘p qonlar behuda to ‘kilishi mumkin edi. Yoki Badiuzzamon mamlakat- ning bir burchiga chekilib, urush-janjal qidirib yurgan- lar orasida yangi kuchlar to‘plab, yana harakat bosh- lab, dahshatli falokatlar keltirishi mumkin edi. Bu andisha Navoiyni qattiq tashvishga soldi, nihoyat, baloning oldini olishga qaror berdi. Husayn Boyqaro qoshiga kirib, vaziyatni tushuntir- di. Isyonchi valiahdi bilan mustahkam sulh barpo etish kerakligini talab qildi. 0 ‘g‘illarning yuragida muhabbat va sadoqat, insof va nomusdan biron uchqun qolmaganiga qattiq ishongan podshoh dastlab 478
bu taklifga e ’tibor bermagandek qaradi. Oylarcha davom etgan qonli janglardan keyin shikast yeb, sulh taklif etgan, hatto tiz cho‘kib, o‘z gunohining kechi- rilishini tilagan o ‘g‘illar, sal o ‘tmay, uning orqasidan yangi isyon ko‘tarar, u poytaxtga yetib, bir kun orom olmasdan, qo'shinni orqaga surar edi. Qari, kasal