day, mag‘rur, sekin, pishiq odim otib yurar, shahar tashqarisida, uzoqda, yorqin shu’lalarda cho‘milgan ko‘m-ko‘k bog‘lar, xiyobonlar, ekinzorlar orasidan ko‘zga ilg‘angan y o ‘llarga diqqat bilan tikilib qo‘yardi... Kechga yaqin uzoqda dushman otliqlari siyrak, g ‘ira-shira ko'rinib qoldi. Qo‘rg‘ondagilar o ‘q-yoylari- ni mahkam ushlab, hayajon bilan bir-birlariga ko‘rsata boshladilar. Arslonqul bir qo‘li bilan qosh ustini pana qilib, o ‘shshayib qaradi. Yupqa chang orasidan dam ko‘rinib, dam g ‘oyib bo‘lgan qandaydir, qo‘g ‘irchoq- day otliqlami payqadi. Qo‘rg‘on yo‘llaridan pastga yugurdi. G o‘yo undan boshqa hech kim Navoiyni ogohlantirishi mumkin emas kabi, olaqaroq bo‘lib, shoirni qidirdi. Darvozai mulkka yaqin joyda, aftidan, ish ko‘rgan bir guruh yigitlar bilan qurshalgan Navoiyni ko‘rib, yugurdi. Faqat yaqinlashgach, nima 1 6 -4 7 3 3
465
to‘g‘risidadir jiddiy gap bo‘layotganini sezib, diqqat bilan quloq soldi. — Astroboddagi qo'shin kelib yetguncha, — has- saga suyalib, sokin gapirardi Navoiy, — biz poy- taxtning yolg‘iz mudofaa chorasini ko‘rurmiz, biron yerdan dushmanga yo‘l bermaslik kerak. Alalxusus, darvozalarni yaxshi saqlamoq kerak. Badiuzzamon Mirzoning quwatlarini yaxshi sinamas- dan turib, qo‘rg‘on tashqarisida ro‘y-rost jang qil- moqni man eturmiz. Tunlarda bedor bo'lmoq lozim. Xususan, bu kecha mudofi’lardan hech bin bir daqiqa ko‘z yummasligi shart. Astrboddan qo‘shin kelgach, Badiuzzamon ikki o ‘t orasida qolib qovurilmaslik uchun, o ‘zi chekilib ketmoqqa majburiyat sezgay yoki, aks holda, toru mor bo‘lur.