Ассалому алайкум



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix16.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#181104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
фитрат нозима bmisi (2)

Ustimga insonlar emas, shaytonlar qo‘shuni kelsa, 
Oyog‘imga zanjirlar emas, jahannam ilonlari sorilsa, 
yana sen sari ketarman. 
Dunyoning butun balolari boshimga to‘kulsa, 
Zulm tig‘ining temir tikonlari ko‘zlarimga kirsa, 
yana seni qutqararman. 
Men sening uchun tirildim, 
Sening uchun yasharman, 
Sening uchun o‘lurman, ey turklikning muqaddas o‘chog‘i! 
O‘lim, sening o‘limingni istaganlarga! 
Nafrat, seni ko‘mgani kelganlarga! 
Vatanga muhabbat tuyg‘usi, uning taqdiriga mas'ullik hissi, da'vatkor ruh, 
hayqiriq ohangi shu tarzda asarning boshidan oxirigacha o‘tgan edi. Shoir insonlar 



emas shayton qo‘shinlar ustiga kelishidan ham cho‘chimaydi. Oyog‘iga zanjirlar 
emas, jahannam ilonlari sorilishi ham uni zarracha xavotirga solmaydi. Bu ham 
mayli, hatto dunyoning baryacha ballari boshiga to‘kilishi ham uni qo‘rqita 
olmaydi. Ko‘zlariga zulm tig‘ining temir tikanlari kirishi ham uni o‘z oldiga 
qo‘yilgan ulug‘ maqsaddan qaytara olmaydi. Vatanni istibdod changalidan 
qutqarish uchun u har qanday qiynchilikka tayyor. Bu she'r zamirida Vatan 
muhabbati turishi bilan birga mustabid Rossiya timsoli ham anglashiladi. Uning 
adolatsiz siyosati, haqsizligi bois bu muqaddas makon ana shunday ayanchli 
ahvolga tushgani ta'sirchan lavhalar orqali tasvirlanadi. 
Yurtni mo‘g‘ullar bosqinidan qutqarib qolgan Sohibqiron Amir Temur – 
ozodlik timsoli. “Temur oldida” she'rida sag‘anasi poyida turib «ezilgan tani», 
«qisilgan vijdoni», «kuygan qoni», «o‘rtangan joni» uchun davo izlaydi, 
«Arslonlar arsloni»dan fotiha tilaydi. «Turonning eski sharaf va ulug‘ligini 
qaytarmoq»qa ont ichadi.
Onam! Seni qutqarmoq uchun jonmi kerakdir?! 
 
Nomusmi vijdon bila iymonmi kerakdir?! 
 
Temur bila Chingiz qoni toshdi tomrimizdin, 
 
Aytgil, seni qutqarmoq uchun qonmi kerakdir?! 
 
Yov suqg‘ali kelgach qilichini yuragingga, 
 
Tush oldiga, ol ko‘ksumi – qalqonmi kerakdir?! 
 
Boq, boq, mana turk tengizi toshqun qila qoldi, 
 
Turon yovini quvg‘ali to‘fonmu kerakdur?! 
 
Turon, yigiting, barchaga boq, qalqdi oyoqg‘a, 
 
Yurtda qorovul qo‘yg‘ali arslonmu kerakdir?! 
Fitrat ta'biricha, tomirlarida Amir Temur singari yovqur bobolar qoni oqqan, 
ajdodlari dunyoga hukmini o‘tkazib kelgan millat hech qachon xor bo‘lmaydi. 
Turkiy millat dengizi toshqin qilishi, o‘g‘lonlari, zarur bo‘lsa, Turon yovini 
quvgali to‘fon maqomiga yetishi, ona yurtni qo‘riqlash uchun arslon bo‘la olishi 
buning isbotidir. Bu misralardagi pafos yurt farzandlari qalbida ozodlikka bo‘lgan 


10 
intilish tuyg‘usini kuchaytirishga, ular ko‘nglida shijoat hosil qilishga xizmat 
qilgani ayon. 
“Yurt qayg‘usi” turkumidagi yana bir mansurasida shoir quyidagicha xitob 
qiladi:
“Ey ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi! Senga ne bo‘ldi? Holing qalaydir? 
Nechuk kunlarga qolding?
Ey Chingizlarning, Temurlarning, O‘g‘uzlarning, Otillalarning shonli 
beshiklari! Qani u chiqdig‘ing yuksak o‘rinlar? Qullik chuqurlariga nedan 
tushding? 
Dunyoni “urho”lari bilan titratkan yo‘lbars yurakli bolalaring qani? yer 
tuprog‘ini ko‘klarga uchuraturg‘an tog‘ gavdali o‘g‘lonlaring qani? Nechun 
tovushlari chiqmaydur?... 
Dunyo xalqini bo‘ysundirgan saltanatlaring nechun buzildi? Insonlik 
olamini qanotlari ostinda olgan xoqonlig‘ning nechun kuchi o‘ldi? Kuchingmi 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin