11
Ezilgan boshim, qisilgan vijdonim, kuygan qonim, o‘rtangan jonim uchun bu
sag‘anangdan davo izlab keldim, xoqonim!
Yuz yillardan beri jafo ko‘rub, g‘am chekib kelgan turkning qonli ko‘z
yoshlarin etaklaringga to‘karga keldim.
Qorong‘uliklar ichra yog‘dusiz qolgan o‘zbek ko‘zlari uchun tuprog‘ingdan
surma olg‘ali keldim.
Nomusini bad kishilar oyoqlari ostida ko‘rub, turklik qoni qaynag‘ay,
musulmonlik hamiyati toshg‘ay, tamug‘ olovlari kabi sachrag‘ay.
Lekin o‘z kuchsizlig‘in anglab, qaytib o‘tirgan va qon yig‘lagan turkning
holini aytarga keldim, xoqonim!”
Fitrat ana shu tarzda ulug‘ Sohibqiron maqbarasi huzurida ko‘ngil dardini,
millatning iztirobu hasratini izhor etadi.
Bundan murod, albatta, ona-zaminni
istibdod iskanjasidan qutqarmoq, uni ozod ko‘rmoq orzusi edi. Zero,
professor
B.Qosimov ta'biri bilan aytganda, “Tarix shunchaki xabardor bo‘lib qo‘yish uchun
o‘rganib qo‘yilmaydi. U oyna, ibrat, tarbiya vositasi bo‘lmog‘i kerak edi. “Oqqan
daryo oqadi” deydilar. Qonda bor narsani tiklash oson. Lekin ularni oldin bilmoq
kerak, keyin qanday tiklash masalasini o‘ylamoq lozim”
10
Abdurauf Fitrat yurt qayg‘usi haqida yozar, Sohibqiron Amir Temur ruhiga
yukinar ekan, millat bu ulug‘ siymoning shonli qismatidan ibratlanmog‘ini istadi.
Sohibqiron huzuridagi iqrornomasi orqali millatga oyna tutmoqni, bu oynada unga
malohatu qabohatini, yutuqlariyu nuqsonlarini ko‘rsatmoqni orzu qildi. Yana
o‘qiymiz:
“Ulug‘ xoqonim! Turklik sharafi talandi.
Turk uchun qo‘ydig‘ing davlat bitdi, turk ostig‘a qurdig‘ing xoqonlik
yog‘iygami ketdi.
Turkning nomusi, e'tibori, iymoni, vijdoni zolimlarning ayog‘lari ostinda
qoldi.
Turkning yurti, ulog‘i, o‘chog‘i, Turoni yot qo‘llarg‘a tushdi...
10
Қосимов Б. Миллий уйғониш: жасорат, маърифат, фидойилик. - Т.: Маънавият, 2002, 74-бет.
12
Sening qiliching bilan dunyo egasi bo‘lgan turk tinchgina bir yotoq
topolmay qoldi.
Sening kuching bilan dunyo xo‘jasi bo‘lgan turk qarluq temurlariga kirdi.”
Bunday fikrlarni aytish Fitrat yashagan zamonda chinakam jasorat edi,
boshni kundaga qo‘yish bilan barobar edi. Biroq bu hol buyuk millatparvar qalbiga
qo‘rqinch sola olgan emas. U qalbida kechgan yurt taqdiri, millat istiqboli uchun
kuyinish bilan bog‘liq jilovsiz g‘alayonlarni, tizginsiz shijoatni aslida qanday
bo‘lsa shundayligicha izhor etadi. Bu tuyg‘ular ifodasidagi pafos o‘quvchi qalbida
ham aks sado beradi. Uni mutolaa qiluvchi o‘zida
beixtiyor Vatan va millat
taqdiriga kuyinish, uning istiqboli uchun mas'uliyat hissi paydo bo‘lganini sezadi.
Aslida, har qanday ijodkorning asar yozishdan muddaosi shu. Aks holda badiiy
adabiyot o‘z vazifasini bajarmagan hisoblanadi.
Millatning tarixi nechog‘lik shonli bo‘lganini idrok etgan farzandninggina
qalbida shijoat tug‘iladi. Vatanning kechmishi naqadar ulug‘vor bo‘lganini his
etgan avlodgina uni yana o‘sha ulug‘vor maqomda ko‘rmoq uchun bor quvvatini,
butun imkoniyatini safarbar etadi. Buyuk Sohibqiron Amir Temur ziyorati Fitratda
ana shunday tuyg‘ular paydo qiladi:
Dostları ilə paylaş: