8
Senga ne bo‘ldi? Holing qalaydir? Nechuk kunlarga qolding! –
deb boshlanar edi uning she'rlaridan biri.
Shoir Vatanining “yuksak o‘rinlar”dan “qullik chuqurlari”ga tushish
sabablarini so‘raydi. “Dunyoni «urho»lari bilan titratgan yo‘lbars yurakli
bolalari»ni, “yer tuprog‘ini ko‘klarga uchiraturg‘on tog‘ gavdali o‘g‘lonlari”ni
qo‘msaydi. Uning bu holi bilan kelisha olmaydi. Tomirlarida Temur qoni
oqayotgan millatdoshlarini nomus va sha'n himoyasiga chorlaydi.
Vatan va ona timsollari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ekanligi ma'lum.
Ona Vatan deyilishi bejiz emas. O‘zbek xalqi Vatan deganda onani, ona deganda
Vatanni anglaydi. Bu tushunchalarning har birini muqaddas deb biladi. Fitratning
“Bir o‘zbek yigitining tilidan” mansurasida Vatan bosh-oyog‘i yalang, tanasida
adadsiz qamchi izlari, ko‘ksidagi yaralaridan qon tomayotgan holsiz, darmonsiz
ayol sifatida ifodalangani sababi ham shunda. Bu timsol, bu xayol “o‘zbek yigiti”ni
tushida ham, o‘ngida ham ta'qib qiladi. O‘zbek yigiti “g‘amli ona” – “muqaddas
Turon” xayoli bilan muloqotga kirishadi. Undan ayrilmoqni o‘zi uchun o‘lim,
uning uchun o‘lmoqni esa haqiqiy tiriklik hisoblaydi. Uni qutqarmoqqa ont ichadi.
She'r shunday so‘zlar bilan yakunladi:
Dostları ilə paylaş: