Jihozlar va o‘quv-ko‘rgazmali qurollar: Raqamli o‘quv sekundomeri. Chizma ashyolari to‘plami. Masshtabli chizg‘ich. Oson qo‘zg‘aluvchi aravachalar. Spiral prujinalar. Bloklar. Qiya tekislik. Yog‘och brusok. Metall sharcha. Tennis koptokchasi. Dinamometr. Ish bajarishda jism energiyasining o‘zgarishini namoyish qiluvchi asbob.
Namoyish tajribalari: 1. Jismlarning muvozanat turlari namoyishi.
2. Momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan mexanizmlar namoyishi.
3. Aylanma harakat dinamikasi.
4. Suyuqlik va gazlar harakati.
5. Harakatlanayotgan gazlar va suyuqliklarda bosimning tezlikka bog‘liqligidan texnikada foydalanish.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar: Fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
B1 Harakat turlarini farqlay oladi. Aylanma harakatni uzatish, gorizontal otilgan jism harakati, Galileyning nisbiylik prinsipi, inersial va noinersial sanoq sistemalari, jismning bir necha kuch ta’siridagi harakati, jismlarning elastik va noelastik to‘qnashuvi, jismlarning muvozanat shartlarini kuzatadi, tushunadi va tushuntira oladi.
B1+ Harakatlanayotgan gazlar va suyuqliklarda bosimning tezlikka bog‘liqligini tushunadi va tahlil qila oladi.