At "Ipoteka-Bank"


II.BANKNING YURIDIK MAQOMI, JOYLASHGAN JOYI



Yüklə 84,91 Kb.
səhifə4/12
tarix16.08.2023
ölçüsü84,91 Kb.
#139537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ipoteka Bank original

II.BANKNING YURIDIK MAQOMI, JOYLASHGAN JOYI
(POCHTA MANZILI)
2.1. Bank O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan yuridik shaxs hisoblanadi,
o'zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega, o'z nomidanmulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga
majburiyatlar olishi, sudda daʻvogar va javobgar bo'lishi mumkin.
2.2. Bank o'zining firma nomidan foydalanishda mutlaq huquqqa ega. Bank o'zining
davlat tilida to'liq yozilgan firma nomi va timsoli tasvirlangan yumaloq muhriga (muhrda
qo'shimcha ravishda firma nomi boshqa istalgan tilda ham ko'rsatilishi mumkin), o'z nomi
yozilgan shtampi va blankalariga, o'z timsoliga ega, shuningdek boshqa o'z belgi-alomatlariga
ega bo'lishga haqlidir.
2.3. Bank o'z majburiyatlari yuzasidan o'ziga tegishli barcha mol-mulk bilan javobgar
bo'ladi. Aksiyadorlar Bankning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo'lmaydi va uning
faoliyati bilan bog'liq zararlarning o'rnini o'zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida
qoplash tavakkalchiligini o'z zimmasiga oladi.
2.4. Aksiyalarning haqini to'liq to'lamagan aksiyadorlar Bankning majburiyatlari
yuzasidan o'zlariga tegishli aksiyalar qiymatining to'lanmagan qismi doirasida solidar
javobgar bo'ladi.
2.5. Bank o'z aksiyadorlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar bo'lmaydi.
2.6. Bank aksiyadorlik jamiyati yoki masʻuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi sho'ʻba va
tobe xo'jalik jamiyatlariga ega bo'lishi mumkin. Bank korxonalar, tashkilotlar va boshqa
tijorat tuzilmalarini tashkil etishda va ularning xo'jalik faoliyatida o'z mablag'lari
bilan, shu jumladan ulush qo'shish asosida qatnashish huquqiga ega.
2.7. Bank o'z faoliyatini muvofiqlashtirish, o'z manfaatlarini ifoda etish va himoya
qilish hamda birgalikdagi dasturlarni amalga oshirish maqsadida uyushmalar (ittifoqlar)
va o'zga birlashmalarda qatnashishi mumkin.
2.8. Bank bank operasiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda
mustaqildir.
2.9. Bank faoliyat ko'rsatish muddati cheklanmagan holda tashkil etiladi va o'z
faoliyatini Markaziy bank tomonidan beriladigan lisenziya asosida amalga oshiradi.
2.10. Bankning joylashgan joyi (pochta manzili): O'zbekiston Respublikasi, 100000,
Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko'chasi,17-uy.

Yüklə 84,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin