At "Ipoteka-Bank"


V. BANK USTAV KAPITALINING MIQDORI, UNI KO'PAYTIRISH VA



Yüklə 84,91 Kb.
səhifə7/12
tarix16.08.2023
ölçüsü84,91 Kb.
#139537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ipoteka Bank original

V. BANK USTAV KAPITALINING MIQDORI, UNI KO'PAYTIRISH VA
KAMAYTIRISH TARTIBI VA EʻLON QILINGAN AKSIYALAR
5.1. Bankning ustav kapitali 181’528’649’280 (bir yuz sakson bir milliard besh yuz
yigirma sakkiz million olti yuz qirq to'qqiz ming ikki yuz sakson) so'mni tashkil etib, u
64’326’240 (oltmish to'rt million uch yuz yigirma olti ming ikki yuz qirq) dona aksiyaga
quyidagicha bo'lingan:
hujjatsiz shakldagi egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar - 62’326’240
(oltmish ikki million uch yuz yigirma olti ming ikki yuz qirq) dona;
hujjatsiz shakldagi egasining nomi yozilgan imtiyozli aksiyalar - 2’000’000
(ikki million) dona.
5.2. Bank ustav kapitalini ko'paytirish maqsadida qo'shimcha chiqarishi mumkin bo'lgan
(eʻlon qilingan) aksiyalar 55’673’760 (ellik besh million olti yuz etmish uch ming etti yuz
oltmish) dona hujjatsiz shakldagi egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalarni tashkil etadi.
5.3. Bank aksiyalarini olish uchun quyidagi shaxslar O'zbekiston Respublikasi
Markaziy bankning oldindan ruxsatini olishlari shart:
O'zbekiston Respublikasi norezidentlari;
ellik foizdan ortiq aksiyalari (ishtirokchilar badallari) O'zbekiston Respublikasi
norezidentlarining egaligida, foydalanuvida va (yoki) tasarrufida bo'lgan O'zbekiston
Respublikasi rezidentlari – yuridik shaxslari.
Bank aksiyalarini ushbu bandning birinchi qismida ko'rsatilgan oluvchilarning
mablag'larini tasarruf etuvchilari (ishonchli vakillari) bo'lib hisoblangan O'zbekiston
Respublikasi rezidentlari, shuningdek oluvchilar uchun bank aksiyalarini olish uchun
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankning oldindan ruxsatini olishlari shart.
5.4. yuridik yoki jismoniy shaxs yoxud o'zaro kelishuv bilan bog'langan yoki
bir-birining mol-mulkini nazorat qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar guruhi tomonidan
bir yoki bir necha bitim natijasida bank aksiyalarining 5 foizdan ortig'ini olish
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki xabardor qilinishini, 20 foizdan ortig'ini olish
esa, oldindan uning roziligini olishni talab qiladi.
5.5. Aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qaroriga muvofiq qonunchilikda belgilangan
tartibda bank joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirish va/yoki maydalashga haqlidir.
5.6. Bankning ustav kapitali aksiyadorlar olgan Bank aksiyalarining nominal
qiymatidan tashkil topadi va O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasida
ifodalanadi hamda faqat aksiyadorlarning Bank aksiyalari uchun to'lagan pul mablag'laridan
tashkil topadi.
Bankning ustav kapitalini ko'paytirish tartibi
5.7. Bankning ustav kapitali aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo'shimcha
aksiyalarni joylashtirish yo'li bilan ko'paytirilishi mumkin. 5.8. Bankning ustav kapitalini aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo'shimcha
aksiyalarni chiqarish yo'li bilan ko'paytirish to'g'risidagi qaror Bankning kengashi
tomonidan qabul qilinadi. Bank ustaviga bank ustav kapitalini aksiyalar nominal
qiymatini oshirish yoki qo'shimcha aksiyalarni joylashtirish yo'li orqali ko'paytirish bilan
bog'liq tegishli o'zgartishlar kiritish to'g'risidagi qaror qonunchilikda belgilangan
tartibda Bankning kengashi tomonidan qabul qilinadi.
5.9.Qo'shimcha aksiyalar Bank tomonidan Bank ustavida belgilangan eʻlon qilingan
aksiyalar soni doirasidagina joylashtirilishi mumkin.
5.10. Qo'shimcha aksiyalarni joylashtirish orqali ustav kapitalini ko'paytirish
haqidagi qarorda joylashtirilayotgan qo'shimcha aksiyalar miqdori, muddati va joylashtirish
shartlari belgilangan bo'lishi zarur.
5.11. Bankning ustav kapitalini qo'shimcha aksiyalarni joylashtirish yo'li bilan
ko'paytirish joylashtirilgan qo'shimcha aksiyalarning nominal qiymati miqdorida
ro'yxatdan o'tkaziladi. Bunda Bank ustavida ko'rsatilgan eʻlon qilingan muayyan turdagi
aksiyalarning soni ushbu turdagi joylashtirilgan qo'shimcha aksiyalarning soniga
qisqartirilishi kerak.
5.12. Bankning ustav kapitalini qo'shimcha aksiyalarni joylashtirish yo'li bilan
ko'paytirish jalb qilingan investisiyalar, bankning o'z kapitali va hisoblangan
dividendlar hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi
mumkin.
5.13. Bankning ustav kapitalini uning o'z kapitali hisobidan qo'shimcha aksiyalarni
joylashtirish yo'li bilan ko'paytirishda bu aksiyalar barcha aksiyadorlar o'rtasida
taqsimlanadi. Bunda har bir aksiyadorga qaysi turdagi aksiyalar tegishli bo'lsa, ayni o'sha
turdagi aksiyalar unga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Bankning
ustav kapitali ko'paytirilishi natijasida ko'paytirish summasining bitta aksiyaning
nominal qiymatiga muvofiqligi taʻminlanmaydigan bo'lsa, bankning ustav kapitalini
ko'paytirishga yo'l qo'yilmaydi.
5.14. Bank aksiyalari ochiq va/yoki yopiq obuna orqali joylashtiriladi.
5.15. Aksiyalarning ochiq obunasi faqat qimmatli qog'ozlarning birja bozorida va
uyushgan birjadan tashqari bozorida o'tkaziladi.
5.16. Aksiyalar hamda boshqa emissiyaviy qimmatli qog'ozlar qimmatli qog'ozlarning
birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorida joylashtirilgan taqdirda ularning
chiqarilishi, agar joylashtirish hajmi mazkur chiqarilishdagi aksiyalar va boshqa
emissiyaviy qimmatli qog'ozlar umumiy miqdorining kamida 30 foizini tashkil etsa, amalga
oshgan deb eʻtirof etiladi.
Bankning ustav kapitalini kamaytirish tartibi
5.17. Bankning ustav kapitali aksiyalarning nominal qiymatini kamaytirish yoki
aksiyalarning umumiy sonini qisqartirish yo'li bilan, shu jumladan aksiyalarning bir
qismini keyinchalik bekor qilgan holda Bank tomonidan aksiyalarni olish yo'li bilan
kamaytirilishi mumkin.
5.18. Agar ustav kapitali kamaytirilishi natijasida uning miqdori Bank ustavidagi
tegishli o'zgarishlarni qayd qilish sanasida aniqlanadigan, Markaziy bank tomonidan
belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdoridan kamayib ketsa, Bank ustav kapitali
miqdorini kamaytirishga haqli emas.
5.19. Bank oldindan Markaziy bankning roziligini olmay turib, o'z aksiyalarini sotib
olishga haqli emas.
5.20. Ustav kapitalini kamaytirish va Bank ustaviga tegishli o'zgartishlar kiritish
haqidagi qaror Bank aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan qabul qilinadi.
5.21. Ustav kapitalini kamaytirish to'g'risida qaror qabul qilingan vaqtda
aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi ustav kapitalini kamaytirish sabablarini ko'rsatadi va
uni kamaytirish tartibini belgilaydi.

Yüklə 84,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin