Atletika, voleybol, gandbol, futbol, gimnastika, shaxmat


-rasm. To’psiz chalg’itish. 31-rasm



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə25/78
tarix19.10.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#156967
növüУчебник
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   78
Sport turlarini o`rgatish metodikasi0000

30-rasm. To’psiz chalg’itish.

31-rasm. To’pni uzatish imitatsiyasi bilan chalg’itish.
Savatga to’p otish finti – uzatish. O’yinchi chap oyog’ini oldinga-o’ngga qo’yib otish fintini bajaradi. O’sha yo’nalishda qo’lini to’p bilan oldinga chiqaradi. Bir oz tanaffus bo’ladi: o’yinchi oldingi holatda qolgan holda, nigoh va boshining burilishi bilan, himoyachiga faol harakatlar boshqa tomonga yo’naltirilganini ko’rsatadi. Himoyachi qarshi harakatlarga tayyorlanadi, lekin bu vaqtda o’yinchi huddi oldinroq qilingan fintni davom ettirayotganday, usha tomonga o’tadi.
To’psiz va to’p bilan fintlar (30,31-rasmlar).

Nazorat savollari


  1. To’p bilan joyda harakatda baland, past holatda yurish qanday amalga oshiriladi?

  2. Basketbol to’pini 1-2 qo’llab sherigiga uzatish texnikasini tushuntiring.

  3. Bir va ikki qo’llab basketbol to’pini yetti nuqtadan savatga tashlash qanday amalga oshiriladi?

  4. Bir va ikki qo’llab basketbol to’pini yetti nuqtadan savatga tashlashni tushuntiring.

  5. Uch ochko beruvchi zonadan joydan va harakatda bo’lib to’pni savatga tashlashni tushuntiring.

  6. Uch ochko beruvchi zonadan joydan va harakatda bo’lib to’pni savatga tashlashni tushuntiring.

  7. Basketbol o’yin xujum texnikasi deganda nimani tushunasiz.

  8. Basketbol o’yin xhimoya texnikasi deganda nimani tushunasiz. Adabiyotlar

1. A.A. Pulatov, F.V. Ganiyeva, B.M. Miradilov, D.T.Xusanova, F.A.Pulatov. Basketbol nazariyasi va uslubiyoti. Darslik. “Sano-standart” nashriyoti. T.: -2017 y. 349 b.
4-Mavzu. Yengil atletika sport turi tuzilishi va rivojlanish bosqichlari.
“Аtletika” - yunoncha soʼz boʼlib, u bellashuv, kurash, mashq maʼnolarini anglatadi. Qadim Yunonistonda kuch va chaqqonlik boʼyicha belashganlarni atletlar deb nomlaganlar. Sportchilar mashqlarni yengil va oʼz xohishiga koʼra bajarganlar. “Yengil atletika” atamasi ham shu bilan bogʼliq ravishda vujudga kelgan boʼlishi mumkin.
Qadim davrlarda katta-katta tadbir va tantanalarda yugurish, sakrash, uloqtirish boʼyicha musobaqalar uyushtirilgan. Shunga koʼra, aynan sportning mazkur turlari ham qadimgi olimpiada oʼyinlariga kiritilgandi. Zamonaviy yengil atletika ham yuqoridagi sport turlari: yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va shu singari turlarni qamrab olgan koʼpkurashdan iboratdir. Qamrab olingan sport turlari hammabop boʼlgani uchun yer sharidagi millionlab odamlar yengil atletika bilan shugʼullanmoqdalar. Mashqlarning turli-tumanligi va ularning nafi katta ekanligi, jihozlarning murakkab emasligi yengil atletikani har bir shaxs shugʼullanishi mumkin boʼlgan ommaviy sport turi boʼlib qolishiga olib keldi. Shuning uchun ham yengil atletikani “Sport qiroli” deb ataydilar .
Yengil atletika oʼziga xos yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish – tezlik kuchini, chidamlikni tarbiyalaydi, kishi aʼzolarining harakatchanligini kuchaytiradi, irodani tarbiyalaydi, tana aʼzolarining ish qobiliyatini oshiradi. Yengil atletika mashqlarining sogʼlomlashtiruvchi taʼsiri ana shundan iborat. Bu sport turi yaxshi odatlarni, oʼz salomatligiga doimiy ravishda eʼtibor berib yurish kabi sifatlarni shakllantiradi. Yengil atletika mashqlarining bolalar sogʼligi va jismoniy oʼsishiga ijobiy taʼsiri bu sport turini oʼrta maxsus taʼlim oluvchilar dasturiga kiritilishiga sabab boʼldi.
Respublikamiz tabiiy sharoiti yengil atletika bilan yil boʼyi ochiq havoda, maydonlarda, bogʼlar va stadionalarda shugʼullanish imkonini berdi.
Bu sport turi bilan issiq paytlarda yengil kiyim kiyib shugʼullaniladi. Sovuq paytlarda sport kiyimining qalinrogʼi kiyiladi. Stadionda yengil atletika boʼyicha yugurish yoki sakrash musobaqalari oʼtkazilganda, unda qatnashuvchilar tishli shippaklar kiyib olishlari mumkin. U yaqin masofaga yugurishda koʼrsatkichlarni oshirishga (2-3 s ga), uzunlikka sakrashda esa (20-30 sm) uzoqroqqa sakrashga yordam beradi.
Yengil atletika bilan shugʼullanish chogʼida qator qoidalarga rioya qilish zarur boʼladi, bu kutilgan yaxshi natijalarga erishishga olib keladi. Qoidagi koʼra, avval 3-5 daqiqa asta yuguriladi, 6-8 marta umumiy mashqlar bajariladi, 30-50 m ga tezlik bilan 2-3 qayta yuguriladi. Bu harakatni aniq bajarish koʼnikmasini hosil qilishga yordam beradi.
Endigi navbatda mashgʼulot oʼtkazishga tayyorgarlik koʼriladi. Buning uchun mashgʼulot oʼtkaziladigan joy yaxshilab tayyorlanadi, uzunlikka sakrash chuqurchasi yumshatiladi, yugurish yoʼlagi ortiqcha narsalardan tozalanadi, uloqtirish uchun xavfsiz joy tanlanadi. Uloqtirish bilan mustaqil shugʼullanish chogʼida toʼp oyna, daraxt, odamlarga tegib ketmaydigan yoʼnalish tanlanishiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Uzunlikka yoki balandlikka sakrash joyi quruq va tekis boʼlishiga ahamiyat beriladi. Bunda yerga tushish joyida oʼtkir, uchli narsalar boʼlmasligi lozim. Balandlikka sakrashni kuzatayotganda kuzatuvchi yugurish tomonida turadi, aks holda sakrash tayoqchasi uchib ketadi, unga tegib ketishi mumkin.
Yugurish mashqini bajargandan soʼng darhol toʼxtab yoki oʼtirb olish mumkin emas. Masalan, 100-200 m uzoq masofaga yugurganda yaxshisi 10-15 metr qadamlab yurish kerak.
Boshqalar yugurayotganda yugurish yoʼlakchasida turish yoki uni kesib oʼtish taqiqlanadi. Musobaqada qatnashayotganlar yonida ham yugurish mumkin emas. Yugurib kelib sovuq suv ichish mumkin emas, chunki u tanani toʼsatdan sovitib, yuqori nafas yoʼllarini shamollatadi (bundan bronxit, angina va hokazolar kelib chiqadi).

Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin