Nazorat savollari: Yengil atletika darslarida qanday jismoniy sifatlar rivojlanadi?
Yegil atletika sport turiga nimalar kiradi?
Yugurish, sakrash, uloqtirish mashgʼulotlarida oʼzini qanday tutish lozimva xavfsizlik qoidalariga qanday rioya qilinadi?
Sprinterlik va stayerlik yugurish nima?
Qisqa masofalarga yugurishda qanday jismoniy sifatlar rivojlanadi?
Kross yugurishda qaysi jismoniy sifatlar rivojlanadi?
Qisqa, oʼrta masofaga yugurishda sportchilar startning qaysi turidanfoydalanadilar?
Uzunlikka sakrash chogʼida yugurish joyi qanday belgilanadi?
Balandlikka sakrashda yugurish va depsinish joyi qanday belgilanadi?
Toʼpni toʼgʼri uloqtirish uchun dastlabki holat qanday boʼlishi lozim?Adabiyotlar Abdullayev M.J., Olimov M.S., To‘xtaboyev N.T. Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi. Darslik, -Toshkent: “Barkamol fayz media” nashriyoti, 2017 y. 620 b.
Abdullayev M.J. Sport mahoratini oshirish (Yengil atletika). Darslik. –Toshkent: “Cho‘lpon nomidagi nashriyot va matba ijodiy uyi”, 2019 y. 472 b.
Normurodov A.N. Yengil atletika. Toshkent: O‘quv-uslubiy qo‘llanma. ToshDShI 2002 yil.
Niyozov I. Yengil atletika. Farg‘ona: O‘quv qo‘llanma. Farg‘ona nashriyoti 2005 yil.
5-Mavzu. Yurish texnikasi asoslari.
Yurish va yugurish inson birinchi joydan ikkinchi joyga koʼchishining tabiiy usuli. Bu uning asosiy qadami boʼlib vositasiz odam oyoq muskullaridan foydalanib, yerdan depsinib siljiydi. Yurish va yugurish vaqtida qadamlar va ularga bogʼliq boʼlgan qoʼl va gavda harakatlari toʼxtovsiz bir tartibda koʼp marta takrorlanadi. Buni siklik harakat deyiladi. Masalan: oʼng oyoqni bir qadam, chap oyoqni bir qadam qoʼyilishi oyoq harakatining har bir davri ikki fazadan iborat. Tayanch davri oldinda tayanch fazasidan va orqada tayanch fazasidan iborat.
Shunday qilib oyoq harakatlari siklida fazalar tartibi quyidagichadir:
Oldingi qoʼyish payti:
1.Oldingi tayanch fazasi. Tayanch vertikal payti.
2.Keyingi tayanch fazasi (turish). Tayanch davri. Oyoqni yerdan uzish payti.
3.Keyingi qadam fazasi. Silkinch oyoqning vertikal payti.
4.Oldingi qadam fazasi (oʼtkazish davri) Oyoqni qoʼyish payti.
Tayanch davrining boshida tana massasi tayanchdan orqada boʼladi, keyin esa olgʼa tomon kuchayadi. Yurish paytida muskullar ishi harakatga keltiruvchi kuch manbai boʼlib xizmat qiladi.
Аsosiy rolni inson bilan tayanchning oʼzaro taʼsiri (tayanch reaktsiyasi) natijasida hosil boʼladigan tashqi kuchlar oʼynaydi. Bu kuchlar inson tanasining tayanchga koʼrsatayotgan taʼsiriga javoban hosil boʼladi. ular miqdor jihatidan yerga koʼrsatilayotgan taʼsir kuchiga teng. Yoʼnalish jihatidan esa taʼsir kuchiga nisbatan qarama-qarshidir.
Tayanchning birinchi fazasi oyoqni qoʼyish bilan boshlanib, vertikal paytda tamom boʼladi.
Bu fazada yurib ketayotgan kishining gavdasi gavda ogʼirligi chizigʼidan oldinda yerga tayanadi. Gavda oldinga va pastga tayanayotganda tayanch reaktsiyasi orqaga va yuqoriga yoʼnalgan boʼladi. ogʼirlik taʼsirida gavdaning pastga tushishi asta-sekin yoʼqoladi. Shu bilan gavdaning oldinga siljishi ham yoʼqoladi. Oldingi tayanch fazasidagi sekinlashish toʼxtagandan keyin, shu oyoqning oʼzining keyingi fazasida turishi boʼladi. Natijada gavdaning asosiy massasi, qoʼlgʼalmay turgan tovonga nisbatan siljib, tayanch ustidan olgʼa tomon oʼta boradi. Oyoq keyingi fazasida yerdan depsinib boʼlganidan keyin gavda kinetik energiya hisobiga inertsiya bilan olgʼa tomon harakat qilishda davom etadi – bu passiv siljishdir.
Oyoqni orqadan oldinga harakatlantirib, yerga qoʼyish paytida oldingi tayanchdagi tayanch reaktsiyasining toʼxtatish taʼsiri oshadi. Аgarda oyoqni tanaga nisbatan orqaga sidirayotganday faol harakat bilan qoʼyilsa, tayanch reaktsiyasining toʼxtatish taʼsiri nisbatan kam boʼladi. bu taʼsirni batamom yoʼqotib boʼlmaydi, chunki oldinga siljiyotgan jism yerga tekkkanda har doim harakat yoʼnalishiga qarama-qarshi boʼlgan qarshilikka uchraydi.
Lekin sportchi tayanch oyogʼining tos-son boʼgʼimidan oyoqni yozadigan muskullarini faol qisqartirsa, oyoqni yer bilan yaxshi tutashtirsa tayanchning sekinlashtirish tayanchning bir qadar kamaytira oladi deb hisoblaydilar. Shunday qilib, oyoq bir xil burchak hosil qilib qoʼyilganda ham tayanch reaktsiyasi burchagiga binobarin tayanch reaktsiyasining sekinlashtirish taʼsiri ham har xil boʼlishi mumkin.
Sportcha yurishdagi oldingi tayanch vaqtida oyoqning tizza boʼgʼini toʼgʼri boʼladi. Shuning uchun tayanchning eng boshida to oyoq tagi yerga tekkuncha oyoq orqa bukuvchilarining yoʼl berish hisobiga amortizatsiya qisman sodir boʼladi. asosan esa tayanch oyogʼining tos-son boʼgʼimidan orqa tortuvchi muskularning yoʼl beri shishi vaqtida tos suyagi pastiga tushishi hisobiga amortizatsiya boʼladi. sportcha yurishdagi depsinish fazasidagi tizza boʼgʼini muskullari dinamik ish bajarmaydi. Buning evaziga tos soni va toʼpiq boʼgʼimlari muskullarining roli oshadi. Oyoq yerdan uzilgandan keyingi qadam fazasi boshlanib, u oyoq vertikal momentiga davom etadi.
Silkinch oyoq tayanchi ustidan oldinga oʼtkaziladi. Natijada narigi oyoqning tayanchga bosimi kuchayadi, tayanch reaktsiyasi ortib, uning oldinga qiyaligi burchagi kamayadi. Vertikal holatdan keyin oldinga qadam fazasi boshlanib silkinch oyoqning oldinga harakati davom etadi va u yerga tushadi. Odatdagi yurish vaqtida qoʼllarning harakati maʼlum darajada passivdir. Tez yurganda, ayniqsa sportcha yurish vaqtida qoʼlning faol harakati muskullardan anchagina ish talab qiladi. qoʼllarni tezroq harakatlantirish kesishma inervatsiyasi natijasida oyoqlar harakatini tezlashtiradi, qadamlar jadalligini ortishiga olib keladi.