Jamg‘arish funksiyasi. Hayot faoliyati davomida tirik organizmlar atrof-muhitdan kimyoviy elementlarni o‘z tanalariga to’playdilar. Yashil o‘simlik ildizlari tuproqdan azot, fosfor, kaliy, oltingugurt, kalsiy, magniy kabilarni, baglari esa havodagi uglerodni o‘zlashtirib, hujayralarda organik moddalarni hosil qiladi.
Jamg‘arish funksiyalari tufayli tirik organizmlar ko‘p miqdorda ohak, toshko‘mir, neft va tabiiy gazlar, torf hosil qiladilar. Oksidlanishi-qaytarish funksiyalari natijasida azot, uglerod, oltingugurt, temir va boshqa elementlarning dovga aylanishi sodir bo‘ladi. Chunonchi, tuproqdagi va dengiz cho‘kindilaridagi oltingugurt, metall birikmalari — sulfidlar mikroorganizmlar ishtirokida sulfadga aylanadi va o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladi.
O‘simlik va hayvon qoldiqlari parchalanishi natijasida oltingugurt yana davriy aylanishda qatnashadi. Inson faoliyati tufayli moddalar harakatlanishi keskin tezlashadi. Masalan, mis erituvchi korxonalardan ajralgan S02 ko‘payishi oqibatida yashil o‘simliklardagi fotosintez jarayoni buzilib, ko‘p o‘simliklar o‘lmoqda.
Tirik moddalarning biokimyoviy funksiyasi tufayli organizmlar- ning oziqlanishi, nafas olishi, urchishi, o‘lgan organizmlarning parchalanishi, chirishi ro‘y beradi.
o‘zlashtirilib, azotgacha parchalanadi va atmosferaga ajratiladi. Bu jarayon denitrifikatsiya deb ataladi.
Nazorat savollari va topshiriqlar
1.Suvning davriy aylanishini tushuntiring. 2.Uglerodning davriy aylanishini gapiring. 3.Atmosferaning havo tarkibi qanday gazlardan iborat? 4.Azot fiksatsiyalovchi qanday organizmlarni bilasiz? 5.Azotning qanday birikmalari bor? 6.Yashil о ‘simliklar nafas olganda qanday gazdan foydalanadi? 7.Oqsillar tarkibida qanday kimyoviy elementlar uchraydi? 8.Uglevodlar tarkibida qanday kimyoviy elementlar bor?
Foydalanilgan adabiyot:P.Baratov,R.Toshmuhamedov,A.G`ofurov. Tabiatshunoslik.117-128-bet