Tayanch iboralar: tabiiy resurs, prokariot, bakteriya, zamburug.`
Atmosferaning ifloslanishi. Atmosfera havosi Yer sharida tirik organizmning yashashi uchun zarur bo'lgan tabiiy resursdir. Chunki havosiz tirik organizmning yashashi mumkin emas. Bir kishi nafas organlari orqali bir kunda 20 kub metr havo yutadi. Binobarin, havo qancha iflos bo'lsa, kishi organizmiga shuncha zarar yetkazadi. Yer shari havo qatlami tugamaydigan tabiiy resurs bo'lsada, lekin kishilarning xo'jalik faoliyati ta'sirida ifloslanmoqda. Insonning xo'jalik faoliyati bilan bog'liq holda vujudga kelgan uglerod oksidi, oltingugurt oksidi, azot uglevodorod, har xil mayda zarrachalar va radioaktiv moddalar atmosferani ifloslantirmoqda. Bu esa, o'z navbatida, quyosh radiatsiyasi balansiga ta'sir etib, sayyoramiz haroratining o'zgarishiga sabab bo'lmoqda. Bu o'zgarishlar, o'z navbatida, tirik organizmga, tabiatning boshqa unsurlariga ta'sir etmoqda. So'nggi yillarda sanoatning rivojlanishi, yoqilg'ilarning ko'p ishlatilishi, har xil mashina turlarining ko'payishi atmosferaga ko'plab zaharli gazlar, aerozollar, tutun, qurum, har xil kullar chiqarmoqda. Bu atmosferani ifloslanishdan tashqari, ko'plab kislorodning behuda sarf bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Chunki sanoat korxonalarida 1 tonna ko'mir yoqilsa, atmosferaga 90 kg qattiq zarrachalar, 22 kg sulfid angidrid va azod oksidi ajralib chiqadi. Buning ustiga, kislorod ishlab chiqaruvchi o'rmon va o'tloqlar maydoni yil sayin qisqarib bormoqda.
Yer sharida har xil yoqilg'ilardan havoga yiliga 100 mln tonna atrofida qattiq zarrachalar, 150 mln tonna atrofida sulfid angidridi, 300 mln tonna atrofida karbonat oksidi chiqarilmoqda. Buning ustiga, dunyodagi avtomashinalardan yiliga 1-1,5 mln tonna is gazi, 0,5 mln tonna uglevodorod, 0,4 mln tonna azot oksidi atrof-muhitga chiqarilmoqda.
Atmosferaning ifloslanishiga yana har xil chiqindilarni yoqish sabab bo'lmoqda. Chunki 1 tonna chiqindi yoqilsa, havoga 11,5 kg har xil zarrachalar, 3 kg oltingugurt oksidi, 2 kg azot oksidi chiqadi.
Atmosferaning ifloslanishi, o'z navbatida, Yer shari haroratining ortib borishiga sabab bo'lmoqda. Iqlimshunos M.I.Budikoning ma'lumotiga ko'ra, ahvol shu tariqa davom etsa, yaqin yillarda Yer sharining harorati o'rtacha 1°C ko'tariladi. Natijada Arktika, Antarktida va boshqa hududlardagi muzliklar erib, Dunyo okeani suv sathi 60 m ga ko'tariladi, ko'p joylarni suv bosishi, Yer shari tabiat zonalarida ham o'zgarishlar sodir bo'lishi mumkin.
Yer shari havosining ifloslanishida yana shovqinning ta'siri katta. Ortiqcha shovqin-suron kishilar sog'lig'iga, asabiga, kayfiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Shovqin yoqimsiz ovozdir. Me'yoridagi shovqin (20 detsibal -db), ya'ni, suv oqishining ovozi, daraxt shoxining mayin shitirlashlari, me'yordagi musiqa ovozi kabilar kishi tabiatiga yoqib, unga estetik zavq beradi. Aksincha, 90-120 db ga yetuvchi qattiq shovqin kishi asabiga va organizmiga salbiy ta'sir etadi.
Shunday qilib, sayyoramiz tabiiy sharoitini, xususan, atmosferani ifloslanishdan, shovqindan muhofaza qilish bugungi kunning eng muhim muammolaridan biridir.
Biosfera degan atamani fanga birinchi marta avstriyalik olim E.Zyuss kiritgan. U yunoncha «bios — hayot», «sfera — shar» degan ma’noni anglatadi. Biosfera to‘g‘risidagi ta’limotga rus olimi V.I.Vernadskiy asos solgan va rivojlantirgan.
Biosfera tirik organizm yashaydigan va ularning faoliyati nati- jasida tinmay o‘zgarib turadigan yer sharining bir qismidir. Biosfera evolyutsiya jarayonida organizmlarning yangi-yangi turlari paydo bo‘lib, u gidrosfera, atmosfera va litosferaning o‘zgarishiga olib kelgan.
Hozirgi biosfera 2 mlrd yil oldin paydo bo‘lgan. Biosfera 3 tarki- biy qismdan iborat. Bular barcha tirik organizmlar (o’simliklar, hayvonlar,zamburug’lar, mikroorganizmlar), mineral moddalar va tirik organizmlar faoliyati tufayli hosil bo‘lgan tuproq.
Tirik organizmlar doimo bir-biri bilan o’zaro aloqada bo’lib, tabiatning shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Osimliklar noorganik moddalardan organik modda ishlab chiqaradi, hayvonlar organik moddalar bilan oziqlanib, juda xilma –xil tirik mavjudotlarni hosil qiladi. Bakteriyalar va zamburug’lar (mikroorganizmlar) organik moddalarni noorganik moddalarga aylantiradi. Zamburug‘lar o‘z tuzilishi, hayot kechirish tarzi bo’yicha o‘simliklardan, hayvonlardan ham farq qiluvchi eukariot organizmlardir. Zamburug‘lar hujayrasida plastidalar va xlorofil bolmaydi. Shunga ko‘ra, ular tayyor organik moddalar hisobiga yashaydilar. Hujayra qobig‘ida xitin moddasi bor. Modda almashish natijasida mochevina hosil bo‘ladi. Zamburug‘ning vegetativ tanasi mitseliy deb ataladi. Mitseliy gifa deb nomlangan ipchalar yig‘indisidan tashkil topgan. Mitseliy bir yoki ko‘p hujayrali hamda bir yoki ko‘p yadroli bo‘ladi. Zamburug‘lar vegetativ, jinssiz va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi.
Bakteriyalar ham prokariot organizmlar hisoblanadi. Tuzilishi oddiy, hujayra qobig‘i va sitoplazmadan iborat. Bakteriyalar nihoyatda kichik, 1 g tuproqda yuz million bakteriya bo‘lishi mumkin. Bakteriyalarda mitoxondriya, plastidalar, yadro uchramaydi. Jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Noqulay sharoitda sporalar hosil qiladi. Bakteriyalarning ba’zilari yashash uchun kislorodga muhtoj. Ular aerob bakteriyalar deb ataladi. Boshqalari, ya’ni kislorodsiz muhitda hayot kechiradi. Bakteriyalar tinmay, har 30 daqiqada bo‘linib ko‘payadi. Agar turli sabablarga ko‘ra qirilib turmasa, bir bakteriya nasli 3 kecha-kunduzda 7500 tonnaga yetgan bo’lardi.
Ba’zi bakteriyalar odam, hayvon, o‘simliklarda turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Boshqalari esa tayyor organik moddalar yoki quyosh yorug‘ligida anorganik moddadan organik moddalar tayyorlash hisobiga hayot kechiradi.
Tabiatda, inson hayotida bakteriyalarning tutgan o‘rni nihoyatda katta. Avvalo, ular o‘lgan o‘simlik, hayvon qoldiqlarini chiritadi. Binobarin, ular tabiatda sanitarlik vazifasini o‘taydilar. Shunga ko‘ra, bakteriyalarni tabiat go‘rkovlari deb atashadi. Aks holda, yer yuzi o‘lgan o‘simlik, hayvon qoldiqlari bilan to‘lib ketgan bo‘lardi.
Tuproq bakteriyalari esa chirindilarni mineral moddalarga aylantiradi. Dukkakli o‘simliklar ildizlarida yashovchi bakteriyalar atmosfera azotini o‘zlashtirib, tuproqni azot bilan boyitadi.
Hozirgi davrda o‘simliklarning 500 mingga yaqin turlari mavjud. Hayvonlarning esa 2,5 mln turlari zoologlar tomonidan e’tirof etiladi. Biomassani hosil etuvchi turlarning 21 foizi o‘simliklar, 79 foizi hayvonlar turlariga to‘g‘ri keladi.
Barcha tirik organizmlar yerning gazsimon (atmosfera), suyuq (gidrosfera), qattiq (litosfera) qatlamlarida joylashgan. Yerdagi hayot chegaralari biosfera chegaralarini bildiradi.
Biosferaning yuqori chegarasi dengiz sathidan 20-25 km balandlikda. Bu chegarada kislorod Quyosh nurlari ta’sirida azonga aylanadi. Azon ekrani tirik organizmlar uchun xavfli kosmik va ultrabinafsha nurlarning asosiy qismini Yer yuzasiga o‘tqazmaydi. Hayot- ning atmosferadagi quyi chegarasi troposferada joylashgan.
Biosferaning yuqori chegarasida hayot uchun noqulay sharoitlarda ham bakteriyalar, zamburug1 sporalari uchraydi. Tirik organizmlarning ko‘pchiligi troposferaning 70 metrgacha balandlikda bo‘lgan qismida yashaydi.
Tirik organizmlar gidrosferaning, asosan, bir-ikki kilometr chu- qurligida joylashgan. Lekin bentos organizmlar hatto eng chuqur, 10 km bo‘lgan joylarda ham uchraydi.
Hayot litosferaning yuqori qismida, ya’ni tuproq va uning ustida keng tarqalgan. Lekin litosferaning eng chuqur joylari neft, tabiiy gaz uchragan yerlarda ham anaerob bakteriyalar yashaydi. Bios-
feraning yana bir qismi mineral moddalar bo‘lib, ularga tog‘ jinslari, suv, tuproqlar, kimyoviy elementlar kiradi.
Biosferaning uchinchi tarkibiy qismlari bir zamonlar yashab o‘lgan organizmlardan paydo bo’lgan yonuvchi foydali qazilmalar — toshko‘mir, neft, torf, tabiiy gaz, o‘simlik, hayvon qoldiqlari, chirindilardir.
Biosfera turli tabiiy sharoitlarda tarqalgan biogeosenozlardan tashkil topgan. Biogeosenozlar biosferaning eng kichik birligi sana- ladi. Biosfera ochiq tizimdir. U hayot uchun zarur energiyani quyoshdan oladi. Biosferaning ajoyib xossalaridan biri moddalarning davriy aylanishida qatnashishi va Yer yuzasini o‘zgartiruvchilik xususiyatidir.
Biosferaning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan tirik moddaning aso- siy funksiyasi: 1- gaz almashishi, 2-oksidlanish, 3-qaytarilish-jamg’arish, 4-biokimyoviy reaksiyalarda qatnashishdan iborat.
O‘simlik hujayralarida sodir boiadigan fotosintez natijasida karbonat angidrid gazi o‘zlashtirilib, tashqi muhitga kislorod ajraladi. Dengiz, quruqlik o‘simliklari tomonidan ajratilgan kislorod yuz million yillar mobaynida to‘planib borgan va bora-bora atmosfera kislorodini hosil etgan. Aerob organizmlarning nafas olish jarayonida kislorod sarflanib, karbonat angidrid atmosferaga chiqariladi.