Atom va molekulalarning kvant mexanikasi. Atom tuzilishi. Rezerford tajribalari Gazlar kinetik nazariyasini tushuntirishda eng foydali bulgan atom «bulinmas»


-MARUZA: Molyar konsentratsiya Normal konsentratsiya



Yüklə 272,95 Kb.
səhifə11/14
tarix29.03.2023
ölçüsü272,95 Kb.
#91050
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Kimyo

11-MARUZA: Molyar konsentratsiya Normal konsentratsiya
REJA:

  1. Molyar konsentratsiya

  2. Normal konsentratsiya

Eritmalar kishilar xayotida va amaliy faoliyatida nixoyatda muxim axamiyatga ega. Odamning va xayvonlarning ovqatning singdirish protsessi oziq moddalarni eritmaga aylantirish bilan bog`liqdir. Eng muxim barcha fiziologik suyuqliklar (qon, limfa va boshqalar) eritmalardir. Nixoyat kimyoviy protsesslarga asoslangan barcha ishlab chiqarishlar xar- xil eritmalardan foydalanish bilan ma`lum darajada bog`langandir. Inson kundalik xayotida eritmalarni uchratib turgani uchun ularning xossalari bilan qadimdayoq qiziqishgan, ammo eritmalarning tabiatini belgilovchi asosiy qonuniyatlar XVIII asrdagina topildi. Har xil konsentratsiyali eritmalarni tayyorlash usullarini bilish tibbiybiologik va sanitary-gigiyenik mutaxasislarni amaliy ishlarida eng zarur omillardan biridir. Kishi organizmidagi biologik suyuqliklar-qon plazmasi,limfa,oshqozon shirasi,siydik va boshqa oqsillarning,lipidlarning,karbon suvlarning,tuzlarning suvda erigan murakkab aralashmasidir.Ularning miqdoriy aniqlash natijalaridan xastalikni turini aniqlash uchun foydalaniladi. Organizmga yuboriladigan dori-darmonlarni hammasi organizmga aniq konsentratsiyali eritma holida yoki poroshok holida yuboriladi.Biologik eritmalarda erigan moddalarni miqdoriy nazorat qilish orqali organizmda boradigan biokimyoviy jarayonlarni nazorat qilish mumkin.Ishlar chiqarishni nazorat qilish,atrof-muhitni nuhofaza qilish,oziq-ovqat mahsulotlarini istemolga yaroqliligini bilish uchun aniq konsentratsiyali eritmalardan foydalaniladi.Shu sababli bo’lajak shifokor,eritmalar,ularning konsentratsiyalari va konsentratsiyalarining ifodalanish usullari to’g’risidagi malumotga ega bo’lishi kerak.


Eritmadagi diffuziya xodisasi, osmos xodisasi, eritmalarning bug’ bosimi, muzlash va qaynash temperaturalari va hokazolar eritmaning xossalari hisoblanadi. Diffuziya hodisasi 1) Bir modda zarrachalarining ikkinchi modda ichida taqsimlanishini ta‘minlovchi jarayonni diffuziya deyiladi. Agar yuqori kontsentratsiyali eritma olib, uning ustiga ohista suv quyilsa, erigan modda zarrachalari suvga o’ta boshlaydi va eritma bir xil kontsentratsiyali bo’lishga intiladi. Eritmalarda diffuziya hodisasining puxta o’rganish natijasida quyidagi qonuniyatlar chiqarilgan:
2) eritmalarda diffuziya jarayoni juda sust boradi;
3) diffuziya tufayli zarrachalar kontsentratsiyasi yuqori bo’lgan joydan kontsentratsiya kam bo’lgan joyga o’tadi va, nihoyat, sistema bir xil kontsentratsiyaga erishadi;
4) eritmalarda diffuziya tufayli og’irlik kuchi ham yengiladi; diffuziya tufayli ikkala modda zarrachalari bir-birining orasiga kiradi.
Osmos hodisasi Agar erituvchi bilan eritma o’rtasiga yarim o’tkazgich parda (membrana) qo’yilsa, bu parda orqali erituvchi zarrachalari eritmaga o’tib, uni suyultira boshlaydi. Erituvchi zarrachalarining yarim utkazgich parda orkali utish jarayoni osmos deyiladi. Erigan modda zarrachalari yarim o’tkazgich parda orqali o’ta olmaganligi sababli unga urilib ko’rsatadigan bosimi osmotik bosim deb ataladi. Bu bosim ta‘sirida yarim o’tkazgich parda yirtilib ketishi ham mumkin, chunki eritma yetarli darajada kontsentrlangan bo’lib, yarim o’tkazgich parda uncha baquvvat bo’lmasa bu vaktda vujudga keladigan osmotik bosim bir necha o’n, hatto yuz atmosferaga yetishi mumkin
Har qanday eritmaning 1 litri (1000 millilitr) da erigan moddaning gramm -ekvivalent soni (ekvivalent miqdori) ni bildiruvchi qiymatga normal konsentratsiya
deyiladi. Normal konsentratsiyani hisoblash formulalari:

V = 1000 ml ekanligini e`tiborga olsak
bo’ladi.



Yüklə 272,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin