deyiladi. O‟lchash pulti (2 a-rasm) elektr zanjiriga ulangan bo‟lib, zaryadnik va
o‟lchaydigan qismlardan iborat. Zaryadnik qismi doimiy kuchlanishiga ulangan,
doimiy kuchlanish elektr tarmog‟iga ulangan stabilizatordan olinadi. Bu
kuchlanishdan ish kuni boshlanishida dozimetrik kamera elektrodlari zaryadlanadi.
Buning uchun kamera qopqog‟i ochilgan holda (pultda 2 a-rasm) chap tomondagi
gnezdoga-3 joylashtiriladi. Ish kunining oxirida kamerada o‟lchangan dozani
aniqlashda, ya‟ni ishchi olgan dozani aniqlashda kamera elektrodlaridagi
kuchlanish o‟lchanadi va ish kuni boshlanishida kamerani zaryadlashdagi
kuchlanish bilan taqqoslanadi, bundagi farq orqali ishchi olgan doza aniqlanadi.
Buning uchun avtoruchka shaklida bo‟lgan kameralar qopqog‟i ochiq holda navbat
bilan oxirgi uchi bilan pultning I gnezdosiga qo‟yiladi. O‟lchov asbobi – G ning
shkalasiga qarab doza aniqlanadi. Ish kuni boshida avtoruchka shaklidagi kamera
3-gnezdoga elektrodlarini zaryadlashga qo‟yiladi. Ish kuni oxirida I – gnezdoga
kamera olgan dozani o‟lchash uchun qo‟yiladi. Olingan doza shkaladan ko‟riladi.
Dozimetrning tuzilishi kamerada hosil bo‟lgan ionizatsion tokni o‟lchashga
asoslangan. Kameradagi elektrodlar orasidagi kuchlanish (elektr maydoni)
yetarlicha yuqori bo‟lishi kerak. Kameradagi tok kuchi faqat nurlanish ta‟sirida
kamera ichida vaqt birligida hosil bo‟lgan ionlar soniga bog‟liq. Bunda tok kuchi
kameraga ta‟sir etgan nurlanishning doza quvvatiga proporsional bo‟ladi. Odatda
but ok kuchi juda kichik bo‟lib, uni o‟lchash ham qiyinchilik tug‟diradi. Shu
sababli bunday asboblarda ionizatsion kamera elektrodlari elektr zanjiriga
yetarlicha katta qarshilikka ega bo‟lgan resistor ulanadi, bunda kuchlanish tushishi
kuchaytirgichning kirishiga beriladi, kuchaytirgichning chiqish zanjiriga
o‟lchaydigan asbob-G ulanadi.
Yadroviy nurlanishlar bilan ishlaydigan ishchi-xodimlarning xavfsizligini
ta‟minlash maqsadida individual dozimetrlar ishlab chiqilgan. Quyida bunday
dozimetrlarning ayrimlari qarab chiqiladi.
Dozimetrik asboblar orasida kishilar olgan nurlanish dozasini o‟lchaydigan
individual dozimetrlar keng ishlatiladi. Individual dozimetrlarda bir korpusda
detektor, sanash qurilmasi va doza kattaligi indikatsiyasi ulangan. Detektor
ma‟lum elementlar bilan nurlanish ta‟sir etadigan joyga qo‟yiladi. O‟lchash
qurilmasi, indikatsiya bloki, zaryadkalar detektordan tashqarida. Bunday
detektorning afzalligi, bu istalgan vaqtda dozani dozimetr egasining o‟zi nazorat
qilishidir. Ikkinchi afzalligi olib yuriladigan dozimetr og‟irligining kichikligi.
Individual dozimetrlar olib yurishga kishi tomonidan ishlatilishga mo‟ljallangan.
Bunday dozimetr ko‟rinishi 1-rasmda keltirilgan. Kishi hayoti to‟g‟ri ishlaydigan
ishonchli dozimetrga bog‟liq bo‟lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: