tashqi elektronlari bilan ta‟sirlashib, elektronlarni tezlashtiradi, bu elektronlar esa
atomlarni ionlashtirish jarayonini hosil qiladi. Turli radioaktiv moddalar
tomonidan nurlanayotgan alfa zarralarning energiyasi taxminan 4 MeV dan 9 MeV
oraliqda bo‟ladi. Bir element tomonidan nurlanayotgan alfa zarralarning energiyasi
taxminan bir xildir. Alfa zarralarning moddada chopish masofasi uzunligi
zarraning energiyasiga bog‟liq. Energiyaning ortishi bilan
𝛼- zarraning moddada
chopish masofasi
qonun bo‟yicha ortadi. Alfa zarralar moddaga tushganda
modda atomlarini ionlashtirish uchun o‟z energiyasini sarflaydi. Alfa zarralarning
ionlashtirish qobiliyati kuchli bo‟lib, 15
℃ temperatura va 760 mm Hg da
juft ionlar hosil qiladi. Ionlashtirish zichligi havoda 1 sm masofada
juft ionga teng. Shuning uchun
𝛼-zarralarning organizm ichkarisiga
tushishi juda xavfli bo‟lib, tana sirtida uzoq vaqtlar tuzalmaydigan kuyish
jarohatlarini keltirib chiqaradi.
Kishi tanasining ustki qismi tushgan
𝛼-zarralarni to‟liq yutadi.
Energiyasi 4 MeV dan 9 MeV gacha oraliqda bo‟lgan
𝛼-zarralarning
energiyasi
va erkin chopish masofasi (R) orasida quyidagi munosabat mavjud:
⁄
(3)
Energiyasi katta bo‟lgan
𝛼-zarralarning chopish masofasi-R energiya kvadrati
– E
2
ga proportsional.
Alfa zarralarning moddadan o‟tishi yo‟lida yutilishi 2-rasmda ko‟rsatilgan. Bu
egri chiziqdan ko‟rinadiki, butun yo‟l davomida to ular to‟xtaguncha zarralar soni
o‟zgarmaydi. Demak, ushbu manbaning chiqargan barcha alfa zarralarining
berilgan moddadagi o‟tgan yo‟li bir xil, ya‟ni ma‟lum izotop tomonidan nurlangan
alfa zarralar bir xil energiyaga ega. Shuning uchun alfa zarralar spektri
monoenergetikdir.
Radiaktiv izotopning yemirilish doimiyligi -qancha katta bo‟lsa,
𝛼-zarraning
havoda chopish masofasi
shuncha katta bo‟ladi. Bu bog‟lanish Geyger va
Netoll qonunidir, ya‟ni lg
𝜆=AlgRa+B. A va B – doimiy sonlar 𝛼-zarralar deskret
energetik spektrga ega.
Dostları ilə paylaş: