Tog‘ jinslari o‘rnining o‘zgarishlari va gravitatsiya jarayonlari. Inson xo‘jalik faoliyati natijasida yer po‘stining jinslari tog‘- kon ishlab chiqarishi, muhandislik inshootlari qurilishi, shahar bunyod etilishi natijasida bir joydan ikkinchi joyga eng ko‘p ko‘chiriladi, ba’zi joylarda ko‘p miqdorda to‘planib qoladi yoki olib ketiladi. Bunday hodisalar kishilarning tabiatga bevosita ta’sir etishida ham, bilvosita ta’sirida ham ro‘y berishi mumkin. Yer po‘stida tog‘ jinslarining bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilishi, olib ketilishi gravitatsiya (lot. gravitas og‘irlik) muvozanatining buzilishiga olib keladi. Gravitatsiya muvozanatining buzilishi oqibatida tabiiy jarayonlarning yo‘nalishi va intensivligi o‘zgaradi va yangi tabiiy jarayonlarning
yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Tog‘ jinslarini qazib olish va ko‘chirishning bevosita oqibatida mezo- va mikrorelyefning texnogen shakllari (karyerlar, terrikonlar, qoldiq tepalar va b.) hosil bo‘ladi. O‘pirilish, o‘tirish (cho‘kish), surilma kabi jarayonlarning kechishi, yer osti suvlari sathi va rejimining, qisman suv turining o‘zgarishi bu faoliyatning qo‘shimcha oqibatlaridir.
O`zbekistonning bozor munosabatlariga o`tishi tabiatni muhofaza qilish faoliyatini boshqarishda iqtisodiy usullarga murojaat qilish bilan tabiatdan foydalanishda pullik tamoyilni tatbiq qilishga imkon beradi. Iqtisodiy tadbirlarning tatbiq qilinishi ifloslanib borayotgan tabiiy muhitning tozalanishiga, ekologik buxrondan tezroq chiqishga asos yaratadi. Ushbu tamoyilni qo`llash “Tabiatni muhofaza qilish to`risida”gi qonunda ham har taraflama asoslangan.
O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq 1992 yildan boshlab korxonalarga iflos chiqindilarni havoga, suv havzalariga me`yoridan ko`p miqdorda chiqargani va joylarda to`plagani uchun to`lovlar joriy qilindi. Shu munosabat bilan tabiat muhofazasining mahalliy va respublika fondlari tashkil qilindi. Bu hol tabiiy muhitni asrash va tabiatdan foydalanish sohasida yangi moliyaviy munosabatlarning vujudga kelishiga asos bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi 1994 yilda 8356 ta korxonani nazorat ostiga olib, shulardan 2458 tasi me`yoridan ko`p miqdorda turli chiqindilar bilan atrof muhitni ifloslayotganini aniqladi. Ularga to`lovlar joriy etildi. O`sha yilning o`zida mamlakatning mahalliy fondlariga jami 6,917 ming so`m kelib tushdi. Uning 3,3 mln. so`mi tabiatni muhofaza qilish maqsadida ishlatildi. Tabiatni muhofaza qilishda iqtisodiy tadbirlarni qo`llash samaradorligini oshirish va muntazam takomillashtirib borish amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu borada dorivor giyohlarni yiib, undan mumay daromad oluvchilarni, to yonbarlaridagi va daryo yoqalaridagi daraxtlarni qirqish, qumli cho`llardagi qora va oq saksovullar, cherkez, qandimlarni o`tin yiish maqsadida qirqish, ixota daraxtlariga zarar etkazish, nomlari “Qizil kitob”ga tushgan va soni kamayib ketayotgan hayvonlarni ov qilish, yilning ruxsat etilmagan davrlarida baliqlarni ovlash va boshqa hollarda jarima solishni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, kelayotgan daromad tabiat posbonlari va boshqa turdagi qo`riqchilar sonini bir necha barobar ko`paytirish hamda ularga tegishli huquqlarni berishga imkon yaratadi.
Atrof muhitni ifloslab kelayotgan korxonalar, firmalar va boshqa muassasalar ishlab chiqarishini to`xtatib qo`yish shuningdek, keltirgan zararini o`rnini to`ldirish uchun muayyan miqdorda to`lovlar to`lashni joriy etish va bu mablalardan, chiqindilarni tozalash moslamalarining samaradorligini oshirishga va samaraliroq uskunalarni o`rnatishga sarflash yaxshi natijalar beradi.
Chet ellarda tabiatni muhofaza qilish o`ziga xos xususiyatlarga ega. Ko`pchilik mamlakatlarda 4 xil qo`riqxonalar mavjud: 1) tabiiy rezervatlar-kat`iy rejim bilan ishlaydigan hatto kishilarning kirishi ham man etilgan katta maydonlar. Bunday qo`riqxonalarda noyob o`simliklar va hayvonlar qo`riqlanadi. Ularda ilmiy ishlar olib boriladi; 2) milliy (xalq) parklar - yirik qo`riqxonalarda butun tabiiy kompleks muhofaza qilinadi. Qo`riqxonalar arbiy YEvropa, Afrika, Shimoliy Amerika millatlari hamkorligidagi juda keng tarqalgan bo`lib, bu qo`riqxonalarga kishilar pul to`lab kiradilar. Eng katta va mashhur milliy parklarga yiliga bir necha 10 mln. kishi kiradi. Masalan: mashhur “Yellouston” milliy parkiga tashkil etilganidan beri (1872 yildan) hozirgacha 100 mlndan ortiq kishi kelib ketgan. 3) tabiat yodgorliklari - or, er osti to jinslari ochilib qolgan joylar, katta yoki bahaybat daraxtlar, ajoyib shakldagi qoyalar, sharsharalar kabi ayrim ob`ektlar qo`riqlanadigan kichik qo`riqxonalardir. Tabiiy yodgorliklar tarixiy ob`ektlar bo`lib hisoblanadi. 4) chala balki qisman mavjud qo`riqxonalarda ayrim ob`ektlar muhofaza qilinadi. Ular qo`riqxona yoki zakazniklar deb atalishi mumkin.
Chet mamlakatlarda qo`riqxonalarning umumiy soni va maydoni shuni ko`rsatadiki, aholi zich yashaydigan va tabiiy sharoiti xilma-xil bo`lgan mamlakatlarda qo`riqxonalar nisbatan katta maydonni egallagan. Umuman olganda, dunyoda qo`riqlanadigan maydonlar juda notekis joylashgan. Chunonchi, Chexoslavakiyada qo`riqxonalarning nisbiy maydoni Fransiyadagiga nisbatan 60 marta, Keniyada Jazoirdagiga nisbatan 1,5 ming marta kattadir. Shri-Lankada qo`riqlanadigan maydonlar Hindistondagiga nisbatan 45 marta ko`p.
Germaniya YEvropa mamlakatlari orasida tabiatni muhofaza qilishga birinchi bo`lib kirishgan, buning sababi tabiatning nobud qilinishi natijasida tabiiy boyliklarning kamayib ketganligidadir. 1954 yilda tabiatni muhofaza qilish to`risida qonun qabul qilinadi. Bu qonunga ko`ra GDR da tabiatni muhofaza qilish Davlat boshqarmasi, tabiatni muhofaza qilishda barcha tadbirlar kompleksini nazorat qilish va tashkil etish bosh organi tuziladi.
GDR da 70-yillarda umumiy maydoni 44100 gektar bo`lgan 200 ta qo`riqxona va umumiy maydoni 21726 gektar bo`lgan 270 ta qo`riqxona barpo etilgan. O`rmon uchastkalari, shuningdek, maydoni 199100 ga bo`lgan 334 ta qo`riqlanadigan landshaft uchastkalari bo`lgan. Bundan tashqari, ob`ekt maydoni kichikroq bo`lgan 10000 ta tabiat yodgorliklari mavjud. GDR da tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarni birinchi galda kamayib ketayotgan fauna va florani saqlab qolish va imkoni boricha sonini ko`paytirishga qaratilgan ishlar yaxshi yo`lga qo`yilgan. Qo`riqxonalarda va tabiat landshaftlarini o`rganish hamda muhofaza qilish ilmiy tadqiqot institutlarida qo`riqxona ishiga nazariy va amaliy tavsiyalar beradigan maxsus ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Buyuk Britaniya maydonining 88% qo`riqlanadigan erlar bo`lib, Afrikadagi Keniya davlatidangina keyingi o`rinda turadi. Britaniyada maydoni 1338750 ga bo`lgan 10 ta milliy park, 50 ta mayda tabiiy rezervatlar mavjud. Bu qo`riqxonalarning hammasi tabiatni muhofaza qilish Boshqarmasiga va milliy parklar komissiyasiga, shuningdek, uy-joy qurilishi ministrligiga qaraydi. Tabiatni muhofaza qiladigan jamoat tashkilotlari ham mavjud. Tabiat go`zalliklarini saqlash uchun milliy harakat, qo`riqxonalarga yordam berish jamiyati, qushlarni muhofaza qilish jamiyati va boshqalar bor.
AQSh da ham er, suv, o`rmonlar, o`simlik va hayvonlarni muhofaza qilish yaxshi yo`lga qo`yilgan. Asr boshlarida AQSh da hayvonot dunyosini muhofaza qilish sohasida 300 ga yaqin qonun qabul qilingan. Ana shu davrdan boshlab katta foyda keltiradigan qo`riqxonalar, milliy parklar barpo etila boshlandi. Yuqorida tilga olingan Yillouston milliy parkidan tashqari (9 mln. km2) boshqa yirik qo`riqxonalar turistlardan katta daromad olmoqda.