Y U N E P (BMT ning atrof-muhit haqidagi dasturi) 1972 yilda StokgolmdaBMT konfyerentsiyasida Atrof-muhitni haqida dastur qabul qilindi. Bu konfyerentsiyada quydagi masalalarga e’tibor berildi:
Atrof-muhitni ifloslanishini va degradatsiya bo’lishga qarshi halqaro masshtabda koordinatsiya ishini kuchaytirish.
Atrof-muhit monitoringni haqida global sistema hosil qilish.
Atrof-muhit haqida spravochnik sistemalar hosil qilish.
Kam va chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish.
Dengiz muhitini ifloslanishidan saqlash.
Rivojlangan mamlakatlarga ekologik masalalarni echishda ilmiy- texnikaviy yordam berish.
Atrof-muhit muhofaza qilishda halqaro huquq normalarini muvofialashtirish.
Atrof-muhitni muhofaza qilishda har bir davlatni milliy huquq normalari haqida qonunlar qabul qilish. YUNEPni shtab kvartirasi Noyrobi shahri (Keniya) da joylashgan.
Tabiatni yosh do’stlari. Bu guruh tabiatni yosh do’stlariga 16 yoshgacha bo’lgan o’quvchilar kiradi. Maktablarda va boshqa o’quv maskanlarida tabiatni muhofaza qilishni boshlang’ich tashkilotlari tuziladi.
Tabiatni yosh do’stlari qo’ydagi ishlarni amalga oshiradi:
1. tabiat haqidagi fan asoslarini o’rganib ona tabiatga tabiatni muhofaza qilishga, o’simliklar va hayvonat dunyosiga nisbatan o’quvchida mehr uyg’otadi.
Tabiiy resurslarni asrash avaylash va oqilona foydalanishga o’rgatiladi.
Yosh tabiatshunoslarni keyingi paytda “yashil patro’l” “Chumoli” “tirik kumush” va “archa” degan nazoratchilari mavjud.
Yosh naturalistlar. Bu tashkilot 1918 yil 15 iyunda Moskvada tashkil bo’lgan. Yosh maktab va bog’cha bolalari jalb etilgan tashkilot.
Vazifasi tabiatni o’rganish va tabiatni muhofaza qilishdir.
Yosh naturalistlar stantsiyasi viloyatlarda katta rayonlarda tashkil etilgan barcha respublika yosh naturalistlar stantsiyasiga qaraydi.
EKOSAN, “EKOSAN” ekologiya va sanologiya (salomatlik) halqaro
jamg’armasi 1980 yillarni oxirlarida tashkil etilgan. EKOSAN xalqaro jamg’armasi quyidagi ishlarni amalga oshirishda hamkorlashadi.
Markaziy Osiyo mamlakatlariga yagona ekologik siyosatni yurgizish.
Markaziy Osiyo respublikalarida va regionlarida Atrof-muhit va inson sog’ligi uchun moliyaviy yordamlar ko’rsatish.
O’zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Atrof-muhit uchun etarli ma’lumotlar bilan fikr almashinish.
Antropogen ta’sirini kamaytirish uchun o’zaro bog’liq bo’lgan ekotizim, sanosfera va inson sog’ligiga ta’sir etuvchi omillarni sabab natijalarini o’rganish.
Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekotizimlarni degradatsiya va regenyeratsiya masalalari bo’yicha kpompleks ilmiy tadqiqot ishlar olib boorish va tadbirlar ishlab chiqish.
Markaziy Osiyo respublikalarning tarixiy, madaniy va ijtimoiy hususiyatlarni hisobga olib sog’lom hayot tarzini shakllantirishni tezlashtirish.
Sog’lam hayot tarzini va ekologik madaniyati shakllantirish va targ’ibot qilish.
Mahsus bolalar uylariga, bog’chalarga milliy bog’larga, qo’riqxonalarga EKOSAN fondidan yordam berish.
O’zbekiston hududida ekologik havfli zona aholisiga favqulodda holatlarga halokatlarga yordam berish.
Dunyo miqyosida tabiatdan oqilona foydalanish, muhofaza qilish kabi ilg’or dolzarb tadbirlarni O’zbekistonda tatbiq etish.
Ekologiya bog’larini loyhasini ishlab chiqishida va yaratishda qatnashish.
Markaziy Osiyoda ekologiya va salomatlik univyersitetini tashkil etish.
Ekologik huquq normativ aktlarini ishlab chiqish va Orol va Orolbo’yi muammosi bo’yicha yordam berish.
Orol va Orolbo’yi. 1993 yil 26 martda Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarining rahbarlari Qozog’iston Respublikasining Qizil O’rda shahrida Orol va Orolbo’yi ekologik muammolarga bag’ishlangan konfyerentsiyaga yig’ilib Orol va Orolbo’yi ekologiysi mavzusida Orolni saqlab qolish halqaro jamg’armasi tuzildi.
Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari 1994 yil 11 yanvarda Nukusda Orol va Orolbo’yi muammosiga bag’ishlangan kengash o’tkazdi.
Bu kengashda Orol va Orolbo’yi ekologiysiga bag’ishlangan tadbirlar ishlab chiqildi.
1995yil 20 sentyabrda Nukus shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari uchrashuvning eng katta yutug’i jahon banki Orol muammosiga moliyaviy yordam berishini e’lon qildi.
Olma-otada 1997 yil 28-fevralda Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari Orol va
Orolbo’yi ekologik muammosiga bag’ishlangan “Almati bayonoti” e’lon qilindi.
Bu bayonotda shunday deyilgan: «BMT va uning ixtisoslashgan agentlari Orol dengizi havzasida vujudga kelgan tang vaziyatga doimiy e’tobor berish hamda bu mintaqada Atrof-muhitni muhofaza qilish yuzasidan amaliy choralar ko’rishga, Orol bo’yidagi og’ir ahvolga tushib qolgan aholiga yordam ko’rsatish bo’yicha choratadbirlarni oshirishga alohida e’tibor berishga davat etilsin.
Xalqaro tashkilotlar bilan bitgalikda Orol dengizi havzasini batqaror rivojlantirishga doir konfyerentsiya loyhasini ishlab chiqish nihoyasiga etqazilsin deb belgilandi.
Bu konfyerensiyada Orol muammosi bo’yicha yaqin vaqtlarda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ish olib borishni tezlashtirish taklif etildi.
Suv ombolari va havzalaridan foydalanish ularga texnik xizmat ko’rsatish hamda havfsizligini tugatish;
Suvdan oqilona foydalanish.
Suvni sho’rlanishiga qarshi ko’rashish.
Shu yig’ilishda O’zbekiston prezidenti ustivor yo’nalish bo’yicha ijtimoiy omilni, ya’ni aholini sog’ligini bergilash to’g’isida taklif kiritdi.
Ushbu yo’nalishlar uchun jahon banki jami bo’lib 380 mln AQSH dollari hisobda pul ajratdi.
Orol va Orolbo’yi muammosi bo’yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari «Orolni qutqarish Xalqaro jamg’armasini tashkil etish» masalasida 8-9 aprelda 1999 yil
I.A.Karimov nutq so’zladi.
Inson va biosfera 1970 yili YUNESKO ni 16-chi konfyerentsiyasida «inson va biosfera» haqida 14 punktdan iborat dastur qabul qilingan.
Tropik va subtropik ekotizimlarda insonni faoliyatini ekologik oqibatlarini kuchaytirish.
O’rmon landshaftida va O’rta yer dengizi havzasi bo’yidagi davlatlarga yordam xo’jalik faoliyatida foydalanishni ekologik ta’sir etmaslik.
Yaylov yerlarda, savannada, qurg’oqchilik va yarim qurg’oqchilik yerlarda inson faoliyati ta’sirini kamaytirish.
Inson faoliyat ta’sirini dinamik ekotizimlarda qurg’oqchilik yarim qurg’oqchilik vohalarda irrigaysiya sistemasiga e’tibor berish.
Ko’llarda daryolarda botqoqliklarda deltalarda inson faoliyatini meyorlashtirish.
Tundra va tog’li ekologik sistemalarda inson faoliyatini meyorlashtirish.
Orol ekotizimidan oqilona foydalanish va ekologiyasini o’rganish.
Tabiiy rayonlarni saqlash va undagi genetik matyeriallarni muhofaza qilsh.
Qishloq xo’jalik zararkunanda hashoratlariga qarshi ko’rashish va baholash. Yer va suv ekotizimida mineral o’g’itlardan oqilona foydalanish.
Atrof-muhitga va insonga injenyer-tehnik vositalarni tasirini o’rganish.
Shaharda enyergiyadan foydalanishda ekologik aspektlari.
Atrof-muhit o’zgarishi, moslash strukturasi aholi joylanishini genetikasi va demografiyasi.
Atrof-muhitni tushunish.
Atrof-muhitni o’rganish va uni biosferaga ta’siri.
BMT atrof muhit muhofazasi masalalariga katta ahamiyat beradi. BMTning 1972-yilda tuzilgan atrof muhit bo‘yicha maxsus dasturi- YUNEP xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda muhim ro’l o‘ynaydi. 1948-yili tuzilgan nodavlat tashkilot-Tabiatni Muhofaza qilish Xalqaro Itgifoqi (TMXI) yo’zdan ortiq davlatlar, 300 ga yaqin milliy, davlat va jamoat tashkilotlarini birlashtiradi. Hozirgi vaqtda tabiat muhofazasi sohasida 250 dan ortiq yirik xalqaro nodavlat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. BMT ning fan, maorif, ta’lim va san’at masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotiYUNESKOning 14 loyihadan iborat «Inson va biosfera» dasturi ko‘p yillardan buyon xalqaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan eng yirik dasturlardan biridir.
TMXI 1966 yildan xalqaro "qizil kitob"ni e’lon qilib keladi. Biologik resurslarni ximoya qilishda uning ahamiyati kattadir.
Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar eng ziddiyatli bosqichiga etgan hozirgi davrda atrof muhitni muhofaza qilish sohasida barqaror xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Markaziy Osiyoda «Orolni qutqarish xalqaro fondi», Markaziy Osiyo Mintaqaviy Ekologik Markazi va boshqa tashkilotlar faoliyat olib bormoqda.