Atrof muhitning yuqori haroratida mushak faoliyati
Havo muhitining Ifloslanishi. Ma'lumki, barcha tabiiy omillar uchun eng zarur havo muhitidir. Boshqacha aytganda, havo Yerdagi jami tirik organizmlar (o'simliklarvahayvonlar) hamdajonsiz tabiat — mineral jinslar o'rtasidagi uzluksiz modda — energiya almashinish jarayonlarini amalga oshishini ta'minlaydi. Havo muhiti bo'lmaganda hayot ham bo'lmas edi.
Nihoyat, havo asosiy hayotiy muhit bo'lishi bilan birga, Yer ob-havosi, uning iqlim sharoitini, davriy ravishda, takror shakllanib turishi uchun muhim omildir ham. Fikrimizni tasdiqlash uchun olim va mutaxassislar amalga oshirgan ayrim ilmiy kuzatuv hamda tadqiqot ishlari natijalarini bayon etamiz. Aniqlanishicha, havo muhiti bo'lmasa, Yer yuzida kecha va kunduz haroratlari 200 °S gacha bir-biridan farq qilishi mumkin ekan. Tabiiyki, bunday sharoitda hech bir jonzot, yashamasligi aniq, umuman, bunga chidashi ham mumkin emas.
Havo, nafas olish manbailigidan tashqari, yuqorida ta'kidlangandek, ko'plab Yerdagi tabiiy jarayonlarni talab darajasida amalga oshishi uchun asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Birgina misol, har yili qayta-qayta takrorlanib turadigan yil fasllari, ularning o'ziga xos ob-havo, yog'in-sochini va boshqa iqlimiy ko'rsatkichlarning namoyon bo'lishi aynan atmosfera vositasi tufaylidir.
Dunyo miqyosida, evolyutsion tarzda, kishilik jamiyatining rivojlanishi amalga oshib, davrlar o'tish bilan asta-sekin turli-tuman sanoat korxonalari, energetik inshoot va shunga o'xshash texnogen omillar vujudga kelib, ularning faoliyati sabab, atrof tabiiy muhitga salbiy ta'sir kuchaya bordi. Jumladan, havoga juda ko'plab har xil gaz, iflos gazsimon va zararli moddalar chiqarib yuborila boshlandi.
Havo muhitida kimyoviy birikmalar, kislorod gazi va suv bug'lari bilan ta'sirlashib, quyosh nurlari vositasida, har xil kimyoviy, fizik-kimyoviy jarayonlarni sodir etub, yanada xavfli kimyoviy birikmalarni hosil qilishi olib borilgan tadqiqot va kuzatuvlar natijasida isbotlangan. Masalan, kislotali yomg'irlar, turli rangda va sifatdagi yog'ilgan qorlar, «Ozon yorig'i» va "Atmosfera dimiqishi" kabi muammolar aynan shunday o'zgarishlarning oqibat natijasidir. Xususan, sanoati va texnik vositalari nihoyatda ko'p bo'lgan Ovro'pa shaharlari havo muhitida kuzatiladigan achchiq (ko'zni yoshlantiruvchi) qora-qurum tutun (smog) lar ham havoga chiqarib yuborilayotgan zaharli gaz moddalari va ulardan hosil bo'lgan birikmalar mahsullari hisoblanadi.
Hozirgi davrga kelib, shuni alohida qayd etmoq kerakki, havoni ifloslaydigan texnik-texnologik omillar juda ko'paygan. Misol uchun, metallurgiya sanoatida faoliyat ko'rsatuvchi birgina d о m n a qurilmasi faoliyatini olib ko'raylik.
Ularda tabiiy ma'danli mineral jinslar qayta ishlanadi. Bunda, muayyan metall ajratib olinishi bilan birga, havoga yuqori haroratda tonnalab is gazi, hamda karbon. azot va oltingugurt oksidlari, metan va boshqa karbonvodorod birikmalari kabilar tashlab yuboriladi. Shunga o'xshash chiqindi gazlar qozonxona, issiqlik stansiyalari. turli texnik-transport vositaiaridan ham chiqarib yuboriladi.
O'tkazilgan hisob - kitoblarga ko'ra, shu narsa ham aniqlanganki, 1 ta yengil avtomashina 1 yil davomida, o'rtacha harakar faoliyati bilan, 2 t miqdorda benzin sarf etadi. Buning uchun havo muhitidan 30 t kislorodni olib ishlatib, uning o'rniga har xil qizigan holdagi gaz moddalarni. ya'ni 60 kg is gazi, 50 kg metan va boshqa karbonvodorodlar, 30 kg azot oksidlari, 5 kg turli aralashma (aerozol) lar, 3 kg gacha oltingugurt oksidi, 5 kg benzopirin, 700 kg yuqori haroratli karbonat angidridi va boshqalarni chiqaradi.
Hozirgi davrda, dunyo miqyosida olib qaralsa, har xil rusumdagi bir necha yuz millionlab avtomobillar, yuk mashinalari, samolyot va paraxodlar, shuningdek, ichki yonish dvigatellariga asoslangan turli texnik vositalardan ham foydalaniladi. Bular uchun, xomashyo sifatida, xilma xil tarkib tuzilma va sifatdagi yonilg'ilar - neft va ko'mir mahsulotlari, yonuvchi tabiiy gaz va hokazolar ishlatiladi. Pirovard natijada esa, havoga, yuqorida qayd etilgandek. turli xil zaharli chiqindi moddalar tashlab yuborilmoqda.
Yana bir misol, XX asrning 80-yillarida olib borilgan kuzatuvlar va bajarilgan hisob-kitoblarga ko'ra, 1 yil davomida butun dunyo bo'yicha havo (atmosfera) muhitiga 260 mln t atrofida karbon oksidlari, xuddi shuncha oltingugurt oksidi, 50-60 mln t miqdorida azot oksidlari, karbonvodorodlar va boshqa xil gazsimon organik birikmalar chiqarib yuborilgan. Hozirgi kecha-kunda atrof - muhitga chiqarilayotgan gaz va gazsimon chiqindilar bundan ham ko'p bo'lib, ular, ayniqsa, havo muhitini dahshatli sur'atda ifloslab buzmoqda. Ana shunday chiqit gazlarni hosil qilib chiqarib tashlaydigan texnik-transport vositalari ham, energetik qurilma va inshootlar ham, sanoat korxonalari va boshqa manbalar ham dunyo miqyosida hozirgi paytda nihoyatda ko'payib ketgani hammamizga yaxshi ayon.
Yuqoridagilardan tashqari, yangi yaratilgan texnik vositalar, mehnat va urush qurollari, hatto, fazoni tadqiq qilishga mo'ljallangan uchish vosita (raketa) lar sinovi, hamda u yoki bu muayyan Yer hududlarida olib boriladigan turli darajadagi urushlar natijasida ham, ko'plab gaz chiqindilari havoni ifloslantirmoqda. Shu kabi ifloslanishlar sabab ham, Yer atmosferasida turli toifadagi ekologik muammolar yuzaga keldi. «Ozon yorig'i», «Havo dimiqishi» («Parnik effekti»), iqlim va ob-havo ko'rsatkichlarining qator yer hududlarida o'zgargani, ayniqsa, suv toshqinlari, kutilmagan paytda haddan tashqari yog'in-sochinlarning bo'lishi, kislotali yomg'irlar va hokazolar shular jumlasiga kiradi.
Havo muhiti bilan bog'liq turli ekologik muammolarni bartaraf qilish bo'yicha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshirilmas ekan, yerda kelgusida hayot umuman katta xavf ostida qolishi mumkin. Shuning uchun ham dunyo hamjamiyati yakdillik bilan, birlashgan holda, havo muhiti (atmosfera) ni muhofazasiga doir bir qator zarur chora-tadbirlarni ishlab ham chiqqan. Shu bilan birgalikda, har bir davlat o'z hududida aniq ishlarni bajarishi zarurligi ham belgilangan. Shu bilan bog'liq holda, bizning fikrimizcha, havo muhitni ifloslantiradigan turli manbalarni qat'iy nazorat ostiga olib, kerak bo'lganda, hatto, ular faoliyatini taqiqlab qo'yish maqsadga muvofiq. Xususan, sovutish vositalarida freon (xlor-ftorli karbonvodorod birikma) larni qo'llashni ta'qiqlangani ayni muddao, albatta.